Ona tili darslik


 -§.  Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   542
Bog'liq
ona tili

8 -§.  Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi 
 
Tilning  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  uning  barcha  bo‘limlarida,  jumladan, 
leksikasida  ham  o‘zgarishlar  yuz  beradi.  Bunda  tildagi  ba’zi  so‘zlar  eskirib, 
iste’moldan-ishlatilishdan  chiqib  ketadi  yoki  yangi  tushunchalarni  nomlovchi 
so‘zlar  paydo  bo‘ladi.  Bu  hodisalar  tilning  leksik  tarkibini  2  qatlamga  ajratishni 
taqazo etadi: 
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam). 
2. Eskirgan qatlam. 
3. YAngi qatlam. 
Zamonaviy  qatlam.  Bu  qatlam  o‘zbek  tili  leksikasining  asosiy  qatlami 
bo‘lib,  uni  umumxalq  leksikasiga  –  ishlatilish  doirasi  chegaralanmagan  leksikaga 
oid  so‘zlar,  shuningdek,  atamalar,  kasb-hunarga  doir  so‘zlar  tashkil  etadi.  Bu 
qatlamdagi  so‘zlar  yangilik  bo‘yog‘iga  ham,  eskilik  bo‘yog‘iga  ham  ega 
bo‘lmaydi. 
Zamonaviy  qatlamda  so‘zlarning  nutqda  ko‘p  yoki  kam  ishlatilishi,  barcha 
kishilarning  ishlatishi  yoki  ma’lum  guruh  kishilari  nutqidagina  ishlatilishi  asosga 
olinmaydi. 
Demak,  yangilik  va  eskilik  bo‘yog‘iga  ega  bo‘lmagan  so‘zlar  eskirgan 
qatlam.  So‘z  ifodalaydigan  predmet  yoki  tushuncha  hayotda  yo‘qolishi,  yoki 
ularning  ma’nosini  ifodalaydigan  boshqa  so‘zlarning  paydo  bo‘lishi  munosabati 
bilan  ayrim  so‘zlar  asta-sekin  qo‘llanilmay  unutila  boradi.  Ular  nutqda  kam 


 
 
60 
qo‘llanadi.  Ularning  ba’zilarini  tushunish  mumkin,  ayrimlarini  ko‘pchilik 
tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo‘llansa, izoh talab etadi. Eskilik 
bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga 
ajratiladi: 
1. Tarixiy so‘zlar yoki istorizmlar. 
2. Arxaik so‘zlar yoki arxaizmlar. 
Tarixiy  so‘zlar  o‘tmishdagi  narsa  va  hodisalarning  nomi  bo‘lgan,  ammo 
hozir eskirib qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy so‘zlar jamiyatda yo‘q 
bo‘lib  ketgan  narsalar,  shaxslar  haqida  gap  borganda  qo‘llaniladi.  Hozirgi  tilda 
ularning sinonimii yo‘q. Masalan: foytun,  yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), 
chaqirim  (1  km),  tosh  (8  chaqirim  –  8  km),  gaz  (71  sm),  botmon  (176,  128  kg), 
misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin). 
Ba’zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‘lib 
qoladi.  Bunday  so‘zlarning  bir  ma’nosi  eskirsa,  ikkinchi  xil  ma’nosi  zamonaviy 
qatlamda ishlatiladi. 
Masalan:  boy  so‘zining  ma’nosini  qiyoslang:  Boy  Yo‘lchini  zimdan  kuzatdi 
(Oybek). Sen boy bo‘laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo‘ldi? 
Arxaik  so‘zlar.  Hozir  mavjud  bo‘lgan  narsa-hodisalarning  eskirib  qolgan 
nomlari  arxaik  so‘zlar  deyiladi.  Arxaik  so‘zlar  yig‘indisi  arxaizmlar  deyiladi. 
Arxaizm – grekcha so‘z bo‘lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi. 
Eskirgan  so‘z  ifoda  etayotgan  narsa-hodisalar  hozirgi  hayotda  bor  bo‘lgani 
uchun  uning  eskirgan  nomini  almashmay  oladigan  zamonaviy  qatlamga  oid  so‘z 
mavjud  bo‘ladi.  Aslida  bir  narsaning  birdan  ortiq  nomi  bo‘lsa,  ulardan  til 
taraqqiyoti  qonuniyatlariga  javob  bera  oladigan  tilda  saqlanib  qoladi,  javob  bera 
olmaydigani  eskilik  bo‘yog‘iga  ega  bo‘lib,  ishlatilmay  qolib  ketadi.  Masalan, 
sekretar  –  kotib,  mirzo,  kotiba.  Ular  ichidan  kotib  so‘zi  hozirgi  kunda  kishilar 
tomonidan  keng  ko‘lamda  qo‘llanilyapti.  Sekretar  so‘zi  eskirib,  arxaiklashib 
qolgan.  Arxaik  so‘zlar  so‘zlovchining  ko‘z  oldida  iste’moldan  chiqib  ketayotgan 
so‘zlardir  revolyutsiya  (inqilob),  tuman  (rayon),  viloyat  (oblast),  baynalmilal 
(internotsional). 
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‘miz (ko‘krak) kabi. 
So‘zlar  butun  holda  arxaiklashishi  yoki  uning  biror  ma’nosi  arxaiklashishi 
mumkin.  SHunga  ko‘ra  ular:  a)  leksik  arxaizmlar;  b)  semantik  arxaizmlar  tarzida 
ikki xil bo‘ladi. 
Leksik arxaizmda so‘z eskiradi: gulgun, siymo (obraz). 
Semantik  arxaizmda  ma’no  eskiradi:  chechak  –  «gul»  ma’nosida  eskirgan, 
bekat – karvonlar to‘xtaydigan joy ma’nosida eskirgan, bag‘ir – «jigar» ma’nosida 
eskirgan, davlat – «boylik» ma’nosida eskirgan. 
Arxaiklashish  iboralarda  ham,  grammatik  hodisalar  doirasida  ham  yuz 
beradi.  Iboralarning  arxaiklashishi  holati  ko‘p,  lekin  grammatik  hodisalarning 
arxaiklashishi  ham  uchraydi:  dasti  alif  –lom  qilib,  gardonini  ham  qilib,  yoqasini 
chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -
ibon  shakllari,  -dur  –  kesimlikni  ko‘rsatuvchi  bog‘lama  eskirgan  grammatik 
shakllardir. 


 
 
61 
Fonetik arxaizmlar ham  mavjud bo‘lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq 
kabi (sovun, qovoq). 
Neologizmlar.  Kundalik hayotimizdagi  angi  narsalarni,  ularning belgilarini, 
yangicha  munosabatlarni,  umuman  yangi  tushunchalarni  ifoda  etish  ehtiyoji  bilan 
yuzaga  kelgan  so‘zlar  yoki  yangi  ma’noda  qo‘llangan  eski  so‘zlar  neologizmlar 
deyiladi. Neologizm grekcha so‘z bo‘lib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi. 
Neologizm  yangilik  bo‘yog‘iga  ega  bo‘lgan  so‘zlardir.  Masalan:  bakalavr, 
magistratura,  kompьyuter,  kompьyuter  texnologiyasi,  marketing,  supermarket 
kabi.  Neologizmlar  yangi  paydo  bo‘lgan  paytda,  ishlatilish  doirasiga  ko‘ra 
chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma’nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq 
orasida  ommalashib  ketishi  mumkin.  Bunda  u  yangilik  bo‘yog‘ini  yo‘qotadi  va 
umumxalq  so‘ziga  aylanadi.  Masalan:  brigada,  televizor,  traktor,  kosmos, 
kosmonavt va hokazo. 
Ba’zi  neologizmlar  yangiligicha  qolib  ketishi,  ishlatilish  doirasi 
chegaralangan  leksikadan  o‘rin  olib  qolishi  mumkin.  Demak,  neologizm  –  nisbiy 
tushuncha. CHunki har bir davr o‘z neologizmiga ega bo‘ladi. 
So‘z yoki so‘zning ma’nosi neologizm bo‘lishi mumkin. 
So‘z neologizm bo‘lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ... 
Leksik  neologizmlar  tamomila  yangi,  hali  o‘zlashib  ketmagan  so‘zlardir. 
Bunday  so‘zlar:  1)  o‘zbek  tilida  avvaldan  mavjud  bo‘lgan  so‘z  va  yasovchi 
qo‘shimchalar  bilan  yasalgan  yangi  so‘zlardir:  etti  yillik;  2)  boshqa  tildan  kirgan 
hali umumxalq tiliga singib o‘zlashib ketmagan yangi so‘zlardir: magistr, bakalavr. 
Leksik  ma’nolardan  biri  yangi  bo‘lsa,  semantik  neologizm  deb  yuritiladi. 
Masalan: Yo‘ldosh (er yo‘ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi). 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish