33. Quyidagi predmet nomlaridan bir tasviriy ifoda orqali ifodalanadiganini
belgilang.
A) ko‘mir, neft B) televizor, raketa C) matematika, shaxmat
D) A, C.
34. Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu erda yashovchi kishilarga
tushunarli bo‘lgan so‘zlar qanday ataladi?
A) atamalar B) paronimlar C) terminlar D) sheva so‘zlar
35. Bo‘zchi belboqqa yolchimas, kulol mo‘ndiga. Ushbu maqoldagi mo‘ndi so‘zi
ishlatilish davriga ko‘ra qanday so‘z?
A) atama B) shevaga xos so‘z C) eskirgan so‘z D) yangi so‘z
36. Nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi tasviriy ifodalar asosan qaysi so‘z
turkumlari doirasida keng qo‘llanadi?
A) ot B) sifat C) fe’l D) olmosh
SO‘Z YASALISHI
So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo‘lib, u yangi
ma’noli so‘z yasalishi, so‘z yasash usullari, so‘z yasalishiga aloqador bo‘lgan
hodisalarni o‘rganadi.
«So‘z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo‘llanadi: 1)
tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni tekshiruvchi bo‘limini; 2)
umuman so‘z yasalishi, so‘z hosil qilinishini bildiradi.
Nutqda so‘zlar tub yoki yasama shaklda qo‘llanadi.
68
YAsovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan so‘z tub so‘z
deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o‘n,
yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o‘qimoq, sekin, birga, hozir va h.k.
Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so‘z yasama so‘z deb
yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog‘ bon, gulzor, jonlan, birlash, ko‘kar, sezgir, zavqli
so‘zlari o‘zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li)
qo‘shish usuli bilan yasalgan bo‘lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk,
sohibjamol, sofdil, erksevar so‘zlari so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qo‘shish,
biriktirish usuli bilan hosil qilingan.
Tilda mavjud bo‘lgan so‘z (yoki so‘zlar, so‘z shakllar negizida ma’lum
usullar bilan yangi ma’nodagi so‘zlarni hosil qilish so‘z yasalishi deyiladi.
O‘zbek tilida so‘z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik,
semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo‘lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya
usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi.
Affiksatsiya usuli. So‘zga so‘z yasovchi affiks qo‘shish bilan yangi so‘z
hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch,
do‘stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o‘yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan,
oqilona, ko‘pincha, ertalab va boshqalar.
So‘z yasovchi affikslar o‘zbek tilida asosan suffiks tarzida qo‘llanib, so‘z
o‘zagidan so‘ng qo‘shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o‘zak oldiga prefiks
tarzida qo‘shilib, yangi ma’nodagi so‘z yasashi mumkin. Masalan, serhosil,
serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg‘araz, noo‘rin, nohaq, badfe’l,
badbashara va h.k.
O‘zbek tilida so‘z yasovchi affikslardan tashqari, o‘z xususiyatlari bilan
affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so‘z-affikslar ham mavjud.
Bunday so‘z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona,
mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, YAngiobod.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘z yoki so‘z
shakllarining qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z yasash kompozitsiya usuli bilan
so‘z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo‘shma, ayrim juft so‘zlar hosil qilinadi.
Masalan, guldasta, gultojixo‘roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob,
hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har
gall, yonma-yon, zo‘r-bazo‘r, ketma-ket va b.
Fonetik usul. Bu usulga ko‘ra, so‘zda fonetik o‘zgarish yuz berib, yangi so‘z
hosil qilinadi. CHunonchi, so‘z urg‘usining o‘rnini almashtirish natijasida boshqa-
boshqa so‘z turkumiga doir so‘zlar hosil bo‘lishi mumkin: yo’zma – fe’l, yozma’ –
sifat, su’zma – fe’l, suzma’ – ot, fi’zik – ot, fizi’k – sifat, akade’mik – ot,
akademi’k – sifat va b.
Semantik usul. Bu usulga binoan, so‘z ma’nosida o‘zgarish ro‘y berib,
ma’nosi boshqa-boshqa, shaklan o‘xshash yangi so‘z hosil bo‘ladi: kun –
sutkaning yorug‘ qismi, kun - quyosh, planeta; ko‘k – osmon, ko‘k - havorangga
o‘xshash rang, bir – son, birga, birdan, birda – ravish.
Fonetik va semantik usul hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy
so‘z yasash usullari deb qaraladi.
69
Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko‘ra, bir butun holda qo‘llanadigan to‘g‘ ri
ma’noli turg‘un birikmalarning qismlari har xil yo‘l bilan qisqartirilib so‘z hosil
qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo‘lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi:
BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi,
ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent Meditsina instituti, filfak
– filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika
universiteti va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |