236
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo‗nalishlari. Salomatlik
insonning jismoniy, aqliy va ruhiy layoqatining yuqori darajasini ta‘minlaydi va
uning to‗laqonli yashashining garovi hisoblanadi. Aholi salomatligi mamlakat
iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Faqat sog‗lom kishigina
to‗laqonli mehnat qilib, o‗zi, oilasi va, pirovardida jamiyat farovonligini ta‘minlay
oladi. Shu sababli aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini
yanada yaxshilash masalalari hukumatning doimiy diqqat markazida turadi.
Bu borada ―Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga
oshirilgan xalqimizning munosib hayot sifatini ta‘minlash, onalik va bolalikni
muhofaza qilish, har tomonlama sog‗lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini
oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida
hayotga tatbiq etilgan keng ko‗lamli islohotlar samarasida sog‗liqni saqlash tizimi
tubdan o‗zgardi‖
105
, - deb ta‘kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida aholi o‗rtasida turli kasalliklar
tarqalishining zarur profilaktikasini ta‘minlash, aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish
samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, birlamchi va shoshilinch tibbiy yordam
ko‗rsatish bo‗yicha zamonaviy tizimni shakllantirish va rivojlantirish, tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot tizimining zamon
talablariga javob beradigan oqilona tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, shifokorlik
kasbini
ulug‗lash,
tibbiy
xodimlarning
mashaqqatli
mehnatini
munosib
rag‗batlantirish kabi masalalarga alohida e‘tibor qaratildi.
Bundan tashqari, davlat sog‗liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar
doirasida tizimni boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish,
uning moddiy-texnik holatini, birinchi navbatda, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
muassasalarini byudjetdan tashqari mablag‗lar hisobidan zamonaviy tibbiy texnika va
davolash vositalari, diagnostik apparatlar bilan jihozlanish holatini yaxshilash
maqsadida hukumat tomonidan bosqichma-bosqich ―Salomatlik-1‖, ―Salomatlik-2‖
va ―Salomatlik-3‖ loyihalari amalga oshirildi va bugungi kunda ham ushbu loyihalar
doirasidagi ishlar davom etmoqda.
Shu bilan birga, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-
yilning 5-yanvar va 7-fevral
kunlari mamlakatimiz sog‗liqni
saqlash sohasining bir guruh
yetakchi mutaxassislari bilan
uchrashuvida ta‘kidlanganidek,
tibbiyot
sohasida
bajarilishi
lozim bo‗lgan ishlar, yechimini
kutayotgan muammolar talay-
gina. Bugungi kunga kelib
aholining
munosib
turmush
darajasini ta‘minlovchi muhim
ijtimoiy tarmoq sifatida sog‗liq-
105
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-yanvar kuni sog‗liqni saqlash sohasining bir
guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi nutqidan. Manba: http://uza.uz
―Bugun zamon o‗zgarmoqda, odamlarning talabi
oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati
yuksalib, eng so‗nggi usul va rusumlarda tibbiy
xizmat ko‗rsatilishini istaydi. Bizga shu ham
bo‗laveradi, degan tushuncha endi o‗z umrini o‗tab
bo‗ldi. Bu barcha sohalar qatori, tibbiyot sohasiga
ham bevosita daxldor. Shu bois soha xodimlari
tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini,
davolash usullarini o‗zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan
yutuqlarga mahliyo bo‗lib o‗tirish taraqqiyot
yo‗lidagi eng katta g‘ovdir‖.
Do'stlaringiz bilan baham: