7-§. Unli tovushlar va ularning tasnifi
Har bir til o‘zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi.
O‘zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‘, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra.
Og‘iz bo‘shlig‘ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda
oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu
harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal
harakatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‘, u.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |