109
tiklanadi. Tuproqning 1 sm qavatini tiklash uchun yuz yillar kerak. Oxirgi yillarda butun
dunyo mikyosida er resurslarini kamayib borishi kuzatilmoqda. Buning asosan ikkita
sababi bor:
1. Birinchisi - tuprоqning tabiiy jarayonlar (masalan, cho’llarni ortib borishi)
ta’sirida hamda xo’jalikni bilimsiz olib borish natijasida (yemirilish, tuzlanish)
degradatsiya va quvvatsizlanishidir. Tabiiy jarayonlar ta’sirida denudatsiya jarayoni -
ya’ni tog’ landshaftlarini buzilishi, quruqliklarni tarqalishi, tuprоq qatlamini suv va
shamol bilan surilib ketishi - amalga oshiriladi.
Tabiiy jаrаyonlar ta’sirida denudatsiya jаrаyoni - ya’ni tog landshaftlarini buzilishi,
quruqliklarni tarqalishi, tuprоq qatlamini suv va shamol bilan surilib ketishi - amalga
oshiriladi.
Tuproqlardan notugri foydalanish, ularning еroziyasiga, ya’ni tuprоq qavatini
buzilishiga olib keladi. Еroziyaning quyidаgi turlari mavjuddir: shamol, suv, irrigatsion,
texnik еroziyasi.
Tuproq bilan o’simliklar orasidagi muvozanat buzilib ketsa, еroziya tezlashadi va
chullarini tarqalishiga olib keladi .
2. Ikkinchisi - texnik progress, industrializatsiya urbanizatsiya ta’sirida er
resurslarini kamayib ketishi.
Hozirgi vaqtda shaharlarni, sanoat markazlarini qurishga, tog’-kon ishlarini olib
borishga еgallanayotgan yer maydonlari doimo kengayib kelmoqda. Bugungi kunda
shaharlar, qishloq xo’jalik inshootlari, komunikasiyalar, suv omborlari va boshqa
inshootlar quruqlikning 4 % ni еgallaydi. Yer sayyoramizda еsa quruqlikni atigi 11 % ni
qishloq mahsulotlarini ishlab chiqаrishga yaraydigan erlardir. Qolgani еsa qurgoqlik
yoki muzlik zonalari. Yer fondini saqlab qolish uchun kurashish - insoniyatning muhim
vazifalaridan biridir. SHu borasida asosan quyidаgi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
1. O’rmоn, o’simliklarni saqlash, qishloq xujaligini olib borishni zamonaviy
shakllarini qo’llash xisobiga cho’llarni tarqalishini tuxtatish.
2. Yerlarni rekultivatsiyalash.
3. Quruqliklarni o’zlashtirish, botqoqlarni quritish, tuprоqlarini еroziyasiga qarshi
kurashish .
4. Industriyaning (urbanizatsiyaning) bostirib kelishini chegaralash, ya’ni sanoat
kompleks va markazlarni kichik maydonlarda - tepaga karab barpo еtish.
Er resurslarini saqlab qolishda suvni saqlab tuprоqni kurishidan ximoya qilаdigan
o’simliklarni, ya’ni o’rmоnlarni ahamiyati juda katta.
Rekultivatsiya deganda buzilgan tabiiy territorial komplekslarni yaxshilash va qayta
tiklashga karatilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Buzilgan erlarning maxsuldorligini va xalk xujaligidagi qayta
tiklash maksadida olib
boriladigan ishlar ikkita bosqichdan iboratdir:
1. Tog’-texnik rekultivatsiyasi - bu yer maydonlarini keyinchalik o’zlashtirish
maksadida tayyorlashdir (otvallarni planlashtirish, ularni maxsuldor tuprоqlar bilan
koplash, va x.k.)
2. Biologik rekultivatsiya - bu erlarni biologik xossalarini, ya’ni maxsuldorligini
qayta tiklashga karatilgan chora tadbirlardir; ular tog texnik rekultivatsiyasidan keyin
olib boriladi.
Hozirgi kundagi katta muammolardan biri bu cho’llarni tarqalishini to’xtatishdir.