Amalgamatsiya – Gravitatsiya fabrikalari.
Agarda rudada sulfidli
minerallar ko‘p bo‘lsa, bu holda hamma ruda amalgamaga qo‘shilishi shart
emas. Simob ortiqcha sarf bo‘lishi mumkin. Agarda ruda tarkibda yirik
oltin zarrachalari ko‘p bo‘lsagina bu usul samaralidir. (Bunday usulda
boyitishning sxemasi ko‘rgazmada ko‘rsatilgan).
Bunda cho‘ktirish mashinasidan olingan boyitma 5-7 % ni tashkil
etadi. Uni boyitish stolida qayta tozalash (perechistka) natijasida 0,4 %
“oltin quymacha” olish mumkin.
Chiqindini qaytadan tegirmonga qaytariladi, “oltin quymacha” ni
amalgamalash bochkalarida, amalgamatsiya bilan boyitiladi.
Simobning mayda tarqoqlanib (pemzovanie) ketmasligi uchun 1t
ruda hisobidan 300-500g ksantat reagenti qo‘shiladi. Ishlov berilayotgan
rudaga 1t hisobidan 500-600 g/t simob sarf qilinadi. “Oltin boshoq” dagi
nodir metallar 99 % ni shu yo‘sinda ajratib olinadi. Agarda ishlov
berilayotgan rudada mayda zarradagi oltinlar ko‘p bo‘lsa, so‘nggi yanchish
tegirmondan keyingi tasniflovchi mashina sliviga tivitli tarnov-shlyuz
o‘rnatiladi. Shlyuz boyitmasi cho‘ktiruvchi mashina boyitmasiga qo‘shib,
qayta ishlovga birga o‘tkaziladi.
XX asrdan boshlab, gravitatsiya dastgohlaridan keyin, ishlov
beriladi berilayotgan xomashyo gidrometallurgiya jarayoni – tanlab eritish
bilan sinil tuzlarining eritmasidan foydalaniladi.
Amalgamatsiya usullari.
Amalgamatsiya jarayoni 2 xil usulda
amalga oshiriladi:
1. Ichki amalgamatsiya, bunda rudani maydalash bilan bir vaqtda
maydalovchi uskunaning ichida amalga oshiriladi;
206
2. Tashqi amalgamatsiya-maydalovchi apparatdan tashqarida
(odatda-shlyuzlarda, yoki maxsus uskunalar - amalgamatorlar) da amalga
oshiriladi.
Ichki amalgamatsiya - oltin ajratib olish uchun yaxshi sharoit
yaratib beradi, chunki bunda oltin zarrachalarining yuzasi ochilgan zahoti
simob bilan birikadi. Qayta ishlanayotgan material yanchilganda oltin
zarrachalarning yangi ochilgan yuzasi parda bilan qoplanmasdan turib,
simob bilan yaxshi ho‘llanadi. Bu esa oltinning amalgamatsiyasi uchun
asosiy sharoit hisoblanadi. Ichki amalgamatsiyada maydalovchi uskunaga
material bilan bir vaqtda simob ham solinadi.
Solinadigan simobning miqdori va ular orasidagi vaqt materialning
xususiyatiga (tarkibiy qismi, shakli, kattaligi), undagi oltinning miqdoriga
va
jarayonning
o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq. Amalgamatsiya
jarayonining bu parametrlari taxminiy tekshirishlar natijasida aniqlanadi
va sanoat miqyosida ishlayotganda sinovdan o‘tadi.
Quyilayotgan simobning oltinni miqdoriga nisbati amalda hisobda
olinadi. Oltin zarrachalari yirikroq bo‘lsa (3-6):1 nisbat, mayda bo‘lsa (6-
10):1 nisbati ishlatiladi. Quyiladigan simobning ma’lum vaqt oralig‘ida
qo‘shilgan ma’qul, bunda amalgamatsiya jarayoni bir tekis borishiga
eritiladi. Bundan tashqari simobning bir-biriga birikmaydigan mayda
zarralarga bo‘linib ketishini (pemzovaniya
)
oldi olinadi. Simob tezligi
regulirovka qilinadigan maxsus moslamalar yordamida beriladi. Hozirgi
vaqtda ichki amalgamatsiya o‘tkazish uchun ishlatiladigan eng ko‘p
tarqalgan apparat amalgamatsion bochkadir.
Bu uskuna cho‘yan yoki temirdan yasalgan silindr shaklidagi
korpusdan iborat bo‘lib, uning yarim o‘qi podshipniklarga o‘rnatiladi.
Bochka elektrodvigatel orqali harakatga keltiriladi. Materialni solish va
chiqarib olish uchun ikki qarama-qarshi tomonda vintlar yordamida
mahkamlanadigan qopqoqlar bo‘ladi. Amalgamatsiya boshlanmasdan
oldin bochkaga material, po‘lat sharlar, suv va simob solinadi. Simobning
miqdori odatda materialdagi oltin miqdoriga nisbatan 3-10 barobar ko‘p
bo‘ladi.
Agar material yetarli o‘lchamgacha maydalanmagan bo‘lsa, simob
darhol qo‘shilmaydi, bochka katta tezlik bilan aylantirilib, avval material
yanchiladi, undan keyin simob quyilib, bochka sekin aylantiriladi,
amalgamatsiya vaqti tajriba yo‘li orqali aniqlanadi. Bu jarayonlar uchun
o‘rtacha 3-4 soat sarflanadi. Amalgamatsiya oxirida bochkani ichidagi
mahsulot voronka orqali chiqarib olinadi. 800-1200 mm o‘lchamli
207
amalgamatsion bochkada sutkasiga 2,5-5 t boyitma qayta ishlanishi
mumkin.
Tashqi amalgamatsiya ko‘pincha amalgamatsion shlyuzlarda
amalga oshiriladi. Shlyuzlar (tarnovchalar) ketma-ket joylashgan ikkita-
uchta qiya tekislikdan iborat bo‘lib, bu tekislik yuzasiga simob
ishqalanganda mis list (varaq) to‘shaladi. Mayda qilib yanchilgan oltin
saqlovchi loyqa (pulpa) tarnovchadan o‘tayotganda erkin holdagi oltin
zarrachalari tarnovcha ostiga cho‘kadi, simob bilan ta'sirlashadi va
amalgamaga o‘tadi.
Shlyuzning to‘g‘ri ishlashi shlyuz qiyaligini to‘g‘ri tanlashga va
loyiha bilan tushayotgan suvning miqdoriga bog‘liq. Amalda optimal
qiyalikni 10% dan 21% gacha tanlanadi.
Tashqi amalgamatsiya jarayoni muvoffaqiyatli o‘tishi uchun mis
listlar yuzasining holati alohida ahamiyatga ega. Agar bu listlarning
yuzasida oksidlanish mahsulotlari yig‘ilib qolsa, oltinni ushlab qolish va
amalgamatsiya to‘xtaydi. Agar list yuzasida mis oksidining yashil dog‘lari
yoki yuzasining sulfid minerallari bilan ta’siri natijasiga ko‘ra dog‘lar
hosil bo‘lsa, bu oksid parchalarini sianidning 0,3% li eritmasi va NaOH
ning 0,5% - li eritmasida eritish va shikastlangan joyini natriyli amalgama
bilan ishqalash kerak. Yuza kuchli darajada oksidlangan bo‘lsa yoki mis
listni almashtirish kerak, yoki listni qo‘shimcha ravishda simob bilan
yaxshilab ishqalash kerak.
Tarnovcha yuzasidan amalgamani asosiy yuzani ishlatmaslik
maqsadida rezinka kurakcha yordamida yuzalatib sidirib olinadi.
Amalgamatsion shlyuzlarning afzalligi:
1) sodda tuzilishga egaligi;
2) ishlash usulining soddaligi;
3) elektro energiya ishlatilmasligi;
4) simobning kam sarflanishi;
Kamchiligi:
1) ish unumdorligining kamligi;
2) suvning ko‘p ishlatilmasligi;
3) og‘ir minerallar saqlovchi rudalarni ishlatish mumkin emasligi
(sulfidlar, barit, nikelit va boshka rudalar).
Hozirgi vaqtda tashqi amalgamatsiya mustaqil jarayon sifatida
ishlatilmaydi. Ba’zi paytlarda uni ichki amalgamatsiyadan keyin
amalgama zarrachalarini tutib qolish uchun yordamchi jarayon sifatida
ishlatiladi.
208
Do'stlaringiz bilan baham: |