2. Amperоmetrik titrlash egri chiziqlari. Amperоmetrik titrlash turlari



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#658012
Bog'liq
Amperomerik titrlash



Amperоmetrik titrlash. 
Reja:
1. Kirish. 
2.Amperоmetrik titrlash egri chiziqlari. 
3.Amperоmetrik titrlash turlari. 
4.Amperоmetrik titrlashni amalga оshirish shartlari. 
5.Amperоmetrik titrlashning avzalliklari. 
6.Amperоmetrik titrlashning amalda qo’llanishi. 
7.Tayanch ibоralar. 
8.Nazоrat uchun savоllar. 
9.Fоydalanilgan adabiyotlar. 
1.Kirish: 
Amperometrik titrlash nima?
Polyarografiya analiz qilinayotgan modda konsentrasiyasini bevosita 
aniqlashdan tashqari titrlash jarayonida ekvivalentlik nuqtasini topish uchun ham 
qo'llaniladi. Amperometrik titrlashning mohiyati aniqlanuvchi moddaning yoki titrant 
(ma'lum konsentrasiyali reagent) konsentrasiyasining o'zgarishi natijasida o'zgaruvchi 
diffuzion tok qiymatlarini o'lchashdan
iborat. 
Aniqlanuvchi kattalik mikroamperlarda (mka) o'lchanuvchi tok bo'lgani sababli 
bu usulni 
amperometrik titrlash
deyiladi. 
Amperometrik titrlashni o'tkazish uchun tekshiriluvchi polyarografik faol modda 
eritmasining bir qismi olinib, unga zaruriy reagentlar va fon qo'shiladi, so'ngra 
amperometrik (polyarografik) qurilmaga ulanadi. Yarim to'lqin potensialidan bir oz 
kattaroq potensial beriladi va yacheykadagi modda titrant yordamida titrlanadi. 
Amperometrik titrlash jarayonida reaktivdan oz-ozdan qo'shilgandan keyin 
chegara 
toki
qiymatiga mos keluvchi kuchlanishdagi tok kuchi belgilanadi. Ushbu ma'lumotlar 
asosida tok kuchi - titrant hajmi koordinatalarida amperometrik titrlash egri chizig'i 
yasaladi va grafik usulida ekvivalentlik nuqtasi topiladi.
Amperometrik titrlashda qanday elektrodlar ishlatiladi?
Amperometrik titrlashda indikator elektrodlar sifatida aylanuvchi 
platina, 
grafit
va boshqa qattiq elektrodlar ishlatiladi.Qattiq elektrodlar platina, oltin, tantal 
singari inert materiallardan yasaladi. 
Keyingi vaqtlarda grafitning_g'ovaksiz turlaridan 
o-pirografitdan
(
shisha-
uglerod, ko'mir-sital)
yasalgan elektrodlar keng qo'llanila boshlandi. Bunda ikkinchi 
elektrod sifatida o'tuvchi tok ta'sirida qutblanmaydigan, ancha katta yuzali har qanday 
taqqoslash elektrodidan foydalanish mumkin. Ko'pincha 
kumush xloridli
yoki 
kalomel elektrodlar
ishlatiladi. Indikator elektrodning potensiali titrlash davomida 
o'zgarmaydi.
2.Amperоmetrik titrlash egri chiziqlari qanday hosil qilinadi? 
Amperometrik titrlash egri chiziqlarining 
ko'rinishi
elektrod reaksiyasida, 
titrlash reaksiyasining qaysi bir komponenti -aniqlanuvchi modda, titrant yoki reaksiya 
mahsuloti ishtirok etishiga qarab o’zgaradi. 


Amperometrik titrlash usulida kimyoviy reaksiyalarning uch turidan:
1) 
cho'ktirish reaksiyalari, 2)oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va
3) kompleks 
hosil qilish reaksiyalaridan foydalanish mumkin.
3. Amperоmetrik titrlashning qanday turlari mavjud? 
3.1. Titrant toki bo'yicha titrlash.
Binda aniqlanuvchi ionlar elektrod-
reaksiyasini sodir qilmaydi, indikator elektrodda esa reaktiv ionlari qaytariladi yoki 
oksidlanadi. Aniqlanuvchi modda eritmasiga, masalan, katodda qaytarilish xossasiga 
ega bo'lgan va aniqlanuvchi ion bilan cho'kma hosil qiluvchi ionlarning standart 
eritmasi qo'shiladi. Titrlanuvchi eritmada indikator mikroelektrodda ayni potensialda 
qaytariladigan (oksidlanadigan) ionlar bo'lmagani sababli qo'shilayotgan ionlar 
cho'kmaga o'tib bo'lgunicha tok kuchi o'zgarmaydi. Ammo tok kuchi nolga teng 
bo'lmaydi, chunki titrantning dastlabki tomchilari qo'shilgandayoq cho'kma hosil 
bo'ladi, uning ustidagi eritmada esa kichik, lekin muayyan konsentrasiyali (bu 
konsentrasiya cho'kmaning eruvchanlik kc'paytmasiga bog'liq, binar elektrolitda esa
ga teng) elektrod reaksiyasini sodir etuvchi cho'ktiruvchi ionlar bo'ladi. Ekvivalentlik 
nuqtasidan keyin eritmada indikator elektrodda qaytarilishi yoki oksidlanishi mumkin 
bo'lgan titrant ionlarining ortiqchasi paydo bo'lganida tok kuchi qo'shilayotgan titrant 
hajmiga mutanosib ravishda ortib boradi (b egri chizig'i). Grafikda bukilish nuqtasi 
ekvivalentlik nuqtasiga mos keladi. 
Aniqlanuvchi ion (modda) va titrant toki bo'yicha titrlash.
Aniqlanuvchi ion 
va reaktiv tanlangan potensialda indikator elektrodda qaytarilishi yoki oksidlanishi 
mumkin. Titrlash boshlanisida galvanometr aniqlanuvchi ionlarning 
chegara tokini
ko'rsatadi, bu tok cho'ktiruvchi qo'shilishi bilan kamayib boradi. Ekvivalentlik nuqtasida 
tokning qiymati 
minimal
va cho'kmaning 
eruvchanlik ko'paytmasi
ga bog'liq bo'ladi. 
So'ngra eritmada cho'ktiruvchining (cho'ktiruvchi .ionlarning) ortiqchasi paydo bo'ladi 
va tok kuchi yana orta boradi (1- rasm, v)egri chizig'i).
1.
Расм. 
Амперометрик 
титрлаш эгри 
чизиqларининг 
турлари. 
Boshqa turdagi 
reaksiyalardan foydalanilganda ham shunga o'xshash hodisalar ro'y beredi. Barcha 
hollarda ham ekvivalentlik nuqtasida titrlash egri chizig'ida bukilish hosil bo'ladi, 
ekvivalentlik nuqtasi shunga qarab topiladi.
Amperometrik titrlash usuli
-ba'zi 
hollarda, aralashmadagi alohida komponentlarni aralashmaning tarkibiy 
qismlarini oldindan ajratmay bevosita aniqlash imkonini beredi. 
Cho'ktirish 
reaksiyasidan foydalanilganda 
ikkita shartga
rioya qilish lozim: 
1)
Cho'ktiriluvchi birikmalarning eruvchanlik ko'paytmalari bir-biridan shu darajada 
farqlansinki, ularni qat'iy ketma-ketlikda cho'ktirish mumkin bo'lsin; 
2)
Reaksiyada ishtirok etuvchi komponentlarning elsktrokimyoviy xossalari 
titrlash egri chizig'ida-ekrivalentlik nuqtalariga mos keluvchn ikkita aniq ko'rinadigan 
bukilish (sinish) hosil bo'lishiga rioya qilish.
Ikkita uindikator 


elektrodli amperometrik titrlash.
Ikkita indikator elektrodidan foydalanib 
amperometrik titrlash keng tarqalgan bo'lib, u ba'zan 
bioamperometrik titrlash
yoki 
so'nggi nuqta usuli
ham deyiladi. 
Bitta indikator elektrod va taqqoslash elektrodidan foydalanib titrlashda 
taqqoslash elektrodining potensiali har qanday tok kuchida ham o'zgarmay qolaveredi. 
Bu elektrodlarga tashqaridan ma'lum kuchlanish berib, indikator elektrodning potensiali 
ham o'zgarmas holatda tutib turiladi. 
Ikkita indikator elektrod bilan titrlashda ikkalasi ham tekshiriluvchi eritmaga 
botirilgan bo'ladi va ular orasida ma'lum potensiallar ayirmasi paydo bo'ladi. Bunda 
elektrodlarda tegishli elektrkimyoviy jarayonlar sodir bo'la boshlaydi va natijada 
zanjirda tok paydo bo'ladi. 
Indikator elektrodlar bir xil yoki har turli bo'lishi mumkin, ammo har holda 
ulardan birining yuzasining kattaligi ikkinchisinikidan klassik amperometrik titrlash 
usulida bo'lganidek ancha katta bo'lmasligi kerak. Ko'pincha, ikkita teng o'lchamli 
platina elektrodlardan foydalaniladi. 
Ikki indikator elektrodli amperometrik titrlash 
qurilmasining sxemasi quyidagi 2- rasmda ko'rsatilgan. 
Agar titrlanuvchi sisterna elektrokimyoviy qaytar, titrant 
sistemasi esa qaytmas bo'lsa, titrlash egri chizig'i 
ekvivalentlik nuqtasigacha 3-rasmda keltirilgan
egri chiziq singari boiadi.Ekvivalentlik nuqtasidan 
keyin tok ko'paymaydi, balki nolga tengligicha 
qoladi. 
(2 
egri chiziq) Misol tarzida
Fe
+a
ni kaliy 
permanganat bilan titrlashni keltirish mumkin: 
5Fe
+2 
+ MnO4
-
+ 8H
+
-------- 5Fe
3+ 

Mn
+2
+ 4H
2

Kuchlanish doimiy boiganida titrlashdan oldin 
zanjirda tok paydo bo'l- maydi, chunki Fe+
2
ning anodda elektrkimyoviy oksidlanishi 
uchun anchagina katta kuchlanish 
(~ 1,0 V)
talab etiladi. Titrlash davom etgan sari 
eritmada Fe (III) ionlari ko'payib boradi va 
Fe (III)/ Fe(II) 
jufti qaytar bo'lgani
(Fe(II)ning anodda oksidlanish potentsiali bilan Fe(III)ning katodda qaytarilish
potentsiali bir-biriga teng) tufayli katod va anodda elektrod jarayonlarini sodir bolishi
uchun minimal kuchlanishning o'zi etarlidir: 
Fe 
+3
+
e Fe
+2
k a t o d d a
Fe-

--
e Fe+
3
a n o d d a 
Titrlashda tok 
ortib borib, temirning eritmadagi oksidlangan va 
qaytarilgan shakllarining kontsentratsiyalari (50% titrlab bo'linganida) maksimal 
qiymatiga etadi. Titrlash davom ettirilganida eritmadagi Fe
+2
ning miqdori Fe
+3
nikiga nisbatan kamayib boradi, zanjirdagi tok ham kamayib boradi va ekvivalentlik 
nuqtasida qiymati nolga tenglashadi. Titrant-qo'shish yana davom ettirilganda titrantni 
oksidlanish — qaytarilish jufti.
MnO
4
/Mn
+2
qaytmas bo'lgani sababli tok 
o'zgarmaydi, potentsiallar ayirmasining bu qiymatida 
Mn
2+
ano'd oksidlanmaydi. 


Ikkita indikator elektrod bilan titrlash usulidan, ko'pincha, oksidlanish — 
qaytarilish reaktsiyalariga asoslangan aniqlashlarda foydalaniladi. Lekin bu usulda 
cho'ktirish va neytrallash reaktsiyalaridan ham foydalanish mumkin. Bunga 
elektrometrik 
deb ataluvchi indikatorlarni joriy qilish tufayli erishildi. Masalan, 
kislota eritmasini ishqor eritmasi bilan titrlash uchun titrlanuvchi eritmaga yod 
eritmasidan bir necha tomchi qo'shiladi. Ekvivalentlik nuqtasigacha zanjirda tok 
deyarli bo'lmaydi. Ekvivalentlik nuqtasidan keyin eritmada ortiqcha ishqor 
paydo bo'lganida yodid ionlar hosil bo'ladi va 
I2/21"
jufti vujudga kelib, u tok 
kuchining ortishiga sabab bo'ladi. 
Cho'ktirish reaktsiyasidan foydalanilganda eritmaga elektrometrik indikator 
ta’sirida, odatda, reaksiya komponentlaridan biri bilan juft hosil qiluvchi ion 
kiritiladi. Masalan, Zn(II), Ca(II) ionlari va ko'pgina boshqa kation» larni Sn 
ishtirokida kaliy geksatsianoferrat (II) bilan titrlash mumkin. 
Ikki indikator elektrod bilan titrlashning oddiy amperometrik titrlash usuliga 
nisbatan katta afzalligi shundaki, ekvivalentlik nuqtasida tok kuchi juda keskin 
o’zgaradi va titrlash egri chizig'ini chizishga ham hojat qolmaydi. Bu esa 
analizni ancha soddalashtiredi va tezlashtiredi. 
Ampermetrik titrlash qanday amalga oshiriladi?
Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish talab etiladi: 
1.Elektrodlarni ishlashga tayy'rlash uchun ular 
HNO3 
(1:1) eritmasi bilan 
yaxshilab yuviladi va distillangan suvda ko'p marta chayiladi; tomuvchi simob 
elektrod uchun simob tomishining zaruriy tezligi o'rnatiladi. 
2.Amperometrik qurilmayig'iladi,yoki polyarografdan foydalanilga- nida 
elektrodlarni qutbiga rioya qilib tegishli klemmalarga ulanadi. 
3.Byuretkaga titrant eritmasi to’ldiriladi. 
4.Titrlash idishiga tekphiriluvchi eritma va fon elektrolit erit-masi 
solib,elektrodlar botiriladi. 
5.Ishni bajarish uchun zarur bo'lgan potentsial potentsiometr y'ki reostat 
vositasida o'rnatiladi va indikator elektrodning aylanish chastotasi minutiga 
200— 600 marta oralig'ida bo'ladigan qilinadi. Tomuvchi simob elektrod yo’ki ikkita 
indikator elektroddan foydalanilganida eritmani aralashtirish uchun magnitli 
aralashtirgich ishlatiladi. 
6.Eritma titrantni 0,1 ml dan qo'shib titrlanadi va mikroampermetrning 
ko'rsatishlari keskin o'zgarishigacha qayd qilib boriladi. Titrlash ekvivalentlik 
nuqtasi yaqinida titrantni oz-ozdan qo'shish yoli bilan bir necha marta 
takrorlanadi. 

7.Titrlash natijalari bo'yicha 
I — V
koordinatalarda titrlash egri chizig'i chizi-
ladi va egri chiziqning sinishi (egilishi) bo'yicha ekvivalentlik nuqtasiga mos keluvchi 
titrant hajmi aniqlanadi. Shundan keyin eritmaning titrlashdan oldin 
suyultirilganligini e'tiborga olib, aniqlanuvchi modda miqdori hisoblab chiqiladi. 
Hisoblashda titrimetriyada foydalaniladigan formulalar qo'llaniladi. Titrlash 
tugagach, amperometrik qurilma qismlarga ajratiladi, tok manbaidan uziladi, 
elektrodlar va byuretka distillangan suv bilan yuviladi. Taqqoslash elekt- 
rodi KCl ning to'yingan eritmasiga (yo’ki elektrodga quyiladigan boshqa elek-


trolitga botirib qo'yiladi;qattiq elektrodlar havoda saqlanadi, tomchilanuvchi simob 
elektrodning kapillyar naychasi esa distillangan suvda saqlanadi. 
Potentsialni tanlash uchun titrlash oldidan toki bo'yicha titrlash olib borila-digan 
elektrkimyoviy faol birikmaning voltamper egri chizig'i qayd etiladi. 
5.Amperometrik titrlashirng qanday afzalliklari bor?
Boshqa fizik-kimyoviy titrlash usullariga (potentsiometrik, konduktomet-rik), 
shuningdek, hajmiy indikatorli titrlashga nisbatan amperometrik titrlashning afzalligi 
shundaki, bu usulda titrlash egri chizig'ini tuzish uchun ekvivalentlik nuqtasidan 
uzoqroqda joylashgan bir necha nuqtani olishning o'zi kifoya va bu nuqtalar eritmada 
reaktsiyaga kirishuvchi moddalardan birining ortiqchasi mavjud-ligida olinadi. 
Amperometrik titrlashda cho'ktirish reaktsiyalaridan foydalanilganda titrlash egri 
chizig'i uchun nuqtalar cho'kmaniht eruvchanligi ekvivalentlik nuqtasidagidan kamroq 
bo'lgan sharoitda olinadi. Shu tufayli bu usuldan ancha yaxshi eruvchan cho'kmalar 
hosil qiladigan rroddalarni aniqlashda na potentsiometrik va na indi-kator usullar yaxshi 
natija bermaydigan hollarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, analizning boshqa 
elektrometrik usullaridan farqli ravishda bu usul moddaning juda suyultirilgan 
eritmalardagi (polyarografik usuldagidan ham ko'proq suyultirilgan) kam 
miqdorlarini aniqlashga imkon beredi. 
Polyarografiyada aniqlan ivchi rhodda kontsentratsiyasi 10
-4
mol/1 dan kam 
bo'lganida 'aniqlanuvchi ion to'Iqini juda kichik bo'ladi, galg'vano-metrning 
sezgirligini oshirish esa aniqlashni qiyinlashtiruvchi qoldiq tok ta'-sirining 
kuchayishiga olib keladi. Amperometrik titrlashni modda kontsen-tratsiyasi 10~

mol/1 bo'lganida ham o'tkazish mumkin. Shu sababli ekvi-valentlik nuqtasidan 
keyin elektrodda titrant ionining oksidlanishi y'ki qayta-rilishiga muvofiq keladigan 
tok kuchi anchagina katta bo'lishi mumkin, bun-da ekvivalentlik nuqtasida 
titrlanuvchi ionning kontsentratsiyasi oz bo'lishiga qaramay titrlash egri chizig'idagi 
egilish keskin bo’ladi. 
Amperometrik titrlash usulida organik reaktivlardan keng foydalanish 
mumkin. Potentsiometrik titrlashda esa tegishli indikator elektrodlar yo'qligi 
tufayli ko'pincha bu reaktnvlarni ishlatish mumkin bo'lmaydi. 
Indifferent elektrolitning tabiati, kapillyar xarakteristikasi va simob bosimi 
aniqlash natijalariga polyarografik aniqlashlardagi kabi ta'sir ko'rsatmagani 
sababli amperometrik titrlash usulinnng aniqligi yuqoriroq bo'ladi. 
6.Amperometrik titrlash amalda qaerlarda qo’llaniladi? 
Volg'tampermetriya usuli ko'pchilik metallarni aniqlash uchun 
qo'llaniladi.Kadmiy, kobalt, mis, qo'rg'oshin, marganets, nikel, qalay, rux, 
temir, vismut, uran, vanadiy va ko'pgina boshqa metallarni, rudalar, kontsen-
tratlar, qotishmalar va
boshqa tabiiy hamda texnik ob'ektlar tarkibidan aniqlash 
mumkin. Shuningdek, ko'pchilik organik birikmalarni ham aniq-lasa bo'ladi. 
Yarim toiqin potentsiallari bir-biridan anchagina farqlanadigan bo'l-ganda
aralashmadagi bir necha komponentni bir-biridan ajratmay turib miqdoriy aniqlash 
mumkin. 
Polyarografik usuldan biologik muhim materiallar: qon, zardob va 
boshqalarni tekshirishda keng foydalaniladi. 


Amperometrik titrlashdan turli tabiiy va texnik(oqavo) suvlardagi, mineral 
xom ashy'dagi va uni qayta ishlash mahsulotlaridagi kation va anionlarni aniq-lash 
uchun foydalaniladi. 
Amperometrik titrlashga tezkorlik tanlovchanlik, sezgirlik xos bo'lib, uni 
10~

mol/1 va undan ham suyultirilgan eritmalarda, loyqa va rangli erit-malarda 
o'tkazish mumkin. 
Voltampermetriya usuli ancha
;
universalroq bo'lgani uchun undan turli- 
tuman ob'ektlarni tekshirish uchun foydalanish mumkin. 
Polyarografik 'analizda xatolik odatdagi sharoitda 10~-
3
—10-

mol/1 
kontsentratsiyali eritmalar uchun ±2% ni tashkil qiladi, yanada suyultirilgan 
ertmalar bilan nshlanganda esa xatolik ±5% gacha etadi. 
7. Tayanch iboralar 
Amperometrik titrlash, titrant to’ki, tirirlash egri chiziqlari, elektrоd-lar, 
kumush xlоridli, kalоmenli,pirografit,shisha-uglerоd, ko’mir-sital, cho’k-
trish,оksidimetriya,kоmlektsоnоmetriya,biamerоmetrik titrlash so’ngi nuqta. 
8.Nazоrat uchun savоllar. 
1.Amperоmetrik titrlash deb nimaga aytiladi? 
2.Aperоmetrik titrlash egri chiziqlari qanday tоpiladi? 
3.Aperоmetrik titrlashning qanday turlari mavjud?
4.Titrant to’qi bo’yicha titrlash nima? 
5.Aniqlanadigan iоn va titrant to’ki bo’yicha titrlash nima? 
6.Amperоmetrik titrlashda qanday reaktsiyalardan fоydalaniladi? 
7.Ikkita elektrоtli titrlash qanday amalga оshiriladi?
8.Amperоmetrik tirlashda qanday shartlar bajarilishi lоzim? 
9.Amperоmetrik titrlashning qanday avzalliklari bоr? 
10.Amperоmetrik titrlash amalda qayerlarda qo’llaniladi 
9.Fоydalanilagan adabiyotlar. 
1.M.С.Mиркомилова. “Aналитик кимё” Tоshkent O’zbekistоn 1999 й. 
2.Ю.A. Золотов и др. “Основы аналитической химии” 2- том. M.“Высщая 
школа ” 1999 г. 
3.Ю.Н.Дорохова, Г.B. Прохорова “Aаналитическая химия.Физико-
химические методы анализа“M. Высщая школа. 1991 г.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish