III BOB. BYUDJET TASHKILOTLARIDA RISKLARNI BOSHQARISH
HAMDA XARAJATLAR SMETASIGA KIRITILADIGAN
O’ZGARTIRISHLAR NAZORATINI AMALGA OSHIRISH
3.1. G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlaridagi risklarni samarali
boshqarish masalalari
O’zbekistonda moliya-byudjet, bank-kredit tizimi, iqtisodiyotning real
sektori korxonalari va tarmoqlari, byudjet tashkilotlarining barqaror hamda
uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan
va zarur moliyaviy resurslar bazasi mavjud.
“Yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli
faoliyat yuritishi, izchil yuqori o’sish sur’atlari, iqtisodiyotda amalga
oshirilayotgan
yangilanish
va
o’zgarishlar,
umuman,
mamlakatimizni
modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi,
shuningdek, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki
singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etildi”. Iqtisodiy
o’sish sur’atlari ta’minlangan hamda moliyaviy barqarorlikka erishishga
44
yo’naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish davrida davlat moliyasi, ayniqsa, davlat
byudjeti barqarorligini mustahkamlash va mablag’larni ishlatilishida risklarni
kamaytirish muhim strategik vazifa hisoblanadi.
Mamlakatimizda hozirgi sharoitda bank-moliya tizimining barqarorligini
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, bank-moliya tizimining
barqarorligi – banklar va moliya tizimi muassasalari, g’aznachilik organlari, davlat
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarini majburiyatlari yuzasidan
talablarga to’la javob bera olishi va to’lovlarni vaqtida to’lashidi bilan bog’liq.
Byudjet siyosati davlatning iqtisodiyotga keng miqyosda ta’sir o’tkazishiga
imkoniyat yaratadi, shu bois, byudjet mablag’larini ishlatilishi bo’yicha samarasiz
qarorlar qabul qilinishi makroiqtisodiy holatni yomonlashuviga olib kelishi
mumkin. Kelajakda iqtisodiyotning izchil rivojlanishi esa ma’lum darajada byudjet
tashkilotlaridagi risklarni to’g’ri baholashga va g’aznachilik organlari faoliyatining
samaradorligiga bog’liq. Binobarin, oqilona yuritilgan byudjet siyosati mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan davlat byudjetini boshqarishning
takomillashtirishga olib keladi.
O’zbekistonda olib borilayotgan, islohotlar jumladan, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash orqali o’z oldimizga uzoq va milliy manfaatlarimizni amalga
oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, eng avvalo, davlat moliyasini boshqarish
sohasida, davlat byudjeti xarajatlari ijrosi bosqichida g’aznachilik tizimini joriy
etishda davlat bosh islohotchi sifatidagi mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi
zarurligi, byudjet xarajatlari ijrosi jarayoni qatnashchilarining faoliyati
takomillashtirilishi aniq belgilab olindi. Barqaror va samarali iqtisodiyotni
shakllantirish, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish borasida
amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda o’zining natijalarini
namoyon etmoqda. Mamlakatimizda davlat byudjetini boshqarish sohasidagi
muammolarni hal etishda g’aznachilik tizimining faoliyati ham o’zini to’la
oqlamoqda.
45
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimida g’aznachilik institutining joriy
qilinishi
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish va jahon talablariga javob beradigan byudjet ijrosini tashkil etish
borasidagi ishlarni muhim qismi hisoblanadi. Davlat byudjetini boshqarishga
qaratilgan g’aznachilik hizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash byudjet
mablag’laridan foydalanish samaradorligini yanada oshiradi. Mana shu
jarayonlarda g’aznachilik operatsiyalarini moliyaviy nazorat qilish va risklarni
kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Risklarni boshqarish – boshqaruv organlari, boshqaruvchilar va byudjet
tashkilotlarining barcha xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan jarayon
hisoblanadi. Byudjet tashkilotlari strategiyasini ishlab chiqishga yo’naltirilgan va
uning barcha bo’lim hamda darajalariga taalluqli sanalib, quyidagi maqsadda
amalga oshiriladi:
– tashkilotlar faoliyatiga ta’sir qiladigan ehtimoldagi hodisalarni aniqlash;
– tashkilotlar faoliyati bilan bog’liq risklarni to’xtatib qolish;
– tashkilotlarning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda boshqaruvchilar
uchun qat’iylikni ta’minlash.
Ichki nazorat muhiti – tashkilotlarning jami xodimlari tomonidan riskni
anglash darajasini belgilab beruvchi yuqori lavozimli shaxslar, boshqa rahbarlar va
qator
davlat
xizmatchilarining
risklarni
boshqarish
tizimiga
umumiy
munosabatidir. Ichki nazorat byudjet tashkilotlarida risklarni boshqarishning
qolgan unsurlari uchun poydevor hisoblanadi, intizom va tuzilmaviy bo’linmalar
faoliyatini tartibli tashkil qilinishini ta’minlaydi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– risklarni boshqarish asosi;
– tashkilotlarning riskka moyilligini aniqlash;
– jamoaviy boshqaruv organi tomonidan amalga oshirilayotgan risklarni
boshqarish ustidan nazorat;
46
– barcha rahbarlar va xodimlar halolligi hamda ular tomonidan davlat
xizmatchilarining kasb ahloqi qoidalariga rioya qilinishi;
– tashkilotlarning barcha xodimlari bilim va ko’nikmalarining yuqori
darajasi;
– tashkilotlar rahbarlari tomonidan tashkil qilingan turli bo’g’indagi davlat
xizmatchilari o’rtasida vakolat va majburiyatlarni taqsimlash tizimi.
G’aznachilik tizimi byudjet xarajatlarini “Yagona G’azna” hisobvarag’i
asosida amalga oshirilishi moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishga yordam
beradi. To’lovlar rejasini, yagona axborot tizimini joriy etish, byudjet mablag’lari
ishlatilishini tahlil qilish, byudjet tashkilotlari xarajatlarini dastlabki va joriy
nazorat mexanizmini takomillashtirish imkonini beradi. Davlat byudjeti ijrosining
g’aznachilik tizimini joriy etilishi bilan ichki nazoratni amalga oshirish byudjetdan
mablag’ oluvchilar, moliya organlari bilan birgalikda g’aznachilik organlariga ham
yuklatiladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi byudjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri
hisoblanadi. G’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda byudjet tashkilotlarini
byudjetdan moliyalashtirishda belgilangan istiqbol ko’rsatkichlari, tasdiqlangan
rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattiq nazorat qilinib,
to’lov intizomiga rioya qilgan holda, xarajatlar to’lab beriladi. “Yagona g’azna”
hisob varag’ida vazirliklar, idoralar, byudjet tashkilotlari va mahalliy hokimiyat
organlarining shaxsiy hisob raqamlari ochiladi. G’aznachilik institutining joriy
qilinishi Davlat byudjetini boshqarishda ijobiy burilish yasaydi. G’aznachilikni
joriy qilishdan asosiy maqsad – byudjet mablag’larini samarali boshqarish,
xarajatlarni to’lash intizomiga rioya qilish nazoratini kuchaytirish va barcha
byudjet tashkilotlari uchun Yagona g’azna hisobvarag’i faoliyatini amalga
kiritishdan iborat.
G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat moliyaviy resurslarni safarbar
qilish orqali davlat byudjeti xarajatlarini muntazam ravishda boshqarish imkonini
yaratadi, balki to’lov intizomi orqali samarali nazorat qilish imkonini ham beradi.
47
Respublikamizda g’aznachilik tizimini joriy qilinishi Davlat byudjetini boshqarish,
daromadlarni va xarajatlarni rejalashtirish va ularni sarflash moliyaviy xisobot
tayyorlash, ichki nazorat qilish vazifalariga yondoshish va byudjet-smeta, to’lov
intizomini mustahkamlash ishlariga jiddiy ta’sir qiladi. Xarajatlar smetasi va
ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida
bevosita tovarlar etkazib beruvchilarning hisob raqamiga byudjetdan mablag’
oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz
rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazorat ta’minlanadi.
Byudjet tashkilotlari smetasida tasdiqlangan xarajatlarini byudjet tasnifi
bo’yicha sarflanishi nazorat qilish, byudjet tashkilotlariga tovarlar va xizmatlar
sifatli bo’lishi uchun tenderlar va tanlovlar orqali shartnomalar tuzish hamda
byudjet mablag’ini aniq maqsadda sarflanishining nazorati shuningdek,
g’aznachilik tizimining yuqori samara berishi va risklarni kamaytirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
G’aznachilik organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va
manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari
tomonidan suiiste’mol qilishni va noto’g’ri ishlatilishning oldini olish maqsadida
moliyaviy nazorat qilinadi. Byudjet tashkilotlari tegishli majburiyatlarini olgandan
keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisob raqamidan to’g’ridan-to’g’ri
ta’minotchilarning hisob raqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati
bo’yicha jarayonlarni qisqartiriladi. G’aznachilik tizimining bir pog’onasidan
ikkinchi pog’onasiga pul mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida
g’aznachilik tizimidagi byudjet mablag’lari tezkor ishlatiladi.
Byudjet tashkilotlarning riskka moyilligi riskli muhit doirasida asosiy
tushuncha hisoblanadi va riskka moyillik miqdoriy hamda sifat jihatidan
aniqlanishi mumkin. Tashkilotlar strategiyasini ishlab chiqishda hamda uni
hayotga tatbiq etishdan kutilgan samara va tashkilotlarning riskka moyillik uzviy
bog’lanishda bo’lishini ta’minlashi zarur.
48
Davlat sektorida ichki nazoratning xalqaro standartlariga qo’shimchalar
kiritilishi bilan bog’liq ravishda 2007 yildan buyon byudjet tashkilotlarida risklarni
boshqarish faol tatbiq qilib kelinmoqda. Unda risklarni boshqarish mohiyati
jarayon sifatida ta’riflanib, ichki nazorat ham uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida
e’tirof qilinadi. Davlat sektorida ichki nazoratning xalqaro standartlarining o’zi
kabi mazkur risklarni boshqarish bo’yicha qo’shimchalar davlat moliyasi
sohasidagi oliy nazorat organlari xalqaro tashkilotining ixtisoslashtirilgan
qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur tashkilot (INTOSAI) faoliyati davlat auditining xalqaro standartlari
asosida tartibga solinib, unda o’z maqsad va vazifalarini to’laqonli amalga oshirish
uchun davlat moliyasi sohasidagi oliy nazorat organlari davlat boshqaruvi
sektorida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda ichki nazorat tizimi samaradorligini
baholashi lozimligi aytib o’tilgan. Davlat sektorida ichki nazoratning xalqaro
standartlari risklarni boshqarish bo’yicha Qo’shimchalar byudjetni baholash uchun
baza
hisoblanadi.
Risklarni
boshqarish
bo’yicha
Qo’shimchalarda
keltirilgan INTOSAI standartlarida aniq tartibotning batafsil tavsifi keltirilgan.
Unda keng ko’lamli kontseptsiyani aks ettirilgan, shular doirasida davlat idoralari
mustaqil ravishda risklarni boshqarish sohasida o’z siyosatlarini ishlab chiqishi
mumkin.
Mazkur standartlar ikki qismdan tarkib topgan: avval risklarni boshqarishga
ta’rif beriladi va mazkur jarayonning sakkiz unsuri yoritib berilgan. Aytish
mumkinki, ular asosida rivojlangan mamlakatlarda byudjet tashkilotlarida risklarni
boshqarish tashkil etilib, jumladan, Germaniya tajribasi bu borada ham muhim
o’rin tutadi.
G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlarining maqsad va vazifalarining
ichki nazorat tizimi o’z ichiga to’rt darajani qamrab oladi:
– tashkilotlar bilan bog’liq strategik maqsadlar;
– operatsiyalarni tegishli tarzda amalga oshirish vazifasi (axloqiy standartlar,
tejamkorlik, samaradorlik, natijaviylik hamda resurslarni himoyalash tamoyillari);
49
– zarur hisobot taqdim etish vazifasi (ishonchli, faoliyatning asosiy
jihatlarini aks ettiruvchi, ichki va tashqi manfaatdor shaxslarga moliyaviy
axborotlarni o’z vaqtida va to’g’ri oshkor qilinishini ta’minlovchi);
– davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat talablariga rioya qilish
vazifasi.
Tashkilot faqat uchinchi va to’rtinchi darajadagi jarayonlarnigina to’lig’icha
nazorat ostiga olishi mumkin, shuning uchun risklarni boshqarish tizimida
tashkilotlarni boshqaruvchilari hisobdorlik va qonuniylikni ta’minlash vazifalarini
muvaffaqiyatli hal qilishi kerak.
Strategik maqsadlar va tezkor vazifalar masalasi tashkilotlar doirasida
axborotlar almashish, muayyan axborotlarni rahbarlar va xodimlarga etkazish
uchun talab qilingan kommunikatsiya tizimini o’z ichiga oladi. Ichki idoraviy
kommunikatsiyalar
tizimi
nafaqat
xodimlarga
yuklatilgan
majburiyatlar
bajarilishiga, balki byudjet mablag’lariga bog’liq risklarni boshqarishga ham
ko’maklashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |