Bu tamoyillarni birma bir ko’rib chiqadigan bo’lsak, bozorni chuqur va xar taraflama
tovarlarning iste`mol xususiyatlari.yu savdoni tashkil qilish, sotish kanallari, talabni
Segmentlash xarakatning samaradorligi va maqsadga qaratilganligini oshiradi, keladigan
bozor segmenti, iste`molchilarning aniq guruxini aniqlash kerak.
Ishlab chiqarish va sotishning faol va saloxiyatli extiyoj talabiga epchillik bilan javob berish
korxona ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor xolati va aniq iste`molchilar extiyojlariga oglik
xolda boshqarishning jadalligi va moslashuvini ko’zda tutadi.
Yangilik kiritish- zamonaviylashtirilib yangilangan tovarning doimiy takomillashuvi
yangi tovarlar, yangi texnologiyani yaratish va ilmiy- tadkikot va konstruktorlik ishlarida
yangiliklar kiritishni ko’zda tutadi.
Rejalashtirish- moslashish tamoyilining mantiqiy davomi va ko’shimchasi bo’ladi.Bu
tamoyil bozor va xolatiy bashoratlarni ishlab chiqarishga asoslangan marketingning ishlab
chiqarish- sotish dasturlarini ko’zda tutadi.
Marketing tadqiqotlar - bu tovar va xizmatlarni ayirboshlash va ishlab chiqaruvchining
sotish bilan bog’liq barcha ma`lumoti va muammolarning maqsadli to’plamini taxdil qilishdir.
Marketing tadqiqotlari muayyan tovar bozorining mavjudligi va uni egallash hamda
mustahkamlanib qolish kabi savollarga ko’proq amaliy javob beradi. (A. Xosking). Marketing
tadqiqotini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
masalani qo’yilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash;
tadqiqot maqsadlarini aniqlash va xarajatlarning qiymatini baholash;
axborot to’plash va uni turkumlash;
dastlab berilgandan, so’ng hisoblanganlarni taxdil qilish;
tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
Marketing tadqiqotlarining asosiy yo’nalishlari - bozorni o’rganish va marketing
majmuasining asosiy elementlarini, tovarni, tovar narxini, tovar xarajatini va sotishni
rahbatlantirish natijalarini taxdil qilish. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot
tadbirkorlar uchun xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishda va amalga oshirilishida muhim
ahamiyatga ega. Uni marketingni boshqaruvchini vazifalari asosida ishlatilishi A. Xosking
tomonidan bir necha omillarini hisobga olib keng tasvirlangan: ya`ni:
xaridorlar talabini bir xilga keltirish;
xaridor bozorini tavsiflash;
xaridorning xulqi va xarajat imkoniyatlarini o’rganish;
sotish va pullashni o’zgarishi;
reklama xarajatlari va ularni o’zgarish yo’nalishlari;
tovarni harakatlantirish tadbirlari;
bozorni kengaytirish imkoniyatlari;
xaridorni kengroq va aniqroq tavsiflash (ya`ni yoshi, oila tarkibi, daromadlar saviyasi
ma`lumoti, jug’rofik taqsimlanishi, o’zoq muddat ishlatiladigan tovarga egaligi, ular
qaerda va qanday sotib olinadi, axborot qanday vositalar bilan olingan va boshqalar);
asosiy raqobatchilar tomonidan egallangan bozor qismi;
taqsimlanish tarkibi;
bozor holatiga ta`sir ko’rsatadigan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kuchlarni aniklandi;
tovarlarni va ularni sezilishini o’rganish;
mahsulot belgisi (markasi);
tovarni joylashtirish;
shakli, o’lchamlari, himoyalanish xususiyati, yorliqlari va etiketkalarining turlari;
xizmatlar, reklama, aloqa yo’llari, sotilishda izlanishlar;
taqsimlash, narx va sotib olishga qiziqtirish;
eksport bozorlari.
Tadbirkor tomonidan qabul qilinadigan marketing harorlarni ko’pchiligi kelajakda paydo
bo’ladigan hodisalarni baholashga asoslangan.
Marketing asosida bozorni xar taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni
ko’rsatib o’tish zarur:
a) talabni o’rganish;
b)bozor tarkibini o’rganish;
v)tovarni o’rganish;
g)raqobat sharoitlarini tadkik etish;
d)sotish shakli va uslublarini tadkik etish.
Bozor talabi o’zgaruvchan xususiyatga ega bo’lgaanligi uchun, unga demografik,
umumiqtisodiy, ijtimoiy, madaaniy, psixologik va boshqa omillar ta`sirini xisobga olgan xolda,
bozorda axolining soni, jinsi, yoshi, daromadi, maxsulot sifati va narxigacha taxlil qiladi.
Xar qanday firma iqtisodiyotda samarali xarakat qilishi, o’zining oldiga qo’ygan
maksadlariga erishishi uchun o’zi marketing strategiyasini tanlab olishi lozim.
Marketing
strategiyasi
deganda,
korxonaning
imkoniyatlarini
bozor
talabiga
muvofiqlashtirib borish tushuniladi. Marketing strategiyasi bozorni tadkik qilish va istikbolni
belgilash, talab va iste`molchilarni xamda raqobatchilarni o’rganish asosida ishlab chikiladi.
Bozorni o’rganish , bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, xar bir
tadbirkorning eng asosiy vazifaalaridan birinchi bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan tadbirkorlikka keng yo’l
ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan qo’plab firma va korxonalar uchun ishlab
chiqarishni boshqarish, maxsulotni sotish yo’llarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida
taxlil etishi uchun sharoitlar yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: