O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

biologik faol moddalar
saqlaydi. Biologik faol moddalar o’simliklarning hamma 
organlarida bir xil miqdorda to’planmaydi. Ba’zi o’simliklarda yer ostki organlarida, 
ba’zilarida yer ustki qismida to’planadi.
Hozirgi paytda shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng 
miqyosda qo’llanilib kelinmoqda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor 
o’simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24 
turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon 
xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng 
foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda, 
qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan 
tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. 


15 
Meva, sabzavot-poliz va ziravor o’simliklar kishi organizmini vitaminlar, 
uglevodlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va boshqa muhim biologik faol 
moddalar bilan tahminlashda asosiy, bahzan yagona manba. Sabzavot, mevalar, 
ayniqsa ziravor o’simliklar mehda shirasining ajralishini kuchaytiradi, ishtaha 
ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Natijada organizmdagi modda 
almashinuviga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin bundan xulosa qilib, faqat o’simlik 
mahsulotlari bilan ovqatlanib kun ko’rish mumkin, degan xulosaga kelinsa to’g’ri 
bo’lmaydi. Sababi o’simlik mahsuloti qanchalik foydali bo’lmasin, ularni 
ko’pchiligini tarkibida oqsil va moy kam saqlangani uchun birgina o’simliklarning 
o’zi inson organizmini yuqori sifatli, kerakli ovqat moddasi bilan tahminlay 
olmaydi. Faqat o’simlik va hayvonlar mahsulotlarining kerakli miqdordagi 
aralashmasidan tashkil topgan ovqat ancha foydali bo’lib, insonni sog’lom bo’lib 
o’sishini tahminlay oladi. 
Foydali o’simliklarning asosiy ahamiyati kasallikni davolash emas. Ular 
birinchi galda inson va hayvon organizmiga faqat o’simlik mahsuloti bilan kiradigan 
biologik 
faol 
moddalar 
(vitaminlar, 
organik kislotalar 
va 
boshqalar) 
yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda katta ahmiyatga 
egadirlar. Bu moddalar yuqorida aytilganidek organizmga ovqat bilan birga kirib, 
ba’zi jarayonlarni kuchaytiradi, modda almashinuviga kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
Boshqacha qilib aytganda tirik organizmga turli biologik ta’sir ko’rsatadi. 
Tarkibida organik (olma, limon va boshqalar) kislotalar (bahzan ko’p 
miqdorda) bo’lgani uchun sabzavot, meva va ziravor o’simliklar mehda shirasini 
ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Ba’zi 
sabzavot va mevalarda kaliy tuzlarini ko’p bo’lgani sababli ular yurak kasalliklarida 
foydali bo’lib, istisqo, yurak va buyrak faoliyatini susayganida, buyrak-tosh va 
siydik yo’llarini boshqa kasalliklarida organizmda yig’ilib qolgan ortiqcha 
suyuqlikni chiqib ketishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda gipertoniya kasalligida ham 
foydali. Ularni tarkibida osh tuzi juda kam bo’ladi. SHuning uchun gipertoniya 
kasalligida sabzavot va quritilmagan mevalarni ko’p iste’mol qilish yaxshi.
Ateroskleroz kasalligini kelib chiqish sabablaridan biri xolesterinni 
organizmdagi almashinuvini buzilishi va uni qon tomirlarining devorlarida o’tirib 
qolishi. Vitamin C xolesterinni qondagi miqdorini kamaytirishda va ateroskleroz 
kasalligini taraqqiy qilishini to’xtatishda ma’lum ahamiyatga ega. SHuning uchun 
bu kasallikni oldini olishda vitamin C ga boy bo’lgan sabzavot va mevalarni iste’mol 
qilish ko’p foyda keltiradi.
Demak sabzavot, mevalar va ziravorlar juda foydali ekan. Lekin doimo 
shunday emas. Ular mehda shirasini ajralishini ko’paytiradi. SHuning uchun 
pishirilmagan sabzavotlarni, ko’pchilik meva va ziravor o’simliklarni, ayniqsa 
nordon va achchiq meva va o’simliklarni mehda-o’n ikki barmoq ichak yara hamda 
mehda shirasida kislotalikni ko’payishi bilan o’tadigan gastrit kasalliklarini 
kuchaygan vaqtida iste’mol qilish to’g’ri kelmaydi. Nordon mevalar, achchiq 


16 
ziravorlarni yana jigar, o’t qo’i va buyrak kasalliklarida ham iste’mol qilib 
bo’lmaydi. Aks holda kasallik kuchayadi, og’riq zo’rayadi va bemorni ahvoli 
og’irlashadi. Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin.
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi 
quyidagilardan iborat: 

Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar 
turlarini o’rganish.

Tabiiy sharoitda yo’qolib ketish xavfi bo’lgan va kamayib ketayotgan 
noyob o’simliklarni muhofaza qilish.

Respublikamizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan oqilona 
foydalanish.

Foydali o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi o’simlik 
turlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga 
oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi: 
1.
Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar 
turlari o’rganiladi. 
2.
Foydali o’simliklar turlarini asrab qolish va sug’oriladigan yerlarda 
o’stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 
3.
Foydali o’simliklarning tabiiy maydonlarini izlab topish, zahirasini 
aniqlash, ularni yig’ish, quritish, saqlash va transportda jo’natish tadbirlari ishlab 
chiqiladi. 
4.
O’simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil 
qilinadi va amalga oshiriladi. 
O’zbekiston foydali o’simliklarini foydali xususiyatlari va ishlatilishiga ko’ra 
quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.Oziq-ovqat o’simliklari; 2.Sabzavot-poliz 
o’simliklari; 3.Ziravor o’simliklar; 4.Dorivor o’simliklar; 5.Vitaminli o’simliklar; 6. 
Saponinli o’simliklar; 7.Manzarali o’simliklar; 8.Narkotik o’simliklar; 9.Asal 
beruvchi o’simliklar; 10.Bo’yoq beruvchi o’simliklar; 11.Efir moyli o’simliklar; 
12.Tolali o’simliklar; 13.Oshlovchi moddali o’simliklar; 14.Moyli o’simliklar; 
15.Em-xashak o’simliklari; 16.Madaniy o’simliklar; 17.Zaharli o’simliklar va b. 
O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham barcha sohalarda bo’lganidek, 
boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, o’zi mustaqil ravishda rivojlana 
olmaydi. O’z navbatida O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham 
o’simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, 
o’simliklar fiziologiyasi, o’simliklar biokimyosi, o’simliklar biotexnologiyasi, 
kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o’z oldiga 
qo’ygan maqsadlarga erisha oladi. 
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining biologiya yo’nalishi talabalariga 
o’qitiladigan barcha fanlar bilan bog’liqligi katta. O’simliklar dunyosini bilish va 
yaxshi o’rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur o’zlashtirishning 
ahamiyati katta. 


17 
Biologiya yo’nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida o’tiladigan botanika 
(o’simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, o’simliklar sistematikasi), kimyo 
(ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va 
boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili) 
O’zbekiston foydali o’simliklari fanini o’qitishga asos bo’lsa, O’zbekiston foydali 
o’simliklari fanining o’zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq 
xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan o’simliklar va ulardan foydalanish 
usullari, o’simliklarni sug’oriladigan yerlarda o’stirish texnologiyasi to’g’risida 
batafsil ma’lumot beradi.
Talabalar botanika fani orqali o’simliklarning anatomik tuzilishi va 
morfologik belgilarini o’rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish 
maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan o’simliklarning kimyoviy tarkibi va 
kimyoviy tasnifini o’rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini o’qish 
jarayonida o’simliklarni ekologiyasi, o’simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona 
foydalanish, muhofazaga muhtoj turlar haqida o’rganadilar.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’zlashtirish orqali dunyo 
florasiga oid turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet 
tilini mukammal o’rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga 
mansub bo’lgan qimmatbaho o’simlik turlari haqidagi ilmiy manbalarni va 
ma’lumotlarni o’zlari mustaqil holda chet tilida batafsil o’qib o’rgana oladilar va h. 
Ma’lumki har bir fanning o’ziga xos metodlari — uslublari mavjud. 
O’zbekiston foydali o’simliklari fani esa nomlari yuqorida ko’rsatilgan barcha 
fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish