Ton r maxsu kent d ogik


Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li (1878—1931)



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/88
Sana21.05.2021
Hajmi0,68 Mb.
#65063
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi

3.Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li (1878—1931) 
Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li Turkiston tarixida milliy maorif va madaniyat, ijtimoiy-
siyosiy sohada tub burilish yasagan, jadidchilik harakatining tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. 
U o‘z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik harakatining 
Toshkentdagi “Sho‘roi Islomiya”, Qo‘qondagi “Turkiston muxtoriyati” tashkilotlariga rahbarlik qilgan. 
Abdurashidxon Sotiboldixon olim o‘g‘li Munavvar qori 1878 yilda Toshkent shahrining markaziy 
dahasi — Shayx Xolvand Taxurning Darxon mahallasida mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida 
dunyoga keladi. U yetti yoshida otasidan ajraydi. Dastlabki ta’limni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi 
chiqgach, o‘sha davrdagi yirik maktabdorlardan biri — Usmon domlada o‘qiydi, so‘ng Toshkentdagi 
Yunusxon madrasasida tahsil ko‘radi. Biroq, o‘sha davrda O‘rta Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. Shuning 
uchun u 1898 yilda Buxoroga borib, madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo ko‘p o‘tmay, 
moddiy qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik qiladi. Shu davrda 
Toshkentda ham jadidchilik harakati kuchayib boradi. Munavvar qori ham taraqqiyparvarlar safiga 
qo‘shilib, tezda uning yo‘lboshchisiga aylanadi. U ayniqsa Ismoilbek G‘aspiralining “usuli savtiya” 
maktabiga, chor hukumati mustamlaka o‘lkalardagi aholini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlagani va 
undan qutulish choralari haqidagi fikrlariga havas va ixlos bilan qaraydi. Chunki, bu davrda birinchidan
eski arab va fors maktabi uslubida faoliyat ko‘rsatuvchi ibtidoiy maktablaru madrasalarning o‘quv 
pedagogika ishlari ancha eskirib qolgan edi. Ikkinchidan, chor hukumati Turkiston o‘lkasida maorifni 
rivojantirmaslik uchun astoydil harakat boshlab yuborgan edi. O‘lka aholisini ruslashtirish siyosati birinchi 
o‘rinda turar edi. 
Munavvar qori 1901—1904 yillarda qrimlik do‘sti Rasm Keshod yordamida Toshkentda “usuli 
savtiya” maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda imomlik ham qiladi. 1906 yilda esa yangi usul maktabi 
sohasidagi faoliyatini o‘z uyining tashqari hovlisida davom ettiradi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay maktab uchun 
ikki xonalik qo‘shimcha bino qurdiradi. Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug‘i ortadi, bolalar soni 


ko‘payib ketadi. Natijada qori akaga hammahalla bo‘lgan Buvaxon to‘ra Poshshaxon o‘g‘lining tashqi 
hovlisida maktabning ikki sinfli sho‘’basi ochiladi. Bu yerda 1, 2-sinflarni bitrgan bolalar o‘qishni 
Munavvar qori hovlisida davom ettirganlar. 
1913—14 o‘quv yilida maktabda yuqori sinflar (5 va 6-sinflar) ochila boshlaydi. To‘rtinchi sinfdan 
rus tili ham o‘quv fani sifatida o‘rgatiladi. U maktabni isloh qilmay turib, odamlarning ongida o‘zgarish 
yasab bo‘lmasligini yaxshi tushunib yetgan edi.  
Munavvar qori maktab tartib qoidalariga qat’iy amal qilishni muallimlardan ham talab qilgan, 
bolalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lishni, ularni urish va jerkishni taqiqlagan. U bolalarga beriladigan jazo 
va tanbeh juda demokratik va insonparvarlik ruhida bo‘lishi lozim, deydi.  
Munavvar qori ziyoli yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm-fanni o‘rganishni targ‘ib qiladi. 
Masalan, u 1916 yili Toshkentda yig‘ilishda nutq so‘zlab shunday deydi: “O‘zbek ziyoli bolalarining 
Germaniyaga yuborib o‘qitishga juda muhtojmiz, bolalar o‘qub, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta 
xizmat qila oladilar”. 
Munavvar qori 1909 yili Ubaydulla Xo‘jaev, Abdullo Avloniy, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, 
Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda toshkentlik bir boyning raisligida “Jamiyati xayriya” 
tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilarga, o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi va bu 
bilan cheklanmaydi, u Rossiya va Turkiyadagi oliy o‘quv yurtlariga talabalar yuborish bilan ham 
shug‘ullandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda shu jamiyatning yordami bilan Mirmuhsin 
Shermuhammedov Ufadagi “Oliya” madrasasida o‘qigan. Munavvar qori 1906 yil sentyabrida “Xurshid” 
jurnalini nashr ettirib, o‘zi muharrirlik qiladi. Bu jurnal o‘zbek xalqining ko‘zini ochishga, fikriy 
uyg‘onishga, o‘z haq-huquqini tanishiga xizmat qilgani uchun oq poshsho malaylari tomonidan tezda 
yopib qo‘yildi.  
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan, u ko‘p ulug‘ adiblarning asarini 
mutolaa qilgan. Ma’lumki, zolim Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda “Front orqasidagi xizmatlar uchun 
Turkiston, Sibir va Kavkaz inonarodeslaridan o‘n to‘qqizdan 31 yoshgacha er kishilardan mardikorlikka 
olish haqida 1526 raqamli farmoni e’loni qilinadi. Bu noqonuniy farmonni o‘lka qonini so‘rib yotgan 
gubernatorlar bosh-boshdoqlik bilan amalga oshiradilar. Oqibatda, Turkistonning ko‘pgina viloyat va 
shaharlarida aholi o‘rtasida norozilik tug‘ilib rasmiy isyonlar boshlanib ketadi. Isyonlar shafqatsizlik bilan 
bostiriladi. Ana shu pallada toshkentlik taraqqiyparvar kishilar sukut saqlamay, aholiga yordam berishga 
kirishadilar. Ushbu harakat natijasida “Turkiston mardikorlikka olish qo‘mitasi” tashkil etiladi. Munavvar 
qori shu qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylanadi. U chor hukumati olib borayotgan bu siyosatning 
noto‘g‘riligini xalqqa tushuntiradi va bu masalada Peterburgga vakil yuborishni tashkil etish ishlarida faol 
qatnashadi. 
O‘zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan buyuk murabbiy 1918 yil may oyida Toshkent shahrida 
“Turk o‘chog‘i” ilmiy-madaniy jamiyati tuzadi. U bu jamiyatni Turkiston turklarini milliy tug‘ ostiga 
to‘plab, alarga ruh va ma’rifatlarimizni, tijorat, ziroat va san’atimizni rivojlantirib, chin madaniyat vujudga 
keltirmak va shu tariqa millatimizni ruhiy va jismoniy quvvatini orttirish maqsadida tashkil etgan edi. 
Munavvar qori ana shu g‘oya asosida ish olib boradi. 
U insonning ma’rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha vijdon uyg‘onmasa na o‘zini, na xalqining 
erkini muhofaza qilaolishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan o‘z asarlarida ifoda etadi. 
“So‘nggi ikki yil ichida, — deydi u, — Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar har biri yolg‘iz 
nodonlik va maorifsizlik orqasidangina bo‘lganligi har kimga ma’lumdir. Kelajakda bunday falokatlardan 
qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va dushmanlardan saqlamoq yolg‘iz maorif 
vositasi ilagina mumkindir”, deydi u. 
Ha, bu Munavvar qorining imon-e’tiqodidan, vijdonidan dalolat edi. Zero, toshkentlik jadidlar — 
taraqqiyparvarlar millatni illatdan, asoratdan ma’rifatgina qutqaza olish haqidagi xulosaga keladilar. 
Umuman, Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li ma’rifatparvar inson, istiqlol uchun kurashgan, 
pedagogik fikr rivojiga munosib hissa qo‘shgan mutafakkir olim sifatida shuhrat qozondi. 
O‘z xalqini, vatanini joni-dilidan sevgan Munavvar qori Abdurashidxonov shaxsga sig‘inishning 
dastlabki qurbonlaridan biri bo‘ldi. U avval Toshkentda, so‘ng Moskvada tergov qilinib, otib o‘ldirishga 
hukm etiladi. Bu ulug‘ insonning ismi sharifi xalq yodidan hech qachon o‘chmaydi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish