30
boshladi. Xususan, 1991- yil 21 iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi
Prezidiuminiig “O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysinuvchi davlat
korxonlari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga
o‘tkazish” to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham O‘zbekiston SSR Prezidenti
I.A.Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashn va hukumati O‘zbekistonning siyosiy -
iqtisodiy
mustaqilligi,
uning
milliy
suvereniteti
uchun
dadil
qadamlar
tashlanganligining isboti bo‘lib qoldi.
1991- yil 18 avgustda Moskva
shahrida
bir
guruh
avantyuristlar
M.Gorbachevni
rahbarlikdan chetlashtirib,
Favqulodda holat davlat komitetini tuzadi.
Bu voqea “GKCHP voqeasi” nomi bilan
tarixga
kirdi.
GKCHP
rahbarlarining
asosiy
maqsadi
mustaqillik
sari
intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan
tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirib, tobora
zaiflashib borayotgan qizil imperiyani
saqlab qolishdan iborat edi. SHu maqsadda ular butun SSSR hududida favqulodda
holat joriy etmokchi, milliy respublikalarning o‘z xalqi manfaatlarini o‘ylab qilgan
qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo‘ladilar.
Davlat rahbari bu vaqtda Hindiston safarida bo‘lib,
Respublika rahbarining
yo‘qligidan foydalangan O‘zbekiston SSR vitse-prezidenti va O‘zbekiston
Kompartiyasining ikkinchi kotibi O‘zbekiston SSR hududida SSSRda Favqulodda
holat davlat qo‘mitasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash haqida ko‘rsatma berib
yuboradilar. I.Karimov Favqulodda holat e’lon qilinganini eshitib, zudlik bilan
Toshkentga qaytadi va O‘zbekiston SSR hududida GKCHPning qonunga zid
qarorlarini bekor qilish haqida ko‘rsatma beradi. 1991- yil 20-avgust kuni
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Soveti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazadi.
Unda so‘zga chiqqan I.Karimov har birimiz og‘ir va vazmin bo‘lishimiz kerakligini,
boshimizga
tushgan sinovlar, noaniq davr va sharoitdan, avvalambor, aql va
idrokimizni bir joyga yig‘ishtirib, insof va vijdonni yo‘qotmasdan, sarosimaga
tushmasdan chiqishmiz kerakligini» alohida ta’kidlab o‘tadi. 1991- yil 21 avgust kuni
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat
qo‘mitasining O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari
va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Prezidentining 1991- yil 25 - avgustdagi Farmoniga binoan
Respublika ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi qo‘mitasi qonuniy ravishda
O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. Respublika
hududida joylashgan SSSR
ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga
bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi,
prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va
qo‘shinlari partiyadan butunlay holi qilindi.
31
Umuman, XX asrning 80-yillari ro‘y bergan ulkan siyosiy voqealar jahon
taraqqiyotini keskin o‘zgartirib yubordi, qarama-qarshilikka, sinfiy ziddiyatga, o‘zaro
kamsitishlarga va zo‘ravonlikka asoslangan, besamar «sotsialistik taraqqiyot» yo‘lini
mahkam ushlagan, dunyoning oltidan bir qismida umumbashariy g‘oyalarni rad etib,
faqat kuch ishlatish va xalqlarni qaramlikda saqlab turish yo‘lini amalga oshirib
kelgan yirik va so‘nggi imperiyalardan biri bo‘lgan SSSRning parchalanib ketishi
dunyoda
yangicha
siyosiy,
ijtimoiy,
ma’naviy
qiyofa
kasb
etdi.
Mustamlakachilikning uslubiga asoslangan mustabid imperiya o‘rnida
umuminsoniy
qadriyatlar, insonparvarlik va demokratiya taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi qilib
olgan mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Yangi paydo bo‘lgan MDH davlat o‘zlarining
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy taraqqiyot yangi bosqichiga qadam
qo‘ydilar. O‘zbekiston Respublikasining qaramlik asoratidan qutilib, davlat
mustaqilligini qo‘lga kiritganligi xalqimiz taqdirida buyuk o‘zgarishlar yasadi.
O‘zbekiston mustaqilligi haqida so‘z yuritar ekanmiz,
shubhasiz, O‘zbekiston
SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
«Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalish lozim. Zero,
bu muhim hujjat O‘zbekistoning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi
muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar.
O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq
deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: