2. Dona son bir xil predmetlarning yakkalab, donalab sanaladigan umumiy
miqdorini anglatadi.
104
Dona son miqdor son negiziga –ta affiksini qo‘shish bilan yasaladi: o‘nta
o‘quvchi, beshta daftar kabi. SHuningdek, dona son miqdor sondan so‘ng
donalikni ifodalaydigan dona, tup, nusxa, nafar, tuyoq, bosh kabi hisob so‘zlarini
keltirish bilan hosil qilinadi: yuz nusxa kitob, ikki bosh qo‘y, besh dona qalam, uch
tup daraxt kabi.
G‘avvoslarning rahmi kelib, unga bitta qimmatbaho tosh hadya qildilar
(«Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Vaqti kelsa, o‘nta quruq gapdan bitta dalil, o‘nta
qonun-qoidadan bitta amaliy mashg‘ulot a’lo (A.Soliev). Gulshan kirganida uch
nafar kaniz sanoliya tikmoqda edi (AQodiriy). Javonda Abu Ali ibn Sino
hazratlarining tibbiyot masalalariga oid yigirma jildlik «Kitob ush shifo»si
turardi. (O.Yoqubov).
3.Chama son predmetning, ish-harakatning noaniq, taxminiy miqdorini
anglatadi.
CHama son quyidagicha yasaladi:
1. Miqdor son negiziga –tacha affiksini qo‘shish bilan: beshtacha, o‘ntacha,
yuztacha kabi. Ikki tomonga uch qavatdan oltmishtacha joy qilingan. (A.Q.)
Hisob so‘zlari bilan birga qo‘llanadigan sonlarda –cha affiksi hisob so‘ziga
qo‘shilib keladi: Ikala to‘rg‘ay taxminan bir-birlaridan ellik metrcha narida uchib
sayrashyapti (S.Ahmad).
2. Miqdor son negiziga –larcha affiksini qo‘shish bilan (miqdor jihatdan
yirik sonlarga qo‘shiladi): o‘nlarcha, yuzlarcha, minglarcha kabi: Menga bir
bechora, notavonning sevinch ko‘z yoshi minglarcha qimmatbaho toshlardan
afzaldir («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
3. Miqdor son negiziga –lab affiksini qo‘shish bilan (bu affiks ham miqdor
jihatdan yirik sonlarga qo‘shiladi): o‘nlab, yuzlab, minglab kabi: O‘zbekistonda
butun jahondan yig‘ilgan yuzlab millatlar va elatlar yashaydi («O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh»).
4. Ketma-ket kelgan ikki sonni juft holda keltirish orqali: bir-ikki, uch-to‘rt
kabi: Hanifa xolaning sandig‘ida bo‘lajak kelinga atab yig‘ilgan besh-o‘n kiyimlik
atlas va boshqa yaxshi matolar bor edi (B.Qodirov).
Ba’zan –ta affiksi bu juft sonlarning har bir qismiga yoki ikkinchi qismiga
qo‘shilib keladi: bitta-ikkita, uch-to‘rtta kabi: Daraxtlar orasidan sarg‘ayib bir-
ikkita yulduz ko‘rindi (O‘.Umarbekov).
5. Hisob so‘zlari bilan qo‘llangan miqdor sonlarga –lar ko‘plik affiksi
hamda kelishik affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Bunda ko‘pincha vaqt bildiruvchi
hisob so‘zi oldin keladi: Saida uyga kech soat o‘n birlarda qaytdi (A.Qahhor).
bunda ish-harakatning bajarilishidagi payt, vaqtga nisbatan taxmin ma’nosi
ifodalanadi.
Ba’zan bu affikslar hisob so‘ziga ham qo‘shiladi: Ro‘zimat qorong‘ida
ko‘ziga yigirma besh yoshlarda ko‘ringan edi. (A.Qahhor)
5. Chama sonlar taxmin ma’nosini ifodalovchi chamasi, chog‘li, taxminan,
qariyb, shuningdek yaqin, ortiq, kamida kabi so‘zlarning ishtiroki bilan ham hosil
qilinadi: Maktabda o‘n chog‘li bola yig‘ilgan (O). Ko‘chalarning ikki yuziga
sakson besh mingdan ortiqroq ko‘chat o‘tkazildi (A.Qahhor).
105
Do'stlaringiz bilan baham: |