94
qodir bo‘lgan, narxning har bir darajasida bozorga
sotishga chiqaradigan
tovarlar miqdoridir.
Ehtiyoj
- insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli
hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyati.
Marketing konsepsiyasi
- bu iste’molchilar ehtiyojini qondirishga
yo‘naltirilgan g‘oyalar, talablardir.
Konsepsiya:
-
bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi, iste’molchi
va daromadga yo‘naltirilgan tadbirkorlik tashkilotlarining ish yuritish
falsafasi;
-
korxona maqsadlariga-daromad olish va iste’molchining ham
so‘nggi ehtiyojlarini qondirishga erishishda qo‘llanuvchi asosiy
g‘oyalar, marketing faoliyati vositalari tizimi sifatida ta’riflanishi
mumkin.
Marketing tadqiqotlari o‘z ichiga:
-
noaniqlikni kamaytirish maqsadida marketing
qarorlarini qabul
qilishga xizmat qiluvchi va asosiy talablardan birini, ya’ni bozor
taraqqiyotini oldindan aytib bera olish talabini bajaruvchi ma’lumotlarni
to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishni;
-
turli darajadagi aniq marketing faoliyati uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni to‘plash,
qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek,
istiqbolni belgilash tizimini, marketing ehtiyojlarini ta’minlovchi har
qanday tadqiqot faoliyatini qamrab oladi.
Mahsulotni hayotiy davr konsepsiyasi.
Mahsulotni yaratilishi bilan uning hayotiy davri boshlanadi, u
quyidagi bosqichlarda ifodalanadi:
1.
Tadqiqot va ishlab chiqarish. Bu bosqichda mahsulot
yaratiladi
va uni g‘oyasi hosil bo‘ladi. Mahsulotni sotish yo‘q, daromad esa salbiy.
2.
Joriy qilish. Bu bosqichda mahsulot o‘z yo‘nalishini
iste’molchi tarafga yo‘naltiradi, aktiv reklama faoliyati boshlanadi, lekin
sotish o‘sishi bilan daromad salbiy tarafga o‘zgaraveradi.
3.
O‘sish bosqichi. Ishlab chiqaruvchi uchun eng ijobiy bosqich.
Korxona sezilarli daromadni oladi, sotish o‘sib boraveradi.
95
4. Yetuklik bosqichi. Mahsulot ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi,
sotish unchalik ko‘p o‘smaydi, daromad asta-sekin pasayadi, chunki
raqobatlik seziladi.
5. Pasayish bosqichi. Sotish keskin pasayadi, korxona mahsulot
ishlab chiqarishni to‘htatadi, daromad juda past.
Marketing mahsulotni butun hayotiy
davri davomida hamrohi
bo‘ladi. Hayotiy davr nuqtai nazaridan yangi mahsulot ishlab chiqish
qonunini quyidagicha ko‘rib chiqish mumkin: korxona maksimal
daromad va unumdorlikka ega bo‘ladi, qachonki turli mahsulotlarning
hayotiy davri ustma-ust tushsa (bir-birini qamrab olsa).
Korxonada mahsulot siyosati yangi mahsulotni yaratish ishlab
chiqarish sohasi bilan bog‘liq, masalalarni hal etadi. Bu sohada
marketingni rivojlantirish ishlab chiqaruvchi uchun ko‘p hatolarni,
xo‘jalik faoliyatini mazkur bosqichida
kutib turadigan, oldini olishga
yordam beradi. Shuning uchun aniq aytish mumkinki marketingning
mahsulot siyosati korxonaning samaradorligini oshirishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: