250
Shuningdek, tibbiyot muassasalari xodimlari ish haqini hisoblashda ularning
asosiy ish haqlariga qo‗shimcha va ustamalar tizimi amal qiladi. Ularning miqdorlari
tegishli me‘yoriy-huquqiy hujjatlar (masalan, ―O‗zbekiston Respublikasi davlat
muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va
shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖) bilan o‗rnatiladi, odatda bu ustama va qo‗shimcha
to‗lovlar amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan foizlarda hamda tibbiyot
xodimining bazaviy lavozim okladiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Bu ustama
haqlar va qo‗shimcha to‗lovlar:
mehnatning sog‗liq uchun xavfliligi va o‗ta og‗ir sharoitlari uchun;
sog‗liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‗linmalariga mudirlik
qilganlik uchun;
ilmiy darajaga ega bo‗lganligi yoki "O‗zbekiston Respublikasida xizmat
ko‗rsatgan sog‗liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni uchun;
turg‗un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda va bayram kunlari
ishlaganligi uchun;
alohida muassasalar, bo‗linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun;
maslahatlar berganligi uchun va boshqa holatlarda o‗rnatiladi.
Tibbiyot muassasasining moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„ar-
masi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli
―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi
qarori hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-
dekabrdagi 276-sonli ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillash-
tirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq, tibbiyot muassasalarining
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy
rag‗batlantirish maqsadida 2006-yil 1-yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari
hisoblangan barcha tibbiyot muassasalarida
Tibbiyot muassasalarini moddiy
rag„batlantirish va rivojlantirish jamg„armasi
tashkil etildi. Jamg‗arma mablag‗lari
quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablag‗lari umumiy hajmining
5 foizigacha bo‗lgan qismi;
homiylik va donor tashkilotlaridan hamda pullik davolash va xizmatlar
ko‗rsatishdan tushadigan mablag‗lar;
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashda tejalgan byudjet mablag‗lari.
Jamg‗arma mablag‗lari:
ishga vijdonan munosabati va ko‗rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati
uchun bazaviy tarif stavkasiga oylik ustamalar belgilash, bir yo‗la moddiy yordam va
mukofotlar to‗lash shaklida tibbiyot va farmasevtika xodimlarini rag‗batlantirishga;
tibbiyot
muassasasining
moddiy-texnika
bazasini
rivojlantirishga,
modernizatsiya qilishga va ta‘mirlashga yo‗naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: