7-§. Tillarning geneologik tasnifi
Geneologik tasnif tilshunoslikda tillarni tarixiy-qiyosiy usul bilan
tekshirishning mahsuli bo‘lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko‘ra, tillar bir umumiy
manbadan kelib chiqqanligi, materiali (so‘z, undagi tovushlar, o‘zak va
qo‘shimchalar) jihatidan yaqinligi, o‘xshashligiga asoslanib guruhlarga ajratiladi.
Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil qiladi.
Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik guruhi hisoblanadi. Tilshunoslik
tomonidan tekshirib aniqlangan til oilalari quyidagilardan iborat: 1) hind-evropa
tillari; 2) semit tillar; 3) xamit tillar; 4) dravid tillari; 5) ugor-fin tillari; 6) xitoy-
tibet tillari; 7) iberiy-kavkaz tillari; 8) oltoy tillari; 9) avstroneziya tillari;
10) yapon tili; 11) koreys tili va boshqalar.
Bular o‘z navbatida yana shoxobchalarga bo‘linadi.
Masalan, eng yirik tillar oilasi sanalmish hind-yevropa tillar oilasi quyidagi
tillar guruhlariga ajratiladi:
1. Hind tillari. 2. Eron tillari. 3. German tillari. 4. Roman tillari. 5. Slavyan
tillari. 6. Kelt tillari. 7. Boltiq tillari. 8. Grek tili. 9. Alban tili. 10. Arman tili.
1. Hind tillariga qadimiy hind yoki sanskrit tili (o‘lik til), o‘rta hind tili,
hozirgi hind tillari (panjob tili, gujarat tili, bengal tili) kiradi.
2.Eron tillariga tojik tili, afg‘ on (yoki pushtu) tili, osetin tili, kurd tili, so‘g‘
d tili (o‘lik til), qadimgi fors tili, o‘rta fors (yoki pahlaviy) tili, yangi fors tili
kiradi.
3. German tillariga got tili (o‘lik til), shved, daniya, norveg, island tillari
(shimoliy german tillari), ingliz, nemis, golland, flamand, friz tillari (g‘arbiy
german tillari) kiradi.
4. Roman tillariga italyan, frantsuz, ispan, portugal, rumin, moldavan,
provansal, katalan, sardiniya tillari kiradi. Roman tillari tarixan lotin tilidan kelib
chiqqan. Bundan ikki ming yilcha oldin jonli til bo‘lgan lotin tili hozir o‘lik tilga
aylangan.
5. Slavyan tillariga rus, belorus, ukrain tillari (sharqiy slavyan tillari),
polyak, slovak, chex, lujik tillari (g‘arbiy slavyan tillari), bolgar, makedon, serb,
xorvat, sloven tillari (janubiy slavyan tillari) kiradi.
6. Kelt tillariga irland, shotland, uels, breton tillari kiradi.
7. Boltiq tillariga qadimgi prus tili (o‘lik til), litva tili, latish tili, latgal tili
kiradi.
Grek, alban, arman tillari biror guruhga kiritilmaydi, ularning har biri yakka-
yakka holda olinadi.
O‘zbek tili oltoy tillar oilasiga mansub bo‘lib, uning turkiy tillar guruhiga
kiradi. Oltoy tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga bo‘linadi:
13
1. Turkiy tillar. 2. Mo‘g‘ul tillari. 3. Tungus-manchjur tillari.
Turkiy tillar oltoy tillar oilasining ko‘p sonli va rang-barang guruhidir.
Turkiy tillar ikki guruhga ajratiladi: 1) g‘arbiy turkiy tillari; 2) sharqiy turkiy tillari.
G‘arbiy turkiy tillari tarmog‘i o‘z navbatida yana to‘rt guruhga bo‘linadi:
a) bulg‘or tillari (chuvash tili), b) o‘g‘uz tillari (gagauz, turkman, turk, ozarbayjon
tillari), v) qipchoq tillari (tatar, boshqird, qumiq, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq
tillari), g) qorluq tillari (o‘zbek, uyg‘ur tillari).
Sharqiy turkiy tillari tarmog‘i ikki guruhga bo‘linadi: a) uyg‘ur-to‘kyuy
tillari (tuva, yoqut, shor, xakas tillari), b) qirg‘iz-qipchoq tillari (qirg‘iz, oltoy
tillari).
Do'stlaringiz bilan baham: |