Informatika va axborot texnologiyalari:
axborotlarni yig’ish jarayoni, uzatish qayta ishlash va to’plash haqida umumiy tavsifnoma,
axborotlarni tarqatish jarayonida texnik va dasturlash vositalari.
Texnologiya tushunchasi. Axborot texnologiyalari, ularning ko’rinishlari va klassifikatsiyasi.
YAngi axborot texnologiyalari vositalari. SHaxsning o’qishida, tarbiyalanishida va rivojlanishida yangi
axborot texnologiyalaridan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar. Matn va grafik axborotlarni
tayyorlash, tahlil qilish va qayta ishlash texnologiyasi. Multimedia texnologiyasi. Tarmoq
texnologiyalari. Internet texnologiyasi. Masofadan o’qitish.
Tabiiy-ilmiy kurs
Anatomiya:
anatomiya va uning biologik fanlar tizimidagi o’rni, anatomik tadqiqot metodlari jismoniy tarbiya
o’qituvchisini tayyorlashda anatomiya kursining roli, anatomiya rivojlanishining asosiy bosqichlari,
tabiatdagi odamning o’rni, ijtimoiy muhit, ta’siri natijasi sifatida antropogenez, mehnat faoliyati va
ijtimoiy hayot bilan yuzaga kelgan odam tuzilishi xususiyatlarining umumiy qisqacha ma’lumoti,
mushak sistemasi, ichki organlar, tomirlar sistemasi, ichki sekretsiya organlari, asab sistemasi va
analizatorlar
.
Odam fiziologiyasi:
somatik funksiyalar va boshqarilish sistemalari fiziologiyasi, organizm va uning asosiy
fiziologik funksiyalari. Gomeostaz va adaptatsiya. Qo’zg’aluvchi to’qima, harakat apparati, asosiy asab
tuzilmalari, markaziy asab tizimi fiziologiyasi. Vegetativ funksiyalarning asab tomonidan boshqarilishi.
Fiziologik funksiyalarni gormonal boshqarish. Analizatorlar sistemasi fiziologiyasi. Oliy nerv faoliyati.
Hayot-faoliyatni ta’minlovchi sistemalar, qon tizimi, qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish
sistemalari fiziologiyasi. Moddalar va energiya almashinuvi, ularning rivojlanishi. Termoregulyatsiya.
Ajratish jarayonlari.
Bioximiya:
odamda modda almashinuvining umumiy biokimyosi:
biologik jarayonlarning biokatalizm va
energetikasi, uglevodlar almashinuvi, lipoidlar almashinuvi, nuklein kislotalarning tuzilishi va
almashinuvi, oqsillar almashinuvi, suv-tuz almashinuvi, modda almashinuvi jarayonlarining
boshqarilishi va integratsiyasi.
jismoniy tarbiya va sport biokimyosi:
mushaklar va mushaklar qisqarishi biokimyosi, mushak
faoliyati energetikasi, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari jarayonida biokimyo adaptatsiyasi
qonuniyatlari, modda almashinuvining yoshiga xos xususiyatlari, jismoniy tarbiya va sport
mashg’ulotlarida biokimyo nazorati.
Ekologiya:
biosfera va odam:
biosferaning tuzilmasi, ekosistemalar, organizm va muhitning o’zaro
munosabatlari, odamning sog’lomligi va ekologiya. Atrof-muhitning global muammolari.
tabiatdan
foydalanish:
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ekologiy tamoyillari va
tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanishning iqtisodiy asoslari. Atrof-muhitni muhofaza
qilish texnika va texnologiyalari. Ekologik huquq asoslari va kasbiy mas’uliyat. Atrof-muhit sohasida
xalqaro aloqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |