16.3. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida sport xarajatlarining o„rni va
ahamiyati. Sport xarajatlarini moliyalashtirishda respublika byudjeti
va mahalliy byudjetlarning ishtiroki
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston milliy terma jamoalari sportchilarining
Olimpiya va Osiyo o‗yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro
musobaqalarda yuksak natijalarni qo‗lga kiritishlari, dunyoda O‗zbekistonning obro‗-
e‘tibori, sport salohiyati va yutuqlari tizimli ravishda oshib borishini ta‘minlashga
yo‗naltirilgan keng ko‗lamli ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda yoshlar o‗rtasida tobora ommalashib borayotgan ―Umid
nihollari‖, ―Barkamol avlod‖, Universiada sport musobaqalarini o‗zida
mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali
nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‗ini baland ko‗tarib kelayotgan
mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda.
Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat
va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning o‗z mahoratlarini
muntazam oshirib borishlari, jismonan va ma‘nan yetukligini ta‘minlash bilan birga,
ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo‗llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirib borish zarur.
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining ―Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak
natijalarga erishgan O‗zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb
etish hamda sportchilarni va ularning trenyerlarini rag‗batlantirish to‗g‗risida‖gi
qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq keng miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga
oshirilishi ko‗zda tutilgan.
Jumladan, O‗zbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport
sohasini boshqarishga faol ko‗maklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-
bosqich jalb etishga doir ―Katta sportdan keyingi faoliyat‖ harakatlar dasturi ishlab
chiqilishi belgilangan.
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‗zbekiston
sportchilariga to‗lanadigan oylik to‗lovlar va ularning trenerlarini bir martalik pul
mukofotlari bilan rag‗batlantirish miqdorlari belgilangan. Shuningdek, Olimpiya va
Paralimpiya o‗yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‗olib va sovrindor
bo‗lgan sportchilar uchun umrbod to‗lanadigan oylik to‗lovlar va ularning
trenyerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning
daromadlariga solinadigan daromad solig‗isiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Yuqori mahoratli sportchilar uzluksiz ravishda o‗quv-mashg‗ulot jarayonida
bo‗lishlarini ta‘minlash maqsadida, 2018-2019 o‗quv yilidan boshlab O‗zbekiston
davlat jismoniy tarbiya institutida sirtqi bo‗lim ochish yuzasidan aniq taklif kiritish
belgilandi. Bu, o‗z navbatida, sportchilarga mashg‗ulot va musobaqalar bilan bog‗liq
faoliyatlaridan ajralmagan holda ta‘lim olishlariga hamda jismoniy tarbiya va sport
259
sohalaridagi bilimlarini oshirishga va kelajakda murabbiylar safiga qo‗shilishlariga
imkoniyat yaratadi.
Olimpiya va Paralimpiya o‗yinlari g‗olib va sovrindorlari bir yilda bir marta
o‗zlari uchun maqbul bo‗lgan muddatda sanatoriy-sog‗lomlashtirish muassasalarida
sog‗lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‗ladilar.
Olimpiya va Osiyo o‗yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari,
mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari g‗olib va sovrindor sportchilari
trenerlik faoliyati bilan shug‗ullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha
mutaxassislarni ilmiy-metodik ta‘minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus o‗quv kurslari tashkil etilishi va
O‗zbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shug‗ullanishlari
uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibi joriy etilishi ko‗zda tutilgan.
O‗zbekistonning mashhur sportchilariga xususiy sport muassasalarini barpo
etib, o‗zlarining mahorat maktablari faoliyatini keng yo‗lga qo‗yish imkoniyatini
yaratish maqsadida ularga ―nol‖ qiymatida binolar berish, yer hamda banklardan
kreditlar ajratish, boshqa imtiyozlar berish yuzasidan zarur choralar ko‗rish
belgilandi.
260
Ilovalar
261
262
Do'stlaringiz bilan baham: |