1.
XUSUSIY TADBIRKORLIK.
Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu yakka xususiy
tadbirkorlikdir.
Xussusiy tadbirkorlik - xujalik yuritishning shunday tashkiliy-xuquqiy shakli-ki, unda
mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo’ladi va faoliyatdan kelgan daromadni ( turli to’lov va
soliqlar tulanganidan keyin) xammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va
tavakkalchilik uchun yakka o’zi javob beradi.
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish soxasida,
maslaxat soxasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fermerchilikda, tibbiyotchilik amaliyotida va
xunarmandchilikda ko’proq uchraydi.U ikki xil ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin: a)
individual - ya`ni korxona tashkil qilmasdan va b) xususiy korxona - ya`ni yuridik shaxs
tashkil qilgan xolda.
Xususiy tadbirkorlikning` afzalliklari:
- ishni tashkil qilishdagi oddiylik, to’la mustaqillik, xarakatdagi yorqinlik va tezkorlik.
Tadbirkor biror qaror qabul qilishida yuqori tashkilotlarga murojaat kilishining yoki sheriklar
roziligini olishining zarurati yuk;
-ishga qiziqtiruvchi sabablarning ko’pligi, chunki barcha foyda mulkning yolg’iz egasiga
kelib tushadi va u ko’prok ishlashga ragbatlanadi, ish ustidan kerakli nazorat o’rnatish,
extiyotlik bilan qaror qabul qilish va ish ko’lamini yanada kengaytirishga intiladi;
- konfidentsiallik (ishdagi maxfiylik ) saqlanadi. Ba`zi bir biznes turlarida maxsus uslub,
yo’llar, texnologiyalar tadbirkorlik faoliyatining asosiy boyligini (kapitalni) tashkil qiladi.
Xususiy tadbirkorlik maxfiylikni saqlashga imkon yaratadi;
-xususiy tidbirkorlikda uning` tashkiliy - xuquqiy shaklini o’zgartirish nisbatan engil
kuchadi ( masalan, masuliyati cheklangan jamiyatlar to’zish ).
Xususiy tadbirkorlikning kamchiliklari:
-zaif moliyaviy poydevorga egaligi. Bu katta miqdordagi kapitallarni jalb kilishdagi
kiyinchiliklarga sabab bo’ladi;
- xo’jalik faoliyatida xavf-xatar va tavakkalchilik yuqori darajada bo’lganligi sababli faoliyat
davomiyligining noaniqligi ;
- barcha xujalik faoliyati uchun cheklanmagan javobgarlikning xukm surishi ;
- yakka xujalik mulkining mulkni boshqa shaxsga ( masalan, boshqa oila a`zolariga )
berishda nokulayligi, ixcham emasligi;
- mulk egasining o’limi, mexnatiga noloyiq bo’lib qolish mushkulligi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish niyatida ishbilarmonlar mol-mulki,
kasb yoki kapitallarni qo’shib birlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: