Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko’rinishlarini moliyaviy sarmoyalar va
moliyaviy zaxiralar tashkil keladi. Xo’jalik yurituvchi sub`ektning moliyaviy zaxiralarini uning
ixtiyorida bo’lgan pul vositalari tashkil qiladi. Ular xo’jalik faoliyatining turli tarmoqlariga
yuboriladi: vositachi va moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq, xizmatlari, investitsiya va innovatsiya
loyixalari. Naqd pulning etishmovchiligi kichik biznes istiqbolini, uni xayot topish extimolini,
uning moliyaviy epchilligini pasaytiradi va sinishiga olib keladi. CHunki etarli miqdorda naqd
pulning bo’lmasligi banklarni qarz bermasligiga olib keladi. Xo’jalik faoliyatini rivojlantirish
uchun ishlatiladigan moliyaviy zaxiralar (xomashyo sotib olish, yarimtayyor maxsulotlar,
mexnat uskunalari, ishchi kuchi) pul ko’rinishidagi sarmoyadir. SHunday qilib moliyaviy
menejmentda tavsiflanishi bo’yicha sarmoya bu moliyaviy zaxiraning bir qismidir.
Sarmoyaning umumiy ifodasi:
D T Di
P T P1
bu erda:
P - investor tomonidan qarzga berilgan pul mablag’i.
T - maxsulot (tadbirkorlik faoliyati uchun sotib olingan uskuna, ishchi kuchi va xo’jalik
yuritishni boshqa qismlari).
P1 - investor tomonidan xo’jalik faoliyatini yuritish natijasida va ko’shimcha maxsulotni
sotishdan olingan pul mablag’i.
(P1 - P) - investorning foydasi yoki ko’shimcha maxsulot.
(P1 - T) - maxsulot sotuvidan yoki xizmat ko’rsatishdan tushgan pul.
(P - T) - investorni xo’jalik uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajati.
Moliyaviy sarmoyani ishlatishni yuqorida keltirilgan jadvalda xo’jalik tizimiga
quyiladigan pul mablaglari to’la sarflanmaydi, faqat qarzga beriladi va aylanib foyda bilan
investorga qaytib keladi. (P) moliyaviy zaxiralar sarmoyasi qo’shimcha foyda keltirishi uchun u
ko’prok aylanishi kerak.
bu erda: m - investorning foydasi.
Yiliga sarmoya qancha ko’p aylansa investor yillik daromadi shuncha ko’p bo’ladi.
Moliyaviy zaxiralar sarmoyasini to’zilishiga shuningdek asosiy fondlar, aylanma fondlar,
muomilà fondlariga quyilgan pul mablag’lari kiradi. Asosiy fondlar - mexnat qurollari
yig’indisining qimmatli ko’rinishi. U moliyaviy ko’rinishini o’zgartmasdan ishlab chiqarish va
xo’jalik korxona chegarasida faoliyat ko’rsatadi xamda o’z qiymatini qaytadan yaratilgan
maxsulot qiymatiga o’tkazad.
Aylanma fondlar - korxona ishlab chiqarish fondining bir qismini tashkil qiladi. U bir
ishlab chiqarish davrida (tsiklida) ishlatiladi va o’z qiymatini ishlab chikariladigan maxsulotga
П
П
1
m
T
to’laligicha o’tkazadi. Muomila fondlari tayyor maxsulotni iste`molchilarga yuborilgani, lyokin
to’lanmagani, bank va kassa xisobidagi pul mablag`ini o’z ichiga oladi.
Nomoddiy aktivlar - xisob-kitob toifasi. Nomoddiy vositalarga fizik xususiyatlarga ega
bo’lmagan, ammo korxona aktiviga ko’shilgan va odatda uning foydalanish muddati davrida
amortizatsiya to’lovlarini talab qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: Patentlar, litsenziyalar, nou-xau,
avtorlik xuquqlari va boshqa intellektual mulk, shaxsiy mulkchilikka va erdan, foydali
qazilmalardan va savdo markazlaridan, İXM programmaviy ta`minotidan va boshqalardan o’zoq
davr foydalanish. Ularning bir qismi o’zining dastlabki narxini yo’qotadi va vaqt o’tish
mobaynida foyda keltiradi.
Nomoddiy vositalarni sotib olishni tovar va maxsulot sotishdan, ish bajarnsh va
xizmatdan kelgan foyda xisobiga xamda bank krediti, jismoniy yuridik shaxslarni
qaytarilmaydigan badallari xisobiga moliya bilan ta`minlaniladi. Oddiy vositalar ularni sotib
olish qiymatlari bilan xisobga olinadilar, ularga qushimcha (bevosita) xarajatlar, ba`zi bir
ob`ektlarni tartibga keltirib xo’jalik faoliyatiga kiritish uchun qilingan xarajatlar qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: