O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy va moliyaviy



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

17.4.
Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy va moliyaviy 
asoslari 
Adolat va davlatning iqtisodiy siyosati. Rasman qaraganda, Qo‗shma Shtatlar-
da davlat iqtisodiy siyosatining qonun bilan belgilab qo‗yilgan vazifalari to‗liq 
bandlik, narxlarning barqarorligi va barqaror iqtisodiy o‗sish ta‘minlashdan iborat
122
.
Bandlik borasidagi siyosatning bilvosita natijalarini istisno qilganda, iqtisodiy 
foydani taqsimlash Amerika Qo‗shma Shtatlari uchun iqtisodiy siyosatning rasmiy 
o‗rnatilgan vazifalari qatoriga kirmaydi. Lekin ko‗pgina boshqa mamlakatlarda aynan 
iqtisodiy o‗sish va adolat davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri vazifalari qatoriga kiradi
123

Boylikni taqsimlashni yaxshilashga qaratilgan aniq va maqsadli harakatlar qilish 
davlat rasmiysiyosati masalasi hisoblanadi. Davlatning iqtisodiy siyosati 
resurslarning qayta taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, ammo bu taqsimot siyosiy 
maqsadlarni ko‗zlab amalga oshirilishi ham, unday bo‗lmasligi ham mumkin.Jahon 
bankining 2006 yilgi Inson taraqqiyoti to‗g‗risidagi ―Adolat va taraqqiyot‖ (Equity 
and Development) nomli ma‘ruzasida adolat atamasiga ―teng imkoniyatlar ... va ... 
natijalarga egalik qilishdan mahrum bo‗lmaslik ‖ deb ta‘rif berilgan
124
. Inson hayotiy 
maqsadlarga erishish borasida teng imkoniyatlarga ega bo‗lishi kerak, hamda davlat 
va jamiyat tomonidan yaratilgan ne‘matlardan foydalanishda u yoki bu guruh jamiyat 
a‘zolariga ustunlik berilishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim.
Qayta taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalari. Shu vaqtgacha biz 
iqtisodiyotning umumiy samaradoligiga bog‗liq edik. Davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi alohida tarmoqlar va alohida shaxslar uchun ma‘lum darajada ta‘sir 
ko‗rsatadi. Umumiy iqtisodiy o‗sish va narxlarni barqarorlashtirish masalalarini 
boshqarish maqsadidagi davlatning fiskal va monetar chora-tadbirlari insonlar va 
ishlab chiqarish jarayonlariga ta‘sir etmay qolmaydi. Agar hukumat biznesga 
investitsiya qilishni rag‗batlantirish maqsadida korporativ soliq stavkalarini 
pasaytirsa, lekin byudjetning balansliligiga putur yetkazmaslik uchun boshqa 
soliqlarni ko‗paytirsa, yuqori darajadagi soliqlarni to‗lovchilar, bundan biror darajada 
manfaatdor bo‗lmasalar ham, iqtisodiy samara uchun pul to‗lagan bo‗ladilar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari shaharlarda kambag‗allik 
muammosini yumshatish maqsadida qishloq xo‗jalik mahsulotlari baholarini nazorat 
qilish tadbirlarini joriy qilishga harakat qiladilar. Bu choralar qisqa muddat ichida 
shahardagi qishloq xo‗jalik mahsulotlari chakana narxlarini pasaytirsada, uzoq 
istiqbolda qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishiga putur yetkazadi. Qisqa davr mobaynida 
bir guruh – shaharlardagi iste‘molchilar foyda ko‗rsa, jamiyatning boshqa bir guruhi 
– qishloq xo‗jalik ishlab chiqaruvchilari iqtisodiy zarar ko‗radilar. Pirovardida 
umumiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar pasayadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat ham qayta 
taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalariga olib kelishi mumkin. Inflyatsiya 
sharoitida qat‘iy o‗rnatilgan yoki nisbatan qat‘iy daromadga ega bo‗lgan shaxslarning 

122
Lee, Robert D. Public budgeting systems (Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett 
Learning; 9 edition. USA, 2012.) Chapter 3. P. 105-109.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish