Oqava suvdagi ifloslik darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash. Oqava suvlarni ta’miga va hidiga baho berish. Oqava suvlarni pH vodorod ko‘rsatgichini aniqlash. Tindirish apparatlarini texnologik parametrlarini aniqlash.
Oqava suvdagi ifloslik darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash.
ISHDAN MAQSAD: Suvning ifloslik darajasi haqida tushunchaga ega bo’lish va suvning ifloslik darajasini aniqlsh usullarini o’rganish
Turli kimyo sanoati korxonalarida hosil bo’layotgan oqova suvlaring sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun ularni ifloslanish darajasini doimo nazorat qilib borish zarurdir.
Turli kimyo sanoati korxonalarida hosil bo’layotgan oqova suvlaring sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun ularni ifloslanish darajasini doimo nazorat qilib borish zarurdir.
Oqova suvlarni ifloslik darajasini quyidagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi:
1) organoleptik (rangi, xidi, loyqalik darajasi va x.k.);
2) fizik-kimyoviy (pH, temperatura, elektr o’tkazuvchanlik, oquvchanlik, qattiqlik, sirt tarangligi va x.k.);
3) Dag’al dispers, kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning mavjudligi.
4) Erigan xoldagi organik va noorganik moddalarning mavjudligi.
Oqova suvlarning tahlili ularning organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlashdan boshlanadi. So’ng quruq moddadagi aralashmalarning umumiy miqdori aniqlanadi. Qizdirish vaqtida quruq modda vaznining kamayishi oqova suv tarkibida organik moddalar mavjudligidan dalolat beradi. Qizdirish vaqtida noorganik moddalar ham uchib ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarning borligini kislorodga bo’lgan kimyoviy extiyoj (XPK) ni va kislorodga bo’lgan biokimyoviy extiyoj (BPK) ni aniqlash yordamida tasdiqlanadi.
XPK – kislotali muhitda oksidlovchi modda – kaliy permanganatga (KMnO4) yoki kaliy bixromatga (K2Cr2O7) ekvivalent miqdordagi sarflanayotgan kislorodning miqdori.
BPK – ma’lum vaqt davomida organik aralashmalarni aerob biologik parchalanish uchun sarflanayotgan kislorodning miqdori.
Aralashmalar miqdorini aniqlash usulini tanlash ularning suvdagi miqdoriga bog’liqdir.
Suvning fizikaviy xossalariga uning harorati va tiniqligi kiradi. Suvning harorati termometrlar yordamida bevosita namuna olish paytida aniqlanadi. Ichimlik suvining harorati 7-12 oS bo’lishi kerak.
Suvning loyqaligi uning tarkibidagi muallaq moddalarning miqdoriga bog’liq bo’lib mg/l da ifodalanadi. O’zbekiston Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha loyiqalik - 1,5 mg/l dan oshmasligi kerak.
Agar bundan oshsa, suvning tiniqligi pasayadi. Odatda suvning loyiqaligi tiniqlik ko’rsatkichi bilan baholanadi. Suvning tiniqligi - bu tubi tiniq bo’lgan silindrga solingan suv bo’lib, uning tagiga qo’yilgan shriftni o’qish mumkin bo’lgan suv ustunining balandligidir (mashinkada yozilgan xarf yoki raqam).
Suvning tiniqligini aniqlash uchun tekshirilayotgan suv maxsus silindr (maxsus suv to’kish jo’mragi bo’lgan Snellen silindri) ga suv solinadi. Silindr tubiga 2,5-4 sm masofada shrift yoki raqam qo’yiladi va silindrning ustidan suv ustuni orqali o’qiladi. Agar xarf yoki raqam ko’rinmasa yoki xira ko’rinsa jo’mrak orqali xarf ko’ringuncha suv to’kiladi. Agar oddiy silindr bo’lsa suv pipetka yordamida yuqori qismdan olib to’kib turiladi. So’ngra chizg’ich yordamida silindrdagi suv ustuni o’lchanadi va bu suvning tiniqligini bildiradi. Sifatli ichimlik suvi uchun suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo’lmasligi kerak.