Tabiatda suv
Suv tabiatda sodir bo`ladigan juda ko`p jarayonlarda va shuning bilan birga
insoniyatning hayotini ta`minlashda asosiy hal qiluvchi muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanoatda suvni xomashyo va energiya manbai sifatida, sovitguvchi yoki isituvchi agent,
erituvchi, ekstragent sifatida, xom ashyolar vа materiallarni tashuvchi transport vositasi
va boshqa qator ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Suv resurslari kurrai zaminimizda tabiiy suvning umumiy hajmi 1386 mln.km3 ni
tashkil qilinadi. Ko`rsatilgan hajmning 97,5 % dan ko`proqini esa sho`r - ya`ni dengiz
101
va okean suvlaridir. Ammo aksariyat qolgan 2,3 % yaqin bo`lgan chuchuk suvning
asosiy qismi inson uchun ishlatishga imkoniyat yo`q darajada chunki u asosiy qutb
zonasidagi muzliklarda va yer ostidagi suvli qatlamlarga joylashgan. UXM (avvalgi
SSSR) hududidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 40,5 ming km3 tashkil etadi.
O`zbekiston jumhuriyatida.
Dunyodagi barcha mamlakatlarning chuchuk suvga bo`lgan ehtiyoji va o`z navbatida
uni ishlatilishi 3900 mlrd. m3/yilni tashkil etadi. Shu ko`rsatgichning taxminan yarmi
ishlatilib qaytarilmaydi, qolgan yarmisi esa oqova suvlarga aylanadi.
Tabiiy suv, bu suvni, antropogen o`zgarishlar bo`lmay turib tabiiy jarayonlarning
ta`sirida sifat va miqdor jihatdan etilgan suvni tushiniladi. Uning sifat ko`rsatkichlari
tabiiy ko`p yillik o`rtalashtirilgan miqdorda bo`ladi. Suvlar minerallashish darajasiga
qarab (g/l. da); chuchuk (tuzlarning umumiy miqdori - 1), sho`rroq (1-10), sho`r (10-50)
va rassollar (-50). O`z navbatida chuchuk suvlar kam mineral aralashmali (200 mg/l
gacha), o`rtacha minerallashgan )200-500 mg/l) va yuqori minerallashgan guruhlarga
bo`linadi. Tarkibida miqdor jihatdan anionlar kationlarga nisbatan ko`p bo`lganligi
sababli barcha suvlar gidrokarbonatli, sul'fatli va xloridli suvlarga bo`linadi.
Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kal'tsiy va magniy tuzlarining ishtirok
etishi bilan belgilanadi va Sa2+ , Mg2+ ionlarining kontsentratsiyasi mmol' ekv/l bilan
ifodalanadi. Shuning bilan birga umumiy karbonatli va karbonatsiz qattiqlik bilan
farqlanadi (ajratiladi). Umumiy qattiqlik keyingi ikkala miqdorni, karbonatli - suvda
kal'tsiy va magniy bikarbonatlarining ishtirok etishi bilan bog’liq, karbonatsiz esa
kal'tsiy va magniyning sul'fatlari, xloridlari va nitratlari bo`lishi bilan bog’liq.
Suvning fizik xossalari. Toza suvning zichligi 15 oS va atmosfera bosimida 999 kg/m3
ga tengdir. Suv tarkibidagi aralashmaning kontsentratsiya ortishi bilan uning zichligi
ham o’zgarib boradi. Tuzlarning kontsentratsiyasi 35 kg/m3 bo`lgan dengiz suvining
o`rtacha zichligi O oS da 1028 kg/m3 ga ega. Tuzlarning miqdori 1 kg/m3 ga o`zgarsa
zichlik 0,8 kg/m3 ga o`zgaradi.
Harorat ortishi bilan suvning qovushqoqligi quyidagi holatda kamayib boradi:
T,
0
C 0 5 10 15 20 25 30 35
η, mPa S 1,797 1,523 1,301 1,138 1,007 0,895 0,800 0,723
Tuz miqdori ortishi bilan suvning qovushqoqligi xam o`sib boradi. SHuningdek suvning
sirt tarangligi 18 °C da 73 mN/m ni tashkil etsa, qarorat 100 °C bo`lganda 52,5 mN/m
ga tushadi. Harorat O °C da issiqlik siqimi 4180 Dj (kg x °C) bo’lsa, 35 °С da eng kam
miqdorni ko`rsatadi. Muzning suyuq holatga o`tish vaqtidagi erish issiqligi 330 kDj/kg,
bug’ hosil qilishdagi issiqlik esa atmosfera bosimida va qarorat 100 °C 2250 kDj/kg ni
tashkil qiladi.
Suvning elektr xossalari. Suv - kuchsiz elektr o`tkazgichdir: 18 °C da solishtirma elektr
o`tkazuvchanligi 4,9 Sm/m (4,41 . 10-8 Om . sm); dielektrik doimiysi 80 ga teng. Suvda
eriydigan tuzlarning bo`lishi uning elektr o`tkazuvchanligini oshiradi. Suvning bu
xossasi qaroratning o`zgarishiga to`qridan to`qri boqlik bo`ladi.
ONO +SL-----+S2NSOON
Suvning optik xossasi. Suvning tiniqligi va loyqaligi, uning tarkibidagi muallaq qolatda
turuvchi mexanik aralashmalarning miqdoridan boqliq. Suvdagi aralashmalar miqdori
qancha ko`п bo`lsa, uning loyqalik darajasi shuncha ortib boradi va bunga qarshi
102
o`laroq tiniqlik kamayib boradi. Tiniqlik o`lchanayotgан suvning ichki qatlamiga kirib
boruvchi nur yo`lining masofasi, ya`ni uzunligiga boqliq bo`ladi. Bunda ul'trabinafsha
nurlar suvdan oson o`tadi, ul'trakizil nurlar esa qiyin, ya`ni yomon o`tadi. Tiniqlik
ko`rsatkichini suvdagi kir aralashmalarning miqdorini aniqlashda va suvning sifatini
baqolashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |