Mansabdor shaxsni JKning 259
1
-moddasi bo‘yicha javobgarlikka
tortish uchun mansabdor shaxsga nisbatan
avval xuddi shunday qilmish
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi zarur.
Subyektiv tomondan
jinoyat qasddan sodir etilishi mumkin.
Jinoyatning
subyekti
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
tegishli majburiyatlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsi
hisoblanadi.
Har bir holatda mansabdor shaxs o‘ta muhim va toifalangan
obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgani yoki
bo‘lmaganligini aniqlash shart.
«Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar»
mavzusi bo‘yicha yakuniy savollar
1. Jinoiy uyushma nima?
2. Qurollangan jinoiy uyushmaning qanday belgilari mavjud?
3. Qurollangan jinoiy uyushma tashkil qilganlik uchun javobgarlikka
tortishning qanday zaruriy shartlari mavjud?
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish nimada
ifodalanadi? Bunday jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos
qanday xususiyatlari bor?
5. Ommaviy tartibsizliklar deganda nima tushuniladi?
6. Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va ularda faol ishtirok etish
nimada ifodalanadi?
7. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar
nima?
8. Diniy, fundamentalistik yoki o‘zbekiston Respublikasida
faoliyati
taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish va a’zosi
bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlikning vujudga kelish asoslari qanday?
9. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishning qanday belgilari bor?
10. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishning odam o‘g’irlash yoki
shaxsni g’ayriqonuniy ozodlikdan mahrum qilishdan qanday farqi bor?
11. Kontrabanda jinoyatini yuridik tahlil qilib bering. Uni sodir
etishning va jinoiy javobgarlikning vujudga kelishining qanday usullari
bor?
104
12. Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki
portlatish qurilma-
lariga qonunga xilof tarzda egalik qilishning qanday shakllari bor?
13. O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni portlatish qurilmalarini qonunga
xilof ravishda egallash shakllari qanday harakatlarda ifodalanadi?
14. O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni portlatish qurilmalarini qonunga
xilof ravishda egallashning portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki
pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzishdan qanday farqi
bor? Ushbu jinoyatlar predmetlarining o‘ziga xos xususiyatlari va
qilmishning kvalifikatsiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri?
15. O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash
nimalarda ifodalanadi? Mazkur qilmish sodir etilishi
natijasida qanday
oqibatlar kelib chiqishi mumkin?
16. Portlatish xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan
foydalanish qoidalarini buzish qanday harakatlarda ifodalanadi? Portlash
xavfi bo‘lgan moddalarga nimalar kiradi?
17. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof
tarzda egallash qanday usulda amalga oshiriladi? Bunday buyumlar
sirasiga nimalar kiradi?
18. Radioaktiv materiallar nima?
19. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish
nimalarda ifodalanadi? Ushbu jinoyat uchun
javobgarlik vujudga
kelishining zaruriy shartini ayting.
20. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzishni
kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyati nimada? Ushbu jinoyat
uchun javobgarlik vujudga kelishining zaruriy shartini ko‘rsating.
21. Ommaviy qirg’in quroliga nimalar kiradi? Uning qanday turlari
mavjud?
22. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda
xavfsizlik qoidalarini
buzish uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelishining zaruriy shartini
aniqlang.
23. JK 256-moddasida (Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda
xavfsizlik qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatning maxsus
subyektini aniqlang.
105
24. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish nimada ifodalanadi?
Ushbu jinoyatning subyektini aniqlang.
25. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini
yoki epidemiyaga qarshi
kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik vujudga kelishi shartlarini
aniqlang.
26. Tog’-kon, qurilish yoki portlatish ishlari deganda nimani
tushunmoq lozim? Qaysi hollarda ushbu ishlarni o‘tkazish qoidalarini
buzganlik uchun jinoiy javobgarlik vujudga keladi?
27. Yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: