G’aznachilik va davlat jamg`armalari fakulteti “byudjet hisobi va g`aznachilik ishi” kafedrasi baxramov shukrullo shodiqul o’G’LI


 Byudjet tashkilotlarining smetalar ijrosi hamda ularni g’aznachilikdan



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana13.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#664050
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Smeta Yo\'ldasheva Diyoraxon

3.2. Byudjet tashkilotlarining smetalar ijrosi hamda ularni g’aznachilikdan 
ro’yxatdan o’tkazishda mavjud muammolar, ularni hal etish yo’llari 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi 
Parlamentga yo’llagan murojaatida byudjet tizimini qayta ko’rib chiqish, byudjet 
daromadlari va xarajatlarining oshkoraligini ta’minlash, byudjet sohasida qarorlar 
qabul qilishda aholining manfaatlariga alohida e’tibor berish zarurligi ta’kidlangan 
edi.
O’tgan yilda joylardagi davlat boshqaruv organlarining mahalliy 
byudjetlarni shakllantirishdagi vakolatlarinikengaytirish, shaffoflik va byudjet 
jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish 
mexanizmini takomillashtirish va byudjet intizomini mustahkamlash hamda Davlat 
byudjeti barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar qabul 
qilindi.


50
Shu bilan birga, amaldagi davlat moliyasi tizimi olib borilayotgan byudjet 
siyosatiga, o’rta muddatli davrda qabul qilingan davlat dasturlari bilan bog’liq 
byudjet xarajatlariga ob’ektiv va ishonchli baho berishga imkon bermaydi, 
byudjetni rejalashtirishning xalqaro e’tirof etilgan usullari kam joriy etilgan. 
Xususan, bugungi kunda davlat moliyasini isloh etish bilan bog’liq bir qator 
muamolar uchraydi.
Birinchidan, byudjetdan ajratiladigan mablag’lar bilan rivojlantirish 
dasturlari 
o’rtasida 
bog’liqlikning 
pastligi, 
byudjet 
mablag’laridan 
moliyalashtiriladigan tadbirlar va yo’nalishlarni tanlashning aniq mezon va 
tartiblari mavjud bo’lmagan sharoitda o’tgan yillardagi byudjet mablag’larini 
indeksatsiya qilish asosida taqdim etiladi.
Byudjetni 
rejalashtirishning 
amaldagi 
tizimi 
yillik 
byudjetning 
balanslashgan ijrosiga yo’naltirilgan. Biroq makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, soliq-
byudjet siyosatining oldindan ko’ra bilish nuqtai nazaridan yillik rejalashtirishning 
salohiyati juda cheklangan. Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar 
o’zlarining istiqbolli rejalarini rejalashtirilgan yildan ortig’iga prognozlashtira 
olmaydi.
Byudjetni rejalashtirishda joriy byudjetning Davlat rivojlanish dasturlari 
bilan bog’liqligi kuchsizligicha qolmoqda. Ushbu dasturlar doirasida amalga 
oshiriladigan loyihalar (yangi inshootlarni qurish, foydalanishga mo’ljallangan 
uskunalarni etkazib berish) foydalanishga topshirilganidan keyin ularni joriy 
saqlash xarajatlarini talab qiladi. Biroq yillik byudjetni rejalashtirishda yangi 
ob’ektlarni 
foydalanishga 
topshirish 
byudjet 
prognozi 
bilan 
muvofiqlashtirilmaganlik hollari ham mavjud, ya’ni ularni joriy saqlash xarajatlari 
hisobga olinmaydi.
Byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligi ustidan 
ichki audit tartib-taomillari va metodologiyasi mavjud bo’lmagan holda, kassa 
xarajatlarining rejali ko’rsatkichlarga muvofiqligi ustidan tashqi nazorat ustunlik 
qiladi.


51
Ikkinchidan, byudjetni rejalashtirish davlat moliya tizimining bo’linganligi 
hisobiga makroiqtisodiy tartibga solishning samarali vositasi bo’la olmadi.
Uchinchidan, Davlat byudjetini shakllantirishning amaldagi mexanizmlari 
hududiy rivojlanishning barcha muammoli masalalarini qamrab olish imkonini 
bermaydi.
Ko’p yillar davomida Davlat byudjetidan qishloq joylardagi muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, shu jumladan, ularni ichimlik 
suvi bilan ta’minlash va qishloq yo’llarini qurish uchun etarlicha mablag 
ajratilmagan, bu olis va borish qiyin bo’lgan joylarda yashovchi aholi turmush 
darajasiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Byudjetni rejalashtirishning haddan tashqari markazlashuvi tufayli 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishda 
mahalliy boshqaruv organlarining shaxsiy mas’uliyat hissi sezilmaydi, xarajatlarga 
oid majburiyatlari bo’yicha qarorlar moliyalashtirish imkoniyatini hisobga 
olmagan holda qabul qilinadi.
Joylardagi davlat boshqaruv organlari kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish va aholi bandligini 
ta’minlash orqali soliqlar salohiyatini kengaytirish orqali moliyaviy 
mustaqilligining 
oshishidan 
kam 
manfaatdor, 
shuningdek, 
xarajatlarni 
rejalashtirishda va optimallashtirishda faol ishtirok etmayapti.
To’rtinchidan, Davlat byudjetini tuzish, rejalashtirish va ijro etish jarayonida 
byudjet jarayonining oshkoraligini ta’minlashda innovatsion mexanizmlar va 
yondashuvlar joriy etilmagan.
Texnologik 
infratuzilmaning 
rivojlanishiga 
qaramasdan, 
byudjet 
jarayonining to’liq avtomatlashtirilmagani, vaqt va resurslarni ortiqcha sarflash 
kabi noqulayliklarga olib kelmoqda.
Shu munosabat bilan, davlat moliyasi tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish, 
byudjet 
mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish, byudjetni 
rejalashtirishning xalqaro e’tirof etilgan usullarini, zamonaviy axborot-


52
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va fuqarolarni davlat moliyasini 
boshqarishga jalb qilish orqali byudjet tizimini isloh qilish zarur. 
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun byudjet siyosatini 
takomillashtirishning quyidagi asosiy yo’nalishlarini belgilash lozim:

2019-2021 yillarga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasidan 
boshlab, kelgusi yil uchun yillik byudjetni va keyingi 2 yil uchun byudjet 
asoslarini tasdiqlashni ko’zda tutadigan o’rta muddatli byudjetni rejalashtirishni 
joriy etish lozim, byudjetdan ajratiladigan mablag’larning taqsimlashni haqiqatdagi 
yoki rejalashtirilayotgan natijalar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni hamda 
davlat, tarmoq va xududiy dasturlarni ijrosiga yo’naltirilganini ta’minlovchi 
byudjetni rejalashtirishning dasturiy-maqsadli uslublariga o’tish orqali byudjet 
jarayonini 
“byudjet resurslari (xarajatlari)ni boshqarish”dan “natijalarni 
boshqarish”ga bosqichma-bosqich yo’naltirish zarur.

byudjet so’rovlarini, byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini va 
xodimlar jadvallarini tuzish hamda taqdim etish jarayonini to’liq avtomatlashtirish 
kerak;

investitsiyalarga 
byudjet 
xarajatlari 
samaradorligini 
“Davlat 
investitsiyalarini boshqarishni baholash” (Public investment management 
assessment) bo’yicha baholash printsiplarini kiritish maqsadga muvofiq;

vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari, shuningdek 
xalqaro moliya institutlari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan ijtimoiy va 
infratuzilma loyihalarini O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan 
byudjetiga kiritish lozim;

egasiz va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulklarning bozor 
mexanizmlari bo’yicha baholanishini hamda ularning byudjet hisobi yuritilishini 
ta’minlash kerak;

mahalliy boshqaruv organlariga mahalliy byudjetlarning qo’shimcha 
mablag’larini tijorat banklari depozitlariga qo’yish va lotereyalarni tashkil etish 
huquqini berish zarur.


53

byudjet 
jarayonining 
shaffofligini 
ta’minlash va “partisipatorli 
byudjetlashtirishni” (participatory budgeting)” joriy etish yo’li bilan Davlat 
byudjetini shakllantirishda fuqarolarni faol jalb qilish maqsadga muvofiq, barcha 
foydalanuvchilar uchun oshkoralik, ishonchlilik va ochiqlik darajasini oshirish 
maqsadida byudjet hisobini davlat sektorida (IPSAS) moliyaviy hisobotlarning 
xalqaro 
standartlari 
bilan 
muvofiqlashtirish 
lozim, 
Xalqaro 
valyuta 
jamg’armasining umumiy ma’lumot tarqatish tizimining talablariga binoan davlat 
moliyaviy statistikasini nashr etish, 2019 yil oxirigacha Xalqaro byudjet 
hamkorligining “Byudjetning ochiqligi indeksi” reyting tizimiga qo’shilish kerak.

PEFA (Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik) va Jahon banki va 
boshqa xalqaro moliya institutlari va donorlarning PIMA tizimlari bo’yicha 2018 
yilda o’tkazilgan baholash yakunlariga asosan o’rta muddatli davrga Davlat 
moliyasini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish zarur;

yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida 
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilariga bevosita aloqasiz xizmat 
ko’rsatish mexanizmini joriy etish lozim;

byudjet tashkilotlarining xorijiy valyutadagi mablag’larini g’aznachilik 
ijrosi bilan qamrab olish, Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida 
moliyalashtirish 
nazarda 
tutilgan 
ob’ektlar bo’yicha maqsadli byudjet 
mablag’larini g’aznachilik tomonidan kuzatib borilishini joriy qilish maqsadga 
muvofiq.
Byudjet tizimida boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar byudjet 
tashkilotlarining daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi hisobi uslubiyotini 
yanada takomillashtirishni talab etadi. 
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi hisobini 
yuritishda quyidagi hal qilinishi lozim bo’lgan jihatlar mavjud: 
- byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini bazaviy tamoyillarini 
umumlashtiruvchi alohida Davlat sektori buxgalteriya hisobi milliy standartlari 
ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinishi zaruriyati mavjud. Buni quyidagicha 
izohlash mumkin, ya’ni xo’jalik sub’ektlari uchun tasdiqlangan buxgalteriya hisobi 


54
milliy standartlari shuningdek, moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida 
daromadlar va tushumlarni hisobda aks ettirishning aniq talablari belgilangan 
ammo, byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha 
tushumlarni daromad sifatida hisobda aks ettirishning aniq mezonlari 
belgilanmagan.
Bu holat, byudjet tashkilotlarida tushumlar va daromadlarni hisobda aks 
ettirishda turlicha yondashuvlarini keltirib chiqaradi. Byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari tushumlari va daromadlari to’g’risida ishonchli hamda tizimli 
axborotlarni shakllantirishga to’sqinlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet 
tashkilotlarini moliyalashtirishning byudjetdan tashqari mablag’ manbalarini 
shakllantirishga qaratilgan amaliy harakatlarni cheklaydi;
- byudjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, turli 
debitor va kreditorlar bilan hisob kitoblar, byudjet va byudjetdan tashqari 
jamg’armalar bilan hisob-kitoblar, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-
kitoblar tegishli subschyotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar 
bo’yicha umumiy holda hisobga olinishi belgilangan bo’lib, byudjet tashkilotlari 
o’z yondashuvlariga asosan turli debitor va kreditor majburiyatlarni byudjet va 
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tegishli subschyotlarni ochish orqali 
hisobga olish natijasida turli yondashuvlarning hosil bo’lishi, hisob ishlarini 
qiyinlashuvi o’z navbatida hisob ma’lumotlari noaniqligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi;
- byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati faoliyatini yo’lga qo’yish 
zaruriyatini mavjudligi.
Yuqoridagi holatlarning echimi yuzasidan quyidagi takliflarni bildirishni 
maqsadga muvofiq, deb o’ylaymiz:
1. Ma’lumki, amaldagi buxgalteriya hisobiga oid qonunchilikka muvofiq 
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan 
tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tartibga solish O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, O’zbekiston 
Respublikasining vazirlik va idoralari zarur hollarda, O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, o’z tizimidagi tashkilotlarda faoliyat 


55
hususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi va hisobotlarining 
umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida belgilangan tartibda me’yoriy 
hujjatlar chiqarishlari mumkinligi belgilab qo’yilgan.
Bizningcha, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet 
hisobining barcha hisob ob’ektlariga oid “Davlat sektori Buxgalteriya hisobi milliy 
standartlari”ni ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilishi kerak. Hozirda amaliyotda 
byudjet hisobining standartlarini ishlab chiqishning zarurligi o’z isbotini 
topmoqda. Ushbu standartlarning ishlab chiqilishi byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya ob’ektlari hisobini tashkil etilishini yagonaligini ta’minlaydi.
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xarajatlar va daromadlarni tan 
olish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan 
tasdiqlangan “Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to’g’risida”gi Nizom, 2-son “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” va 
3-son “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” BHMSlar tushumlar va 
daromadlarni hisobda aks ettirishning aniq me’zonlarini belgilaydi.
Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, byudjet hisobining standartlarini ishlab 
chiqish asosida byudjetdan moliyalanadigan tashkilotlarni byudjetdan tashqari 
mablag’lar bo’yicha tushumlari va daromadlarini hisobda aks ettirishning minimal 
talablarini aniq belgilash imkoniyati vujudga keladi;
2. Byudjet tashkilotlari albatta ishchi schyotlar rejasini “Byudjet 
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma talablaridan kelib 
chiqib tuzishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Umumiy qilib aytganda, yuqorida keltirilgan muammoli holatlarni ijobiy hal 
qilish hamda byudjet tashkilotlarida mablag’lardan maqsadli va oqilona 
foydalanishni ta’minlash uchun keltirilgan amaliy taklif va tavsiyalarni amalga 
oshirish kerak deb o’ylaymiz. 


56

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish