264
1)
moliyalashtirish manbalari:
barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga
qo‗shilgan holda, ijtimoiy ta‘minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus
jamg‗armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda
O‗zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta‘minotni mablag‗ bilan ta‘minlash quyidagi
manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi,
Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi, davlat byudjeti (respublika byudjeti va
mahalliy byudjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‗lari (Kasaba uyushmalari
federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‗urta byudjeti).
2) ijtimoiy ta‟minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari:
huquqiy jihatdan
―har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‗qotganda, shuningdek, boquvchisidan
mahrum bo‗lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta‘minot
olish huquqiga ega‖
118
. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz Konstitutsiyasi bilan
mustahkamlab qo‗yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu huquqlarni belgilab bergan 39-
moddasi mazmunidan ham ko‗rinib turibdiki, ijtimoiy ta‘minot fuqarolarning alohida
toifalari– qariyalar, nogironlar, bolalikdan nogironlar, boquvchisini yo‗qotgan
fuqarolar, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‗qotgan fuqarolar, homilador ayollar,
vaqtincha ishsiz maqomi berilgan fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‗iz
fuqarolarga qaratiladi.
Ijtimoiy ta‘minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni ham inobatga olish
kerakki, ijtimoiy ta‘minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning ijtimoiy
siyosati yo‗nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning o‗zgarishi
ijtimoiy ta‘minotning ham usul va shakllari o‗zgarishiga olib keladi. Xususan,
taraqqiyotning ma‘lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy siyosat aholining son
jihatdan ko‗payishini rag‗batlantirishga qaratilgan edi, shu sababli bu davrda ijtimoiy
ta‘minot orqali ko‗p bolali onalarga nafaqalar joriy etilgan. Mustaqillik davrida esa
bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‗ish yoshidagi
ayollarni
sog‗lomlashtirish,
―sog‗lom ona – sog‗lom bola‖ tamoyilini
mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va fuqarolarga munosib yashash va
ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy ta‘minotning shakl va usullari ham
shu maqsadga bo‗ysundirilgan. Bu maqsadlar yo‗lida insonlarning mehnati va
sog‗lig‗i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va bolalar, nogironlar va keksa yoshdagi
fuqarolar davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi, ijtimoiy xizmatlar tizimi
rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoyaning boshqa
kafolatlari o‗rnatiladi.
118
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 39-modda.
Ijtimoiy ta‟minot turlarining
ko‗pligini e‘tirof etgan holda, har bir turining
asosiy maqsadi
– fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a‘zolarining
holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni kamaytirish, yuqori moddiy
xarajatlarni yohud qo‗shimcha jismoniy, ruhiy va ma‘naviy harakatlarni talab qiluvchi turli
hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj bo‗lib qolgan fuqarolarni qo‗llab-quvvatlashdan
iborat.
265
Shunday qilib,
ijtimoiy ta‟minot -
davlat ijtimoiy siyosatining namoyon bo‗lish
shakli bo‗lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta‘minlashga qaratilgan, rivoj-
lanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb topilgan
holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a‘zolariga nisbatan
tenglashtirishga yo‗naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus maqsadli
jamg‗armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir.
Ushbu ta‘rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy
ta‘minot tizimiga quyidagilar kiradi (18.1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: