O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Ta’limiy vazifalari -
uquvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy 
vazifalarni: harakat ko’nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish, to’g’ri qaddi-qomat, gigiena qo’nikmalarini singdirib borish, maxsus 
bilimlarni egallash, mustaqillik ko’nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib 
borish zarur. 
Ko’pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish va 
boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko’p foydalaniladi, bu esa atrof-muhit 
bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Emaklay boshlagan 
bolaning o’zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. 
Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola esa suv hossalarini 
yaxshi bilib oladilar. 
Mustahkam harakat ko’nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon 
beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo’lmagan holda bajaradi hamda mashq 
bajarishga asab-mushak energiyasini kam sarflaydi. 
Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko’nikmalaridan foydalanish 
harakat jarayonida, ayniqsa o’yin faoliyatida ko’nikmagan xolatlarda vujudga 
keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi. Masalan: yugurib kelib 
uzunlikka sakrashni o’rganib olgan bola Fovurdagi Bo’ri o’yinida chuqur ustida 
qanday sakrash haqida o’ylamasdan, balki Bo’ridan qanday qutilish kerakligini 
o’ylaydi. 
7 yoshgacha bolalarda shakllanib olingan harakat malaka va ko’nikmalari 
maktabda uni takomillishtirib borish uchun fundament bo’ladi, murakkabroq 


104 
harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq 
natijaga erishishga imkon beradi. 
O’quvchilarda shakllantirib borish zarur bo’lgan harakat malaka va 
ko’nikmalarni hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya 
muassasalaridagi sharoit, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar tajribalari va 
bilimlarini hisobga olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda 
jimoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, kuch, chidamlilik, harakat 
koordinatsiyasi, ko’z bilan chamalash va shu kabi) rivojlantirib borish zarur. Agar 
bolada u yoki bu asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo’lsa, 
u hatto oddiy mashqlar ham bajara olmas edi. O’quvchilarda o’tirgan, turgan va 
yugurgan vaqtda tanani to’g’ri shakllantirib borish juda muhimdir. To’g’ri qaddi-
qomat butun ichki organlar va o’quvchi organizmi tizimining bir me’yordagi 
faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. 
Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigienasi malaka va odatlarini (qo’llarni 
yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, 
oyoq kiyim, o’yinchoq, jihozlar, xona va h.k. tozaligi haqida g’amho’rlik qilish) 
singdirib borishga katta e’tibor berish zarur. Yoshlarning sog’ligi ko’p jihatdan 
shularga ham bog’liq. O’quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog’liq 
bilimlarni (mashg’ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy 
tarbiya sifatlarini ahamiyati va h.k.) berish va singdirib borish muhimdir. O’quvchi 
tana qismlarining nomlarini, harakat yo’nalishlarini (yuqori, pastga, oldinga, 
o’ngga, chapga), jihozlarining nomlarini bilishlari zarur. 
3. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish