MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLAR Kichik biznesda mijozlar bilan munosabatga
muxim ahamiyat berish kerak. qishloq xo’jalik mahsulotlarining, yarimtayyor mahsulotlarning
va tayyor mahsulotlarnini ko’p turlarini o’zoq muddat saqdash mumkin emas, ularni tezlik bilan
tarqatish kerak. SHuning uchun tadbirkor tizimining har bir ishchisi o’zi ishlab chiharayotgan
mahsulotini sotuvchiga daxl-dorligini xis qilishi kerak.
Alohida qishloq xo’jalik korxonasi kabi kichik biznes mijoz sifatida, dallollik idorasi, birja,
tayyorlov tashkiloti qayta ishlovchi korxona, shuningdek mahsulotlarning doimiy buyurtmasi
yoki xaridori bo’lgan ayrim shaxslar gavdalanishi mumkin.
Mijoz kim bo’lishidan qat`iy nazar: tashkilotmi, korxonami, firmami yoki yakka shaxsmi -
avvalo tadbirkor oldida o’z muammolari bilan murojaat qilayotgan inson ekanligini esda to’tishi
lozimdiğ.
Tadbirkorning vazifasi - mijozni o’z qo’liga olib uni ushlab qolmoq. har bir tadbirkor (yakka
shaxs yoki korxona) shu maqsadda o’z ishini mijozga bag’ishlamog’i kerak.
Mijozlar istisno bo’lishi mumkin emas. Agar hisob-kitob bo’limidagi qog’ozboz, qo’pol
kotiba firmanina rahbari tomonidan tartibga chaqirilmasa, u holda sotish xizmatini va reklama
kompaniyasini tashkil qilishga katta pul sarflashi va butun harakatlar bir pul bo’lib qoladi.
SHuning uchun har bir xodimnina xushmuomila, e`tiborli, ishonchli va tartibli, halol bo’lishi
uchun tarbiyalash kerak.
"İski mijozlar"ni o’zida ushlab qolish, yangilariga xayrixoxlik qilishdan taxminan besh
baravar arzon ekanligini hech qachon unutmaslik kerak.
Bu maqsadga erishishda quyidagilarni ta`minlash zarur:
har doim o’zini mijoz o’rniga qo’iishi;
qog’ozbozlikka, agar u namoyon bo’lsa, yo’l qo’ymaslik hamma usullar bilan unga
harshi kurashish va bartaraf qilish;
mijozlarni bevosita boshliq bilan bo’ladigan muloqoti uchun sharoit yaratish;
xaridorlar bilan tovar sotilgandan so’ng kamaloqani o’zmaslik;
har bir rivojlangan mamlakatdagi tadbirkor avval quyidagi vaziyatda kelib chiqadi. Tovar
va xomashyolarga katta miqdorda pul sarflaydigan tadbirkorlar iste`molchilarsiz
yashashlari mumkin emas.
Masalan, AKSHda so’nggi yillarda aynan iste`molchilarning keng miqyosdagi sarflari
olimlarning fikriga haramay yirik iqtisodiy inqirozlardan qutilishga yordam bermoqda.
Iste`molchilar alohida e`tiborli ijtimoiy kuchga aylangan va o’zlarining talablari bilan
tadbirkorlik tizimini amalda boshqarmoqdalar.
Tadbirkor bilan iste`molchining bunday tavsifidagi munosabatlari bu munosabatlarda
iste`molchining ustuvorligini ta`minlaydi. Bu hodisa kons'yumerizm ("iste`molchi" so’zidan) deb
ataladi. Bu termin hukumat va tadbirkorlar iste`molchilarini tovarlarining sifati va ularning
o’ziga xos ta`rif bilan tanishtirib borish kerakligini bildiradi, tadbirkorlar manfaatini shular
himoya qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |