86
Agar kontaktlar sezilarli darajada kuygan yoki yeyilgan bo‘lsa,
uzgich kontaktchasi va qo‘zg‘almas kontakt ustunchasi almash-
tiriladi. Kontaktlar tozalangandan keyin ulardagi volfram va ab-
raziv zarrachalarini yo‘qotish maqsadida siqilgan havo bilan to-
zalanadi va benzin bilan yuviladi. Shundan keyin kontaktlar ora-
sidagi tirqish yoki kontaktlarning tutashib turish burchagi rostla-
nadi va o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi o‘rnatiladi.
Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimlarida kontaktlardan o‘ta-
yotgan tokning qiymati katta bo‘lmaganligi uchun ularda eroziya
hodisasi deyarli sodir bo‘lmaydi. Kontaktlarni uzoq muddat davo-
mida tozalamasa ham bo‘ladi. Lekin ba’zi ekspluatatsion rejimlarda,
masalan, avtomobil nisbatan uzoq vaqt davomida turib qolgan bo‘lsa
yoki havoning namligi me’yordan ortiq bo‘lgan hollarda kontaktlar
yuzasida tok o‘tkazmaydigan volfram oksidlaridan tashkil topgan
yupqa parda hosil bo‘lishi mumkin. Kontaktlardan o‘tadigan kuch-
lanishning qiymati kichik bo‘lganligi uchun bu pardani teshib o‘ta
olmaydi va o‘t oldirish tizimi ishlamaydi. Kontakt-tranzistorli o‘t
oldirish tizimining ish qobiliyatini tiklash uchun kontaktlar ustidan
2—3 marta shishali jilvir qog‘ozni yurgizib yuborish yetarli bo‘ladi.
Kontaktlar ifloslanganda ham oksidli parda hosil bo‘lishi mumkin.
Kontaktlarning tutashib turish burchagi (uzgich kulachogi-
ning kontaktlarni tutashish holatidan uzilish holatigacha bura-
lish burchagi) ikkilamchi maksimal
kuchlanish qiymatigacha
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu burchak qanchalik katta bo‘lsa, o‘t
oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok ham
kontaktlarning uzilishi daqiqasigacha shunchalik kattaroq qiy-
matga erishadi, demak, ikkilamchi
maksimal kuchlanish ham
shunchalik yuqori qiymatga ega bo‘ladi.
Kontaktlar orasidagi tirqish ularning tutashib turish burchagiga
quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi. Òirqish qanchalik katta bo‘lsa, kontakt-
larning tutashib turish burchagi shunchalik kichik bo‘ladi va aksincha,
tirqish kamayishi bilan kontaktlarning tutashib turish burchagi
ortadi. Kontaktlar orasidagi tirqishning belgilangan me’yordan katta
bo‘lishi o‘t oldirish tizimining ishida uzilishlarga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa, bu avtomobilning tezlashish va dvigatelni ishga tushirish
rejimlarida namoyon bo‘ladi. Òirqish me’yordan kichik bo‘lganda
esa birlamchi zanjirdagi tok zarur qiymatga erisha olmaydi va maksimal
ikkilamchi kuchlanish ham pasayib ketadi. Bundan tashqari, kontakt-
lar orasida yuzaga keladigan uchqunli yoyni so‘ndirish sharoitlari
yomonlashadi va natijada kontaktlardagi eroziya hodisasi kuchayadi.
87
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra,
uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni yoki
ularning tutashib turish burchagini o‘z
vaqtida tekshirish va rostlab turish o‘t
oldirish tizimining ish qobiliyatini saq-
lash hamda ishonchli ishlashini ta’min-
lashning muhim shartidir. Uzgich kon-
taktlari orasidagi tirqish ikki omil ta’sirida
o‘zgaradi. Birinchisi, kontaktlarning yeyi-
lishi bo‘lsa, ikkinchisi, uzgich pishangi
turtkichining yeyilishi. Uzgich kontakt-
lari orasidagi tirqishni tekshirish va za-
rurat bo‘yicha
rostlash ishlarini yangi
avtomobil 1000 km yurganda, keyingi-
larini esa har 40000 km yurganda amalga
oshirish tavsiya qilinadi.
Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish uchun maxsus dastak
yordamida dvigatelning tirsakli valini aylantirib uzgich kulachogi
shunday holatga keltiriladiki, unda
kontaktlar orasidagi tirqish
maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Shundan keyin tirqishni shchup
bilan tekshiriladi. Bunda shchup kontaktlar orasiga tiralib kirishi,
lekin pishangchani qochirmasligi zarur. Òirqishni rostlash uchun
(4.1-rasm) uzgich plastinasiga qo‘zg‘almas kontaktli ustunchani
mahkamlovchi vint
(1)ni bo‘shatish va rostlash ekssentrigi
(2)ni
aylantirib, kontaktlar orasidagi tegishli tirqishni o‘rnatish lozim.
Rostlash tugagandan keyin vint qayta tortiladi va tirqish shchup
bilan yana bir bor tekshiriladi.
Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish bilan birga uzgich
pishangchasining o‘z o‘qida bemalol,
qadalmasdan aylanishiga
ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun pishangchani barmoqlar
bilan tortish va keyin qo‘yib yuborish kerak. Prujina ta’sirida
pishangcha darhol o‘zining dastlabki holatiga qaytishi kerak. Agar
pishangchaning qadalish yoki to‘xtab qolish hollari kuzatilsa,
pishangcha o‘qidan yechiladi, o‘q mayda donali shisha jilvir qog‘oz
bilan silliqlanadi, bir-ikki tomchi (undan ortiq emas) toza motor
moyi bilan moylanadi va pishangcha yana o‘rniga qo‘yiladi. Pishang-
chaning yaxshi aylanmasligining ikkinchi sababi — prujinaning
tortish kuchining susayganligi. Prujinaning tortish kuchini dinamo-
metr yordamida tekshiriladi (4.2-rasm). O‘lchash
vaqtida kuch
kontaktlarning o‘qi bo‘ylab yo‘naltirilgan bo‘lib, u pishangchaning
Do'stlaringiz bilan baham: