1-mavzu: falsafa dunyoni anglash usuli reja: Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida 2


bir guruh  kishilar bellashish, kuch sinashish, ya‟ni o„zi va o„zligini namoyon etish uchun,  ikkinchi bir



Download 463,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana13.06.2022
Hajmi463,09 Kb.
#661184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1-mavzu falsafa dunyoni anglash usuli

bir guruh 
kishilar bellashish, kuch sinashish, ya‟ni o„zi va o„zligini namoyon etish uchun, 
ikkinchi bir 
guruh
 savdo-sotiq qilish, boyligini ko„paytirish uchun, 
uchinchisi esa
, o„yindan ma‟naviy oziq 
olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub 
kishilar, Pifagor talqiniga ko„ra, 
faylasuflar edi

Bu, bir qarashda, oddiy va jo‗n misolga o‗xshaydi. Ammo uning ma‘nosi nihoyatda teran. 
Chunki, inson umrining o‗zi ham shunday. «
Dunyo teatrga o„xshaydi, unga kelgan har bir kishi 
sahnaga chiqadi va o„z rolini o„ynab dunyoni tark etadi»,
degan fikr bejiz aytilmagan. 
Kimdir
bu dunyoga uning sir-asrorlari to‗g‗risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini eyish-
ichish, uy-ro‗zg‗or tashvishlari bilan o‗tkazadi. 
Boshqasi
nafs balosiga berilib, mol-mulkka 
ruju qo‗yadi. 
Uchinchisi esa
, olam hikmatlarini o‗rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga 
sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo‗larli hayot kechiradi. 
Qadimgi Sharq va Yunonistonda
 har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga 
ega bo„lgan, inson ma‟naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni 
faylasuf deb 
ataganlar
.
Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‗ullanganlar. Aslida, o‗sha davrlarda 
falsafani o‗rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‗zda tutilgan. Grek mutafakkiri 
Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‗stim, 
sen hali yoshsan, umringni bekor o‗tkazmay desang, falsafani o‗rgan», deganda aynan ana shu 
haqiqatni nazarda tutgan. 
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu 
haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O‗z-o‗zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa 
narsa emas, o‗zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir». 
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta‘kidlab, shunday yozgan: 
«Ular, avvalo, 
boshqalarga bergan mas 
lahatlariga o„zlari amal qiladilar
; ikkinchidan, 
hech qachon haqiqatga qarshi 
bormaydilar
; uchinchidan, 
atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar». 
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‗zlariga qaraganda, o‗zini 
birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – Yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. 
Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta‘rif berib, u shunday degan: 
«Hayot o„yinga o„xshaydi: 
ba‟zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha 
qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba‟zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o„ch 
bo„lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»
1

Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‗shilib 
bo‗lmaydi. Faylasuf bo‗lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim 
va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan. 
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Falsafaga tegishli bo‗lmagan 
narsani aniqlash osonroq. Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta‘riflarini oladigan 
1
Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М., 1979. 334-б. 


bo‗lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‗ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir 
botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‗simlik olami ekanligiga e‘tiroz bildirmaydi. Har 
qanday lingvist o‗z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Bir faylasufning ta‘rifi 
boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta‘rifi shu qadar ko‗p va turli-tumanki, 
ko‗pchilikda 
«O„zi bir fan to„g„risida gap ketyaptimikin yoki yo„qmi?»
2
degan savol tug‗ilishi 
mumkin. 
Ba‘zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‗g‗risidagi fan deb 
ta‘riflanadi. Masalan, qadimgi Yunon faylasufi Arastu ta‘limotida, u 
«barcha mavjudotning 
ibtidosi va sabablari to„g„risidagi fan»
deyilgan bo‗lsa, o‗rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn 
Sino falsafani 
«mutlaq borliq to„g„risidagi oliy fan»
deb ta‘riflagan.
Ba‘zi ta‘limotlarda falsafa «to‗g‗ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, 
«fanlarni ko„rib muhokama qiluvchi»
(G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor 
ma‘noda, masalan, 
«fikrning mantiqiy oydinlashuvi»
(L.Vitgenshteyn) sifatida tushuniladi.
Umuman falsafani ifoda qilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-1831) 
muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir 
butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.
Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta‘riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki 
boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir. 
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy 
va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o„z 
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq 
chiqarish, bashariyat tomonidan to„plangan bilim va tajribalarni o„zlashtirish orqali faylasuf 
darajasiga ko„tarilganlar. 
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb 
bo‗lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo‗ladi. Ular o‗z davri va millatining 
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Xudoning o‗zi aql-zakovat, iste‘dod, 
kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo‗lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy 
taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniy g‗oyalar, ma‘naviy boyliklarning qadr-qimmatini 
chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo‗lgan
3


Download 463,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish