O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

 
22.1-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari
148
Ularning har biri o‗z ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga ega. Butun federatsiya 
uchun umumiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir 
federatsiya subyektining hududida o‗z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va 
mahalliy organlari faoliyat ko‗rsatadi. Federatsiya a‘zolari (subyektlari) o‗zining sud 
organlari va boshqa adliya organlariga ham ega bo‗ladi, o‗z konstitutsiyasi va qo-
nunlarini qabul qiladi.
149
Federativ davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Fe-
derativ Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya kabi 
davlatlar kiradi. 
Konfederatsiya
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. Konfederatsiya 
davlatlar birlash-masi yoki ittifoqi bo‗lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o‗z 
mustaqilligini to‗la saqlab qoladi, o‗zining hokimiyat, boshqaruv va adliya 
organlariga ega bo‗ladi. Konfederatsiyaga a‘zo davlatlar o‗z faoliyatini 
muvofiqlashtirish uchun qo‗shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat‘iy belgilangan 
sohalarda faoliyat ko‗rsatadi va qat‘iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.) 
maqsadlarni ko‗zlaydi. Konfederatsiyaga ba‘zan davlatlarning federatsiyaga 
birlashish sari tutgan yo‗lidagi oraliq bo‗g‗in, deb ham qaraladi.
Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi(MDH)da ham 
mavjud. 
Federatsiya va konfederatsiyaning asosiy farqlari: 

Federatsiyaning huquqiy asosi dastlab shartnoma, keyinchalik esa konstitutsiya 
bo‘ladi; Konfederatsiyaning huquqiy asosi bo‘lib faqat shartnoma maydonga chiqadi. 

Federatsiya - davlat-huquqiy maqomdagi tashkilot, buning natijasida esa yangi 
davlat vujudga keladi; Konfederatsiya esa xalqaro-huquqiy ittifoq bo‘lib, davlat 
sifatida qabul qilinishiga hali erta. 

148
Nurmuxamedova B. Moliya. O‗quv qo‗llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 117-bet. 


149
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‗at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev – 
T.:―O‗zbekiston‖ nashriyoti, 2006-yil. – 584-bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
Konfederativ 
davlat 
Unitar 
davlat 
Federativ 
davlat 
Ma‘lum siyosiy 
mustaqillikka ega 
bo‘lgan davlatlar 
ittifoqi 
Davlat hududida 
federativ birliklar 
bo‘lmagan, lekin 
ma‘muriy-hududiy 
birliklari
mavjud 
bo‘lgan davlat
tuzilishi
 
Bir necha davlat 
tuzilmalari birlashib, 
yagona ittifoq 
davlatini tashkil 
qiluvchi davlat 
tuzilishi 
Davlat tuzilishi shakllari 


319 

Federatsiya hududi yagona maqomga ega; Konfederatsiya esa yagona hududga 
ega bo‘lmaydi, uning hududi mazkur ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlarning 
hududidan tashkil topadi. 

Federatsiya yagona fuqarolik o‘rnatilgan, Konfederatsiyada esa yagona 
fuqarolik mavjud emas, lekin konfederatsiya hududida shaxs maqomining bir-biriga 
yaqinligini ta‘minlab beruvchi normalar o‘rnatilishi mumkin. 

Federatsiyada davlat hokimiyati(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud 
hokimiyati)ning yagona organlari mavjud; Konfederatsiya bunday organlarga ega 
emas, u yerda faqat yagona maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 
muvofiqlashtiruvchi organlar shakllantirilishi mumkin. 

Federatsiyada umumiy huquqiy aktlarning federatsiya subyektlari aktlaridan 
ustunligi prinsipi amal qiladi; Federatsiyada federal organlar tomonidan federatsiya 
subyektining aktini direktiv yo‘l yoki nizoni ko‘rib chiquvchi konstitutsiyaviy nazorat 
organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan tartib mavjud.Konfederatsiyada 
esa uning muvofiqlashtiruvchi organi chiqargan qaror konfederatsiya a‘zolarining 
organlari qarorlari orqali qabul qilinadi. Bu qarorlar yo ratifikatsiya qilinadi yoki 
boshqa yo‘l bilan tan olinadi. Bunda konfederatsiya a‘zolari umumiy qarorlarni 
o‘zlari uchun majburiy deb tan olmasliklari mumkin. 

Federatsiyalarda yagona qurolli kuchlar mavjud. Faqat ayrim holatlardagina 
federatsiya a‘zolariga ayrim qurolli kuchlarga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi. Lekin 
ular baribir yagona qurolli kuchlar tarkibiga kirar edi (masalan, sobiq Sovet 
Ittifoqining siyosiy tarixidagi ayrim davrlarni olsak, ittifoqdosh respublikalarga 
harbiy qo‘shinga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi). Konfederatsiyada esa unga 
kiruvchi davlatlarning mustaqil armiyalari mavjud, ular umumiy qo‘mondonlik 
asosida birlashtirilishi mumkin. Davlatlarning kelishuviga binoan turli davlatlarning 
harbiy kontingentlaridan tashkil topgan yagona armiya tuzilishi mumkin, lekin 
davlatlar o‘zlarining qurolli kuchlarini ham saqlab qolish huquqiga ega. 

Federatsiyada yagona soliqlar mavjud bo‘lib, ularni federatsiya to‘liq ravishda 
o‘rnatishi mumkin, bundan tashqari federatsiya soliq va moliya siyosati borasida 
ustuvor va andozaviy normalarni o‘rnatishi mumkin. Konfederatsiyaga kiruvchi har 
bir davlat o‘z soliqlari va moliya tizimiga ega bo‘lib, Konfederatsiya mablag‘larining 
manbasi sifatida unga kiruvchi a‘zolarning badallari hisobga olinadi. 

Federatsiyada yagona pul tizimi mavjud bo‘lib, barcha hududda amal qiladi. 
Konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlatda o‘z valyutasi mavjud, to‘g‘ri, pul tizimlari 
bu holatda bir-biriga yaqinlashtirilishi mumkin. 

Federatsiya yagona iqtisodiy siyosat yoki uni yagona markazdan boshqarish 
qoidalariga ega. Konfederatsiyada esa muvofiqlashtirish mavjud bo‘lishi mumkin, 
lekin yana Konfederatsiya a‘zolarining ixtiyoriy tan olishi orqali. 
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo‗g‗inlari o‗rtasidagi 
o‗zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga 
kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet 
tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‗larini shakllantirish va 
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (22.2-rasm).
 


320 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish