Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


Oltinli rudаlаrini flоtаtsiya usulidа bоyitish tехnоlоgiyasi



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Oltinli rudаlаrini flоtаtsiya usulidа bоyitish tехnоlоgiyasi. 
Ma’danlarda oltin sof holda, sulfidlarda mayda dispers holda, tellur yoki 
selen bilan kimyoviy birikma holda, uchraydi. Sof oltin kimyoviy toza 
holda bo‘lmaydi, kumush, mis, temir, vismut, palladiy va boshqa 
qo‘shimchalar bilan uchraydi. Odatda sof oltinni probasi 700 dan 900 
gacha bo‘ladi. Sof oltin zarrachalari nihoyatda mayda zarrachadan katta 
sof, tug‘ma og‘irligi o‘nlab kilogrammgacha bo‘lishi mumkin.
 
Sof oltin uchraydigan sulfidli minerallar: pirit, arsenopirit, xira 
ma'dan, xalkopirit, galenit va birikmalar bilan ham uchraydi. 
Oltin konlaridagi noma'dan minerallar asosan kvars, kalsit, barit va 
silikatlardan iborat bo‘ladi. 
Oltin, shuningdek, kompleks ma’danlarda: oltini bor margumushli, 
oltini bor sheelitli, oltin-misli va boshqa ma’danlar tarkibida bo‘ladi. 
Oltin konlari sochma va ma’danli bo‘ladi. Oltin konlarini alohida 
turi oltinli aglomeratlar tashkil qiladi. Bu turdagi oltin (va uran) koniga 
dunyodagi eng katta kon Vitvatersrand (JAR) kiradi. Sochma oltin 
konlarida oltin miqdori kam bo‘lsa ham, uni ajratib olish mumkin [2]. 
Hozirgi mavjud texnologiyalar asosida ma'danli konlardagi 
oltinning miqdori 1-5g/t bo‘lganda, ajratib olish samarali bo‘lsa, ishlab 
chqariladi. 
Qadim zamonda, oltin sochma konlardan Afrikada, Janubiy 
Amerikada, Osiyoda (Xitoy), Yevropada (Ispaniya) va boshqa bir qator 
joylarda ishlab chiqarilgan. 
XIX asr oxirlariga kelib sochma konlardagi oltin zahiralari juda 
kamayib ketdi. Hozirgi vaqtda asosan ma'danli konlardan oltin olinadi va 
uning umumiy miqdorini 2-3% ini sochma konlardan olinadi. 
Zamonaviy ma’danli oltin konlar Kanada, AQSH, Avstraliya, 
Zimbabve, Gana, Dominikan Respublikasi, Filippin orollari va boshqa 
davlatlarda bor. 


199 
Sof oltin konlaridan tashqari, rangli metallarni sulfidli: misli, mis-
nikelli, mis-molibdenli, qo‘rg‘oshin-ruxli ma'danlarni qayta ishlashda 
qo‘shimcha oltin va kumush ajratib olinadi. Oltin ma'danlarda asosan sof 
metall holida qo‘shimchalar bilan birga uchraydi. Sof oltin tarkibiga 
qo‘shimchalardan asosan kumush, mis, temir, oz miqdorda margumush, 
vismut, tellur, selen va boshqa elementlar bo‘ladi. Sof metall tarkibidagi 
oltin miqdori 75-90% (asosan 85% atrofida), kumush 1-10% (ayrim 
hollarda 20% vahatto 40% gacha), temir va mis 1% gacha. Mis 
ma’danlarida misli oltin, mis-nikelli ma’danlarda palladiyli, platinali, 
rodiyli oltin uchraydi. 
Oltinning ma’lum bo‘lgan minerallaridan (20 dan ortiq) sanoat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan oltin hisoblanadi. 
Ma’danlarda sof oltin har xil shaklda bo‘ladi: irmoqli, simli, 
dendritli, 
plastinkali, 
tangasimon 
va 
boshqa 
turda. 
Sof 
oltin 
zarrachalarining o‘lchami har xil, hatto mikroskop ostida ham 
ko‘rinmaydigan mayda zarrachalardan tortib, gigant tug‘ma oltin og‘irligi 
10-100 kg gacha bo‘lishi mumkin. Katta tug‘ma sof oltin juda kam 
uchraydi. Sof oltinning asosiy qismi mayda zarrachalardan iborat 0,5-1mm 
va undan kichik bo‘ladi. Sof oltinni ma’dandagi o‘lchamiga qarab yirik 
(+70mkm), mayda (-70+1mkm) va juda mayda zarrachalarga (-1mkm) 
bo‘linadi. Oxirgisi sulfidli ma’danlarga xos. 
Yirik oltin zarrachalari ma’dan yanchilganda, ma’dansiz qismidan 
ajraladi va gravitatsiya usulini qo‘llanilganda, gravitatsion boyitmaga 
o‘tadi. 
Yirik oltin zarrachalari flotatsion boyitmaga yaxshi o‘tmaydi va 
sianid eritmasida sekin eriydi. 
Mayda oltin zarrachalari yanchilganda, qisman toza holda va boshqa 
minerallar bilan birikkan bo‘ladi. Sof holdagi mayda oltin zarrachalari 
asosan flotatsiyalanadi, sianid eritmasida tez eriydi, gravitatsion jarayonda 
boyitmaga yaxshi o‘tmaydi. Juda mayda zarrachali oltin sulfid minerallari 
bilan birikkan bo‘lib, yanchilganda qisman ajraladi, asosiy qismi pirit va 
arsenopirit minerallari bilan birga bo‘ladi. 
Juda mayda zarrachali oltini bo‘lgan ma’danlar qiyin boyitiladi va 
maxsus usullarni qo‘llab, qayta ishlanadi. 
Ko‘p hollarda oltin zarrachalari temir yoki marganes oksidlari bilan, 
arsenopirit (FeAsS), kovellin (CuS), galenit (PbS) va boshqa minerallar 
bilan qoplangan bo‘ladi. Oltin zarracha ustidagi qoplama zich bo‘lganda, 
oltin sianid eritmasiga kam o‘tadi. 


200 
Oltin zarrachasi yirik bo‘lib, usti plyonka bilan qoplangan bo‘lsa, 
gravitatsiya qo‘llanilganda boyitmaga o‘tadi, boyitmadan ajratishda 
maxsus usul qo‘llaniladi. Bunday ma’danlarni flotatsiyalashda olinadigan 
boyitmada oltin miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Oltin asosan valyuta 
hisoblanadi. 
Oltinni asosiy qismi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda, tish 
ishlashda va tibbiyotda qo‘llaniladi. Oltin va uni qotishmalari elektron 
hisoblash mashinalarida ishlatiladi. Oltin kimyo sanoatida ko‘p 
ho‘llaniladi. Zargarlik buyumlari toza oltindan va uni qotishmalaridan 
tayyorlanadi. Oltinga kumush va misni qo‘shilishi qotishmani qattiqligini 
oshiradi. Zargarlik buyumlaridagi oltinni (kumushni yoki platinani) 
qotishmadagi 1000 og‘irlik qismidagi ulushi probasini ko‘rsatadi. Oltin 
buyumlari 375, 583, 750 va 958 proba bilan ishlab chiqariladi. Ayrim 
davlatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Shveytsariya) toza oltin (1000 
probali) 24 karatga teng.

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish