k o ‘p sondagi turli xil organlardan tashkil topgan b o ‘lib, ammo bu
organlar xayron qolarli darajada, bir-biri bilan kelishilgan holda ishlaydi.
Ana shunday organizm qismlarining ajoyib munosabatda bo4 lib ishlashi
natijasida organizm bir butun b o 4lib tashqi muhitning o'zgaruvchan
yashash sharoitiga moslashadi.
O rganizm funksiyalarining doim iy kelishilgan holda ishlashini
ta ’minlovchi murakkab boshqarish sistemasi, uning ichki hayoti va tashqi
muhitdagi xulq-atvoriga bog'liqdir.
\ / Evolyutsiya jarayonida, shunday o 4ziga xos organlar sistemasi hosil
^ * bo ‘ldiki, bu sistema murakkab kimyoviy m oddalar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan bo4lib, hatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu
ichki sekretsiya bezlaridir.
Ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin
bezlardan ishlanib chiqqan
suyuqlik qonga quyiladi. Ular gormon ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya
bezlariga qalqonsimon, qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar, ayrisimon
bez, m e’da osti bezi, buyrak usti bezlari, gipofiz, epifiz va jinsiy bezlar
kiradi. M e’da osti, jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi,
chunki ular
ham gormon, ham sekretsiya ishlab chiqaradi.
Organizmning boshqa organlari singari ichki sekretsiya bezlari ham
hayvonat olamining evolyutsion taraqqiyoti mahsuli bo'lib, dastavval
qurtlarda, yumshoq tanlilarda asta-sekin rivojlangan va takomillashgan.
Umurtqali hayvonlarda, asosan insonlarda esa ichki sekretsiya bezlari
yuksak darajada taraqqiy etgan.
Ichki sekretsiya haqidagi tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod
Bernar tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855-yilda maxsus tekshiruv
o'tkazib, jigarning ovqat hazm qilish organlariga o 4t suyuqligi va qonga
glikogen chiqarishini aniqlagan.
Shunday qilib, organizmda tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya
jarayonlari ham borligini isbot etgan va o ‘z sekretlarini
organizm ichiga
chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan. Bu so‘z
grekcha endo - ichki va krino - ajratish, chiqarish so'zlaridan olingan.
Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo'llari bo'lmaydi.
Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv sistemasining
faoliyatiga bog4liq bo4lib, bosh miya po4stlog4ining idora qiluvchi, hamda
nazorat etuvchi roliga bo'ynsunadi.
Endokrin bezlar joylashgan o'rniga ko‘ra 4 ta guruhga bo‘linadi (13-
rasm):
152
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Epifiz va gipofiz bezi;
2. Bo'yin va ko'krak qafas bezlari: qalqonsimon bez, qalqon oldi
bezi, ayrisimon bez;
3. Qorin bo'shlig'i bezlari: me’da osti bezi va buyrak usti bezi kiradi.
4. Chanoq bezlari: jinsiy bezlar kiradi.
M e’da osti va jinsiy bezlar aralash bezlar deyiladi,
chunki ular ham
gormon, ham sekret ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlaridan ajralib
chiqadigan suyuqlikka
gormonlar
deyiladi. Gormonlar faoliyati fanda
yaxshi o'rganilgan.
Ichki sekretsiya bezlari gormoni qon bilan butun organizmga tarqaladi.
G o rm o n lar m o d d a la r alm ash in uv in i, y a ’ni o rg a n la r fao liy atin i
kuchaytiradi yoki susaytiradi. Shuningdek, ular kishining jismoniy, ruhiy
rivojlanishiga, balog'atga yetishiga va boshqa ko'pgina
funksiyalarga
ta ’sir etadi.
G orm onlar faqat fiziologik jarayonlarga emas, balki morfologik
jarayonlarga ham ta ’sir etadi. Gormonlarning organlar funksiyasiga ta ’siri
fizik-kimyoviv sharoitda ta ’sir etishi, yuqori va past haroratga chidamliligi
bilan ta ’riflanadi. K o'pchilik gormonlar sof holda olingan, b a ’zilari
organizmdan tashqarida laboratoriyada sintez qilingan.
Gormonlar homila rivojlanishining boshlang'ich davrida organizmning
shakllanishi uchun t a ’sir eta boshlaydi. G orm onlarning fiziologik
ahamiyati ichki sekretsiya bezlari bilan bog'liq bo'lgan turli kasalliklarda
aniq bilinadi. Ba’zi og'ir kasalliklarning kelib chikishi ichki sekretsiya
bezlari, ya’ni giper yoki gipofunksiyasi faoliyatining buzilishi bilan bog'liq
bo'ladi. Masalan, addison, miksedema, bazedov kasalliklari va hokazo.
Ichki sekretsiya bezlari faoliyatini va ulardan ishlanib chiqadigan
gormonlarning ahamiyatini tekshirish uchun xilma-xil usullar qo'llaniladi.
Masalan, ichki sekretsiya bezlaridan
birontasini olib tashlash, ko'chirib
o'tqazish, klinik usul va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: