1-mavzu. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot
usullari
Keys 1.1. Makroiqtisodiy siyosat maqsadlari.
Makroiqtisodiy
maqsadlar
turlicha bo‘lsada, ular o‘rtasida ma’lum bog‘liqliklar mavjud.
Ayrim turdagi
maqsadlar bir birlarini to‘ldirishlari mumkin bo‘lib, bir turdagi maqsadga erishish
ikkinchi turdagi maqsadga erishishga sabab bo‘lishi mumkin.Ammo
yana bir tur
maqsadlar borki, bunda asosan bir maqsadga erishishda ikkinchi maqsad to‘sqinlik
qiladi. Fillips egri chizig‘iga asosan, inflyatsiya sharoitida
narxlar darajasini
barqarorlashtirishga erishish maqsadi to‘la bandlikka
erishish maqsadiga qisqa
muddatli
davrda eid keladi, chunki inflyatsiyaning o‘sish sur’ati
qisqa muddatli
davrda nerxlarning o‘sishiga olib keladi.
Keys 1.2. Savollar:
1.
Makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi nima?
2.
Makroiqtisodiy siyosatning bir birini to‘ldiruvchi
maqsadlariga misol
keltiring.