O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


 Jismoniy madaniyat tizimining umumiy tamoyillari



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

6. Jismoniy madaniyat tizimining umumiy tamoyillari 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy prinsiplari va jismoniy 
tarbiya nazariyasi usuliyatining prinsiplari deb ataladigan prinsiplarga tayanadi: 
Bulardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini 
ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar 
trenirovkasi va xokazo) prinsiplari xam mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy boliq 
bo‘lib, prinsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy 
tarbiya nazariyasining umumiy prinsip-lari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) 
jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi; b) shaxsni xar 
tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo‘naltirish 
prinsipi deb guruxlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom 
vazifasini o‘tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchini 
nazariy va metodik jixatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo‘nalishga soladi. 
Pedagogik
 
jarayon
 
va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida axamiyat 
kasb etishi mumkin. 
Ayrim xolatlarda: prinsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir 
qismi, yoki faoliyatga yo‘riqchi (ko‘rsatma beruvchi), yoki turli xil aloxida 
vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
6.1. Jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi 
prinsipi 
Bu prinsip kishilarni xarakat faoliyatiga yoki mexnatga tayyorlashda jismoniy 
tarbiya jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini 
ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o‘zining maxsus ifodasini topadi. 
Ayrim olimlar guruxi jismoniy madaniyat va sportning xizmat funksiyasiga xozirgi 


106 
davr turmushidagi, hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb 
qaraydilar. Ular xozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, 
industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun 
sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar. 
Jismoniy madaniyat va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak 
bo‘lgan xarakat malakalarini tarbiyalash va rivoj-lantirishdagina hayotiy axamiyat 
kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy hayotda xam foydalanadilar. Aslida esa u 
yoki bu jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali xosil qilingan malaka to‘ridan-
to‘ri mexnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u hayotiydir. 
To‘g‘ri, velosipedda yurish malakasi, granata uloqtirish va boshqalar aynan 
amaliy hayotiy axamiyatga ega. Lekin bu bilan jismoniy tarbiyaning hayotiy 
zaruriyati xali aytarli cheklan-maydi. Agar cheklansa, biz futbol va boshqa sport 
o‘yinlari, gimnastika, shtanga bilan bajariladigan jismoniy tarbiya jarayonidagi eng 
muxim mashqlar asosiy omillar, hayotiy axamiyatga ega emas, degan xulosaga 
kelishimiz mumkin. Aslida esa bizning jismoniy tarbiya tizimimiz bu mashqlarni 
“hayot uchun zarur” deb o‘zining pedagogik jarayoni tarkibidan chiqarmaydi. 
Tushunarliki, futbolchi mexnatda yoki mudofaa sharoitida kuchini tejab sarflab, 
to‘pni aniq nishonga urishiga extiyoji yo‘q. Mexnatda yoki mudofaada undan 
foyda yo‘q. Biroq futbol o‘yini mashulotlarida egallangan chaqqonlik, chidam-
lilik, tezkorlik, qisqa vaqt ichida xal qiluvchi qaror qabul qila olish, dadil aniq 
bajariladigan xarakat sifat-larini rivojlantirishga erishish hayotiy zaruriyatdir. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi mexnatga va mudofaaga to‘ridan-to‘ri 
yo‘naltirilsagina, unda tarbiya orqali egallan-gan malaka va ko‘nikmalar zaxirasi 
ko‘p bo‘lsa, kishi notanish sharoitga 

ishlab chiqarishdami, armiyadami qisqa 
vaqt ichida tez moslashadi va lozim bo‘lgan mexnat faoliyati xarakat texnikasini 
tez egallaydi. 
Ma’lumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi 
xarakat malakasini egallashda qiyinchilikka nisbatan kam uchraydi. Amalda solom 
bo‘lsada, xarakat zaxirasi kam bo‘lsa, u kishi lozim bo‘lgan xarakat texnikasini 
sekin o‘zlashtiradi. 
Gimnastika mashqlari hayotiymi? Albatta! Oddiy misol: ish boshlanishidan 
oldingi bajariladigan gimnastika toli-qishning, charchashning oldini oladi, 
organizmning yuqori ish qobiliyatini taominlaydi. 
Suzish, muvozanat saqlash apparati (miyacha) funksiyasini yaxshilaydigan 
eng yaxshi vosita deb isbotlangan. Gimnastika jixozi - “Kon” dagi xilma-xil 
mashqlar vaznsizlik sharoitida, parashyut bilan sakrash, suvosti ishlariga oson 
moslashtiradi.
Tashqi ko‘rinishidan bu mashqlar hayotiy-amaliy emasdek tuyulsada, aslida... 
Yana misol, ma’lumki, samolet va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqoridir. 
Ularning boshqa-ruvchilari organizmida kutilmaganda xilma-xil o‘zgarishlar ro‘y 
beradi - ma’lum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki oz boradi. 
Sababi, bosimning yuqori yoki kamligi, tezlikning o‘ta yuqoriligidir. Bu taosirdan 
tez qutilishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi. Tana 
muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali rivojlantiriladi. Demak, 
jismoniy tarbiya hayotiy va zaruriy. Shuning uchun jismoniy tarbiya mutaxassisi 


107 
jismoniy tarbiya jarayonida mexnat va xarbiy amaliyotning hayotiy-amaliy mashq-
laridan mukammal foydalanishni o‘z faoliyatining prinsipiga aylantirish shart. 
Vaznsizlik gavdani boshqarishni talab qiladi. Batuta, Loping va boshqalardagi 
mashqlar kosmonavtlar trenirovka mashulotlarining asosini tashkil qiladi.
Ulu Vatan urushi va xozirgi zamon xarbiy o‘quv mashu-lotlari tajribasi, 
maksimal avtomatlashgan xarbiy texnika, tez manyovr qilish uchun soldat va 
ofitserda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talabini ilgari surmokda. 
Bunga esa xarbiy hayotda jismoniy mashqlar bilan sistemali shuullanish, mashq 
qilish orqaligina erishish mumkinligiga amalda guvoxmiz.
Yuqori darajada uyushtirilgan ishlab chiqarish mexnati fabrika ishchisidan bir 
tomonlama rivojlanishni emas, undan universallikni talab qiladi. U o‘z navbatida 
yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik sifatlari yoki ko‘rsatkichlariga ega 
bo‘lishlikni taqazo etadi. 
Shuning uchun xam mexnatni uyushtirishning yuqori dara-jasi takomillashgan 
mexnat ishlab chiqarishi «xar tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasi» 
muammosini paydo bo‘lishiga olib kelishi tabiiydir. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish