O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi
— (Omonqo’ton, Korovin 
shirachi, Turkiston yovvoyi noki) turlari. Bunday o’simlik turlari ayrim yig’ib olish 
qiyin bo’lgan joylarda yoki madaniy sharoitda saqlanib qolgan. 

Yo’qolib borayotgan turlar
— (anor, Zarafshon, regeli, Oshanin piyozi, 
tog’piyoz, dilband, O’zbekiston lolasi, sariq shirach, yovvoyi anjir). Bunday 
o’simlik turlari yo’qolib ketish xavfi bo’lib, saqlab qolish uchun muhofaza 
choralarini talab etadi.

Noyob turlar 
— (Omanqora, Abolin va Buxoro astragali, yovvoyi 
uzum, chinnigul, mingdevona, summul, kovul, chilonjiyda, lolalar, CHimyon lolasi, 
Boysun shirachi, sug’ur o’ti, guli salim va boshqalar). Bunday o’simlik turlari 
ma’lum kichik maydonlarda saqlanib qolgan, binobarin, tezda nazorat ostiga 
olinmasa yo’qolib ketishi mumkin. 

Kamayib borayotgan turlar
— normushk, yetmak (beh), anzur piyoz, 
parpi, oq parpi, fufanak, burmaqora va boshqalar. Bunday o’simlik turlari ba’zi 
tabiiy sabablar va insonning ta’siri ostida maydoni hamda miqdori kamayib ketishi 
mumkin, binobarin vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishni talab etadi. 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har kuni ko’plab o’simlik yoki hayvon turi 
yer yuzidan yo’qolib boraya’ti. O’zbekistonning birinchi “Qizil Kitobi” 1983-84 
yillarda nashr etilgan. 1983 yili hayvonlarning 63 turi va 1984 yili o’simliklarning 
163 turi “Qizil Kitob” ning birinchi nashriga kiritildi.
1992 yil 9 martda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining 
“Qizil Kitobi” to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
1998 yil O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” ning qayta nashri 1-jildi 
(o’simliklar qismi) chop qilindi va bunda o’simliklarning 301 turi (163 tadan 301 
taga oshgan) kiritilgani qayd qilingan bo’lsa, 2006 yildagi yangi 3-nashrida esa 
“Qizil kitob” ga kiritilgan o’simliklar turi 307 tani tashkil etdi.
Kishilarning tabiat muhofazasiga munosabati o’zgarishi oqibatida bu 
ko’rsatkich yildan yilga oshib bormoqda. “Qizil Kitob” lar xatar belgisi bo’lib 


171 
qolmasdan, balki muhofaza harakatlari dasturi hamdir. “Qizil Kitob” davriy nashr 
bo’lib, u Nizomga muvofiq har besh yilda yangilanib, chop qilinishi lozim.
2009 yil O’zbekistonda “Qizil Kitob” ning 4-qayta nashri chop etildi. Uning 
birinchi jildiga 324 o’simlik, ikkinchi jildiga esa 184 ta hayvonlarning turlari 
kiritilgan.
O’simliklar zahiralari va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan 
samarali foydalanish hukumatning tegishli qarorlarida o’z ijobiy aksini to’di. Bu 
borada 1972 yil dekabrg’ oyida qabul qilingan „Tabiat muhofazasini kuchaytirish va 
tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash to’g’risida“ va 1977 yilda sobiq Ittifoq 
Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan „O’rmonlar muhofazasini va o’rmon 
resurslaridan foydalanishni bundan keyin yaxshilash choralari to’g’risida“gi Qarori 
va boshqa hukumat Qarorlari diqqatga sazovordir. 
Ma’lumki, hamdo’stlik mamlakatlarining hududini o’ndan bir qismini 
o’rmonlar tashkil qiladi. Ular ichida juda ko’p miqdorda turli foydali va shifobaxsh 
o’simliklar o’sadi. SHuning uchun ham o’rmonlarni muhofaza qilish hamda ularda 
yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. 
Tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan (o’rmon, suv va 
suv boyliklari, yer osti boyliklari va boshqalar) to’g’ri va oqilona foydalangan holda, 
ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz — 
Respublika Konstitusiyasida o’z aksini topgan. Asosiy qonunimizning 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish