Ona tili darslik


-§. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   542
Bog'liq
ona tili

 
21-§. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari 
 
So‘z  nutq  tovushlarining  muayyan  tartibda  birikishidan  hosil  bo‘lib,  ma’no 
anglatuvchi til birligidir. 
So‘zning  tovush  tomoni  fonetikada,  grammatik  tomoni  grammatikada, 
ma’no  tomoni  leksikologiyada  o‘rganiladi.  So‘zning  barcha  tomonlari  nazarda 
tutilsa, u til va nutqning eng muhim elementlaridan biri ekanligi anglashiladi. 
So‘z  til  birligi sifatida  ma’no  ifodalash xususiyatiga  ega.  So‘zning  ma’nosi 
narsa-hodisalar bilan bog‘lanishidan kelib chiqadi, bu bevosita bog‘lanish bo‘lmay, 
borliqning  inson  ongida  aks  etishi  orqali  yuzaga  keladi.  Insonning  borliqni 
anglashi,  ongida  aks  ettirishi  so‘z  ma’nosida  o‘z  aksini  topadi.  Borliqni  bilish 
narsa-hodisa haqida tushunchaga ega bo‘lishdir. Tushunchada so‘zning umumiy va 
muhim  belgilari  mujassamlashadi.  Bu  belgilar  uni  boshqa  predmetlardan  ajratib 
turadi. 
Inson  ma’lum  bir  predmet,  belgi,  harakat,  holat  kabilarning  umumiy  va 
o‘ziga  xos  muhim  xususiyati  asosida  ularni  boshqa  shu  kabi  predmet,  belgi, 
harakatlardan  ajratadi.  Demak,  so‘z  tushunchaning  nomi,  tushunchaga  ega  so‘z 
ma’nosining  asosini  tashkil  etadi.  So‘z  asosida  yotgan  tushuncha  so‘zning  leksik 
ma’nosi sanaladi.  Demak,  so‘zning  leksik  ma’nosi uning  material  ma’nosi bo‘lib, 
so‘z ifoda etgan aniq bir predmet belgi, harakat, miqdor kabilardan iborat bo‘ladi: 
anor,  daraxt  –  predmet  tushunchasini,  ekdi  -  harakat,  qizil  –  belgi,  o‘nta,  ko‘p  - 
miqdorga ko‘ra belgi, mensen – shaxs tushunchasini ifodalaydi. 
Demak,  ot,  sifat,  son,  olmosh,  fe’l,  ravish  so‘z  turkumlari  lug‘aviy  ma’no 
bildiradi. So‘zlarning lug‘aviy ma’nodan tashqari, grammatik ma’nolarga ham ega 
bo‘ladi. So‘zning lug‘aviy ma’nosi leksikologiyada o‘rganiladi. Grammatik ma’no 
                                                 
11
 Leksikografiya – grekcha lexikos – «lug`at» va grapho – «yozaman» degan ma’noni bildiradi. 


 
 
49 
grammatikada  o‘rganiladi.  Yordamchi  so‘z  turkumlari  lug‘aviy  ma’no 
ifodalamaydi, ular grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi. 
So‘z  lug‘aviy  ma’no-tushunchadan  tashqari,  insonning  narsa  va  hodisaga 
bo‘lgan  ijobiy  yoki  salbiy  munosabatini  ham  bildiradi.  Insonning ijobiy  va  salbiy 
munosabati so‘z hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i deb yuritiladi. Masalan, yuz, aft, bashara, 
turq, chehra, oraz, chiroy kabi sinonimlar qatorida yuz so‘zi odam a’zosining biri 
haqidagi  tushunchani  anglatadi,  bu  ijobiy  yoki  salbiy  ma’no  ottenkasiga  ega 
bo‘lmagan  betaraf  so‘z.  Aft,  bashara,  turq  so‘zlarida  so‘zlovchining  asosiy-bosh 
tushunchaga  qo‘shimcha  salbiy  munosabatini  ifoda  etuvchi  ma’no  ham  mavjud. 
CHiroy,  chehra,  oraz,  ruxsor  so‘zlariga  so‘zlovchining  ijobiy  (hayrixoxligi, 
yoqimli,  go‘zal  kabi  ma’no)  munosabati  ham  yuklatilgan.  Bunday  qo‘shimcha 
ma’no  ottenkalar  kishilarning  hissiyotiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazadi.  So‘zdagi  salbiy 
hissiy-ta’siriy  bo‘yoq  muayyan  matn  tarkibida  oydinlashadi.  Bet  so‘zi  «Beti 
qursin»  gapida  salbiy  ma’no,  «Beti-betiga  tushsa  nima  deydi»  gapida  bu  salbiy 
ma’no  kuchsizlanadi.  Kitobning  beti  birikmasidagi  beti  so‘zida  salbiy  ma’no 
umuman yo‘q. 
Hissiy-ta’siriy  bo‘yoq  tildagi  hamma  so‘zlarda  bo‘lavermaydi.  Masalan, 
ilm-fan, texnikaga oid atamalarda hissiy-ta’siriy bo‘yoq bo‘lmaydi. 
So‘zlar  og‘zaki  va  yozma  nutqda  qo‘llanishiga  ko‘ra  ham  farq  qiladi.  Aft, 
bashara, turq so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda, chiroy, oraz, ruxsor ko‘proq yozma 
nutqda, yuz so‘zi har ikkala nutqda qo‘llanadi. Ko‘rinib turibdiki, so‘zlar biror nutq 
uslubida qo‘llanishga moslashgan bo‘ladi, bu ulardagi uslubiy belgi deb yuritiladi. 
Uslubiy belgi-so‘zning ma’lum uslubga mansubligini ko‘rsatuvchi belgi. Masalan, 
metro – so‘zlashuv uslubida metropoliten kitobiy uslubda qo‘llaniladi. 
Leksik ma’no deganda so‘z ifoda etadigan tushuncha, hissiy-ta’siriy bo‘yoq 
va  uslubiy  belgilar  yig‘indisi  tushuniladi.  Demak,  tushuncha,  hissiy-ta’siriy 
bo‘yoq, uslubiy belgi leksik ma’no komponentlari deyiladi. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish