O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/286
Sana13.06.2022
Hajmi3,09 Mb.
#664431
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   286
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent fa

SIRKA KISLOTASI - CH
3
COOH 
Kimyoviy sof, suvsiz sirka kislota rangsiz, tiniq, uchuvchan, gigroskopik 
suyuqlik yoki past haroratda kristallanuvchi modda. O‗ziga xos hidga ega. Mazasi 
o‗ta nordon, 117-118 °S da qaynaydi. Suv va organik erituvchilar (spirt, efir, 
xloroform, atseton) bilan har qanday nisbatda aralashadi. 
Ishqor va karbonatlar bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, issiqlik ajratadi va 
tegishli tuzlar hosil qiladi: 
СН
3
СOOН + NaOH 

СН

СOONa + Н
2

2СН

СOOН + K
2
SO
3

2СН
3
СOOK + SO
2
↑ + Н
2

Uzum va mevalarni bijg‗itish, sintez usulida va yog‗ochni quruq haydab olinadi.
Toksikologik ahamiyati. 
Sirka kislota kimyo sanoatida murakkab efirlar, indigo 
va boshqa bo‗yoq moddalarini sintezlashda, atsetat sellyuloza, atseton olishda
dorishunoslikda esa aspirin, fenatsetin, vanilin kabi preparatlarni sintezlashda keng 
miqyosda qo‗llanadi. 
Sirka kislota va sirka essensiyasi oziq ovqat sanoati va uy sharoitida iste‘mol 
uchun ishlatiladi. Sirka kislota ko‗p ishlatiladi, shuning uchun undan zaharlanish 
hollari tez-tez uchrab turadi. Zaharlanish odatda mast kishilarning «kayfni» uzoqqa 
cho‗zish maqcadida yoki ba‘zi odamlarning o‗z-o‗zini o‗ldirish niyatida shu 
kislotani ichish tufayli ro‗y beradi. Bunday baxtsiz hodisalarning vujudga kelishiga, 
ayniqsa, sirka essensiyasi va konsentrlangan sirka kislotani uy sharoitida beparvolik 
bilan saqlash sabab bo‗ladi. CHunki uni yosh bolalar bilmasdan suv deb ichib 
qo‗yishlari ham mumkin.
Konsentrlangan sirka kislota 96%, sirka essensiyasi 40-80%, ovqatga 
qo‗shiladigan sirka esa 3-8% SN
3
SOON saqlaydi. Bularning hammasi ham ehtiyot 
bo‗linmaganda salomatlik uchun xavflidir. Konsentrlangan sirka kislotasi teriga 
tushsa kuydirib shish va yara hosil qiladi. Sirka kislotaning o‗limga olib keluvchi 
miqdori 2-15 g bu 10-20 ml sirka essensiyasi yoki 200-300 ml iste‘mol sirkasiga 
teng. Havodagi ruxsat etiladigan konsentratsiyasi esa 0,005 mg/l ga teng.
Konsentrlangan sirka kislotasini ichib yuborilsa, qizilo‗ngach yo‗lini kuydiradi, 
qon aralash qusish, ich ketishi, gemolitik anemiya, gemoglobinuriya, anuriya va 
uremiya sodir bo‗ladi. Sirka kislota bilan zaharlanish sulfat va xlorid kislotadan 
zaharlanishga nisbatan engilroq o‗tadi. Sirka kislota bug‗lari bilan zaharlanganda 


67 
nafas yo‗llarini kuydiradi va bronxopnevmoniya, kataral bronxit, ovqat yutish 
tizimida jarohatlanish hollari ko‗p uchraydi. Sirka kislotasi bilan zaharlanganda, 
yurak urishi sekinlashadi, tana harorati ko‗tariladi (ayrim hollarda 39 °S gacha 
etadi), qon tarkibi hamda buyraklar ishi buziladi, bemorning og‗zi va nafas 
yo‗llaridan sirka hidi kelib turadi. Zaharlanish natijasida halok bo‗lgan murdani 
patoanatomik tekshirilganda sirka kislota hididan tashqari, jigarda nekroz, buyrakda 
esa nefroz paydo bo‗lgani aniqlanadi. Bularning hammasi sud-kimyo ekspertizasi 
o‗tkazish uchun yo‗naltiruvchi ahamiyatga ega.

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish