167
Sklerofitlar – qurg’oqchil sharoitda o’sishga moslashgan ko’p yillik, poyasi
dag’al, barglari kuchli reduktsiyalangan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan.
Qalin kutikulali va yaxshi rivojlangan mexanik to’qimaga ega.
Ularga saksovul,
yantoq, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyoning qumli
cho’llarida yashovchi sklerofitlar tanasidagi umumiy suv miqdorini 50 %
kamaytirish mumkin. Hujayra shirasini osmotik bosimi ancha yuqori bo’ladi.
Skkulentlar – tanasi sersuv, etli poyasi yoki bargida suvni zahira holda
to’playdigan ko’p yillik o’simliklar. poyasida suv saqlovchi
turlarning barglari
tikanlarga yoki tangachalarga aylangan. Bularga (kaktus, qorasho’ra, ba’zi
sutlamalar) kiradi. Bargida suv saqlovchi turlarning (agava, aloe, semizak) poyalari
kuchsiz rivojlangan.
O’simliklar tarkibidagi moddalar — biologik faol birikmalar o’simlikning
o’sishi davrida (ontogenezda) va turli faktorlar ta’sirida doimiy o’zgarishda bo’ladi.
Ular sintezlanadi, asta-sekin ko’payadi, ma’lum davrda ko’p miqdorda to’planadi,
keyinchalik kamaya boradi va bir vaqt kelib, butunlay yo’qolib ketishi mumkin.
O’simlik tarkibidagi moddalar sinteziga, ularning to’planishini o’zgarib
borishiga ta’sir etuvchi tashqi muhit omillariga quyidagilar kiradi: o’simlikning
o’sish joyi, namlik (havo va tuproqdagi namlik miqdori),
tuproq tarkibi, harorat
(havo va tuproqning issiq-sovuqligi), yorug’lik va quyosh nurining ko’p yoki kam
bo’lishligi, iqlim va boshqalar.
Ma’lumki, har bir o’simlikning o’ziga xos o’sadigan joyi bo’ladi va u shu
sharoitda yaxshi taraqqiy etadi. Ba’zi o’simliklar, barglar chirindisi ko’p bo’lgan
yerlarda (marvaridgul va boshqalar), boshqalari sho’rli yerlarda (qizilmiya, shuvoq
turlari, sho’rak va boshqalar) yoqtirsa qolganlari tog’liq, toshli yerlarni va shag’alli
(qizilcha, qoraqovuq va boshqalar) yoki kishilar yashaydigan joylarga yaqin va iflos
joylar (mingdevona, bangidevona va boshqalar) yerlarda yaxshi taraqqiy qiladi.
Ba’zi o’simliklar namlikni yoqtirsa (dala qirqbo’g’imi, oqqaldirmoq,
valeriana,
sariq nufar, igir, botqoq ledumi, meniantes va boshqalar), boshqalari
aksincha quruq cho’llarda, qirlarda (achchiqmiya, afsonak, isiriq va boshqalar)
o’sadi. Agar angishvonagulni o’sish davrida meyoridan ortiq sug’orilsa, uning
tarkibidagi yurak glikozidlari kam sintezlanadi, xuddi shunday namlik ko’p bo’lsa,
darmana shuvoq taraqqiy etmaydi.
Issiqlik va yorug’lik ham hamma o’simliklarga bir xil miqdorda kerak emas.
Jenshen o’simligi o’rmonlarning (taygani) chirindisi ko’p, nam, salqin va yorug’lik
kam bo’lgan yerlarida yaxshi taraqqiy etadi, angishvonagul esa yorug’lik, quyosh
nuri ko’p bo’lsa, yurak glikozidlarini yaxshi sintez qiladi.
Ko’pchilik efir moyi saqlovchi o’simliklar issiq va yorug’likni sevadi.
SHuning uchun janubiy tumanlarning florasi tarkibida
efir moyi saqlovchi
o’simliklar ko’p bo’ladi va ularning efir moylari hidining yaxshiligi bilan farqlanadi.
O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo’ladi. Efir moyining o’simlik
tarkibida ko’p yoki kam miqdorda to’planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq
168
namligiga hamda yerdagi mineral moddalarning ko’p yoki ozligiga bog’liq. Odatda
havo harorati ko’tarila boshlagan sari o’simlik tarkibida efir moylari ko’proq
sintezlanadi va aksincha, havo namligi ko’payishi bilan bu birikmalar miqdori
kamayib boradi. Tuproqdagi namlikning o’rta darajadan ko’p yoki kam bo’lishi
o’simlik tarkibida efir moylarining kamayishiga olib keladi. SHuningdek
qurg’oqchilik ba’zi o’simliklarda efir moylarining ko’p to’planishiga sabab bo’ladi.
Odatda janubiy tumanlarning florasi shimoliy tumanlarnikiga
nisbatan efir moyi
saqlovchi turlarga boy. SHu sharoitda o’sadigan o’simliklarning efir moylarining
hidi ko’proq xushbo’y, tarkibiy qismi ham murakkabroq bo’ladi.
Aksincha, ba’zi o’simliklar (rodiola, levzeya va boshqalar) salqin yerda, tog’li
tumanlarda yaxshi o’sadi.
Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin. SHuni yaxshi bilish kerakki, har
bir o’simlik o’zini o’rgangan, yashab taraqqiy etadigan o’ziga xos sharoit va iqlimda
o’ssa, tegishli o’ziga xos bo’lgan biologik faol moddalarni ko’p sintez qiladi.
Yuqorida keltirilgan o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va ular tarkibidagi dorivor
moddalarning sintezi va to’planishiga tashqi muhit (namlik, issiqlik, yorug’lik,
tuproq tarkibi, o’sish joyi va boshqalar) ta’sirini bilishning katta ahamiyati bor va
bu hollar dorivor o’simliklarni tabiiy sharoitdan plantasiyalarda o’stirishga
o’tqazilganda hisobga olinishi zarurdir. Har bir o’simlik uchun uni plantasiyalarda
o’stirilganda o’ziga xos sharoit va iqlimni iloji boricha tug’dirish lozim.
O’simliklarning hayotiy shakllarini Danyalik botanik Raunker tomonidan
taklif qilingan sistemasi botanikaga doir adabiyotlarda eng ko’p tilga olinadi.
Raunker o’zining klassifikasiyasida o’simliklarning
yangilanib turadigan
organlarning joylanishiga va ularning bu organlarning qishning noqulay sharoitidan
yoki qurg’og’chilikdan himoyalanishga asoslanadi. O’simliklar hayotiy shakillari
yoki (Raunkier atashicha biolgik tiplar) sistemasi quyidagi guruhlarni o’z ichiga
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: