O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Bo’riboy Ahmedov
. Buxoro xonligining XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida Jo’ybor xojalarining tutgan o’rni haqida, - Tarixdаn 
sаboqlаr. T.,1994, 24-37-bet.


83 
biror kimsa Shayboniyxonchalik ko‘p ishlatgan emas. Buni biz shoirning quyidagi satrlarida 
yaqqol ko‘ramiz: 
Jannati ma’vo degan bog‘i Samarqand emish, 
Kavsari a’lo degan obi Samarqand emish. 
Har nechakim o‘tsalar Xuld11 tog‘i toshini, 
O‘xshar anga dunyoda tog‘i Samarqand emish. 
Jilvai huru qusur har nechakim qilsalar, 
Nargisi mastonalari bori Samarqand emish. 
Bilki ato qiladi Haq har yonda Jo‘ybor, 
To‘rt orig‘i har taraf ori Samarqand emish. 
Har taraf bargzor bog‘lari erdi behisht. 
Necha desam vasfini koni Samarqand emish, 
Suyidur obi hayot, yeli turur jonfizo. 
Nuch dori izlasang qori Samarqand emish, 
O‘la yozib Balxda bad yilidan istab. 
Tegma Shayboniyga sen, shohi Samarqand emish.
Shayboniyxon Samarqandni o‘z asarlarida jannat makon deb kuylasa, Buxoroni Ka’ba 
saviyasida ulug‘lab: 
Bir xayolim bor ko‘ngulkim pir vafiy aylayin, 
Ul Buxoro shahrida Ka’ba tavofin aylayin. 
Shayboniyxon boshqa yurtlar, shaharlarda yurgan kezlarda ham Samarqand, Buxoro, 
Turkistonni sog‘inadi. Karmon, Shodmon, Qoqlik Darg‘on kabi qadimiy ariqlarning zilol 
suvlarini qo‘msaydi. U Movarounnahrdek go‘zal yurtni bizga Xudoning o‘zi qimmatbaho 
sovg‘a sifatida had’ya qilgan deb aytgan. Shayboniyxonning fanga, ma’rifat va madaniyatga 
bo‘lgan ijobiy qarashlari albatta uning vorislariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu boisdan 
ham Shayboniylardan bo‘lgan Ubaydullaxon, Abdulatif, Abdulaziz va Abdullaxonlar ilm-
ma’rifat va madaniyatga xayrixoh hukmdorlar sifatida o‘tganlar. Ubaydullaxon – 
Shayboniyxonning jiyani, Buxoro hokimi Mahmud Sultonning o‘g‘lidir. U 1533–1539-
yillarda Buxoro hukmdori bo‘lgan. Ubaydullaxon jasur va dovyurak lashkarboshi, qattiqqo‘l 
hukmdor va ijodkor adabiyotshunos edi. U Shayboniyxondan so‘ng kuchli va tartibli 
davlatgaasos soldi, olti marta Xurosonga lashkar tortib bordi, Eron qo‘shinlariga bir necha bor 
qaqshatqich zarbalar berdi. Xorazmni o‘ziga bo‘ysundiradi.
Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton «Ubaydi», «Ubaydullo», «Qul Ubaydiy» 
taxalluslarida she’rlar ijod qilgan. U fors, arab tillarini yaxshi bilgan, bu tillarda ham she’rlar 
yozgan. Ubaydullaxon «G‘ayratnoma», «Shafqatnoma», «Kitob us-salot» kabi masnaviy 
yo‘lida pandnoma-risolalar bitgan. U o‘z asarlarida Yassaviy dunyoqarashi g‘oyalarini asosiy 
yo‘nalish qilib olgan. Ubaydiyning o‘zbek, fors vaarab tilidagi she’rlaridan iborat uch devoni 
bir muqova ishiga joylashtirilgan. Bu uch tildagi devonning yagona qo‘lyozma nusxasi 1583-
ylda Mir Husayn al Husayniy tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, kitob «Kulliyot» deb atalgan. 
Bu qimmatli qo‘lyozmaasar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining 
qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. Shoirning boy adabiy merosi hali maxsus o‘rganilmagan. 
Ubaydiy o‘zining o‘zbek tilidagi g‘azal va ruboiylari, qit’a va tuyuqlari bilan hech shubhasiz, 
she’riyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. U o‘zining g‘azaliyotidaan’anaviy mavzular–
ishq-muhabbat, vafodorlik va do‘stlik ayol go‘zalligi va ochiq sadoqati kabilarni tarannum 
etadi. Shoir she’rlaridagi ifodaning o‘ziga xosligi yuksak axloqiy fazilat va go‘zal nafis 
dunyoviylikning o‘zaro uyg‘unligidir. O‘zbek she’riyatida ishqiy she’rlar ko‘p bo‘lsada 
Ubaydiy satrlari ularning birortasiga o‘xshamaydi.
Shoir Ubaydiy ijodi hali ochilmagan qo‘riq. Bu boy xazinani chuqur vaatroflicha 
o‘rganib, uni xalqimizning ma’naviy boyligiga olib kirish mamlakatimiz adabiyotchilarining 
vatanparvarlik burchidir. Shayboniylar sulolasi hukmdorlari orasida Abdullaxon alohida 
ajralib turadi. U kuchli va markazlashgan feodal davlat barpo etdi, fan va madaniyatning 
rivojlanishiga homiylik qiladi. Buxoro poeziyasi antologiyasining muallifi Hasan Hirosiyning 
bergan
ma’lumotlariga qaraganda XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida fan vaadabiyot 
bilan 250 dan ortiq namoyondalar shug‘ullangan. 


84 
Ashtarxoniylardan bo‘lgan Subxonqulixon saroyida 1692-yilda Muhammad Bodi as-
Samarqandiy tomonidan Buxoro poeziyasining antologiyasi tuzilgan. Bu antologiyada o‘sha 
davr adabiy arboblaridan 150 tasi to‘g‘risida tarjimayi hol ma’lumotlari berilgan. 
Subxonqulixonning o‘zi ham ilm-ma’rifatli hukmdor edi. U ko‘proq tibbiyotga qiziqardi. 
Subxonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona (dori-sh-shifo) qurdirdi. Unda bemorlar 
davolanar va tibbiyot fani o‘rganilar edi. Subxonqulixon yaxshigina shoir ham bo‘lgan. 
«Nishoniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Subxonqulixon kattagina shaxsiy kutubxonaga 
ega bo‘lgan va unda juda ko‘plab noyob kitoblar saqlangan. O‘zbekiston Respublikasi 
FAning Sharqshunoslik institutida uning kutubxonasida mavjud bo‘lgan noyob kitoblardan 
ba’zi birlari va Subxonqulixonning shaxsan o‘z qalamiga mansub manba’lar, yoki uning 
haqida
yozilgan asarlar saqlanadi.
Ma’rifatparvar xonlar saroyida to‘plangan olimlar, shoir va yozuvchilar ilm-fanning 
turli yo‘nalishlari bo‘yicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon madaniyati xazinasiga 
munosib hissa qo‘shdilar.
XV asr oxiri va XVIII asrlar davomida tarix ilmi bobida juda katta monumental 
asarlar yaratiladi. Muhammad Haydar yoki Mirzo Haydarning «Tarixi Rashidiy», Ma’sud ibn 
Usmon Ko‘histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy», Muhammad Solihning «Tavorihi guzida 
Nusratnoma», Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma», Fazlullox ibn Ro‘zbexonning 
«Mehmonnamayi Buxoro», Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharofnomayi Shohiy» yoki 
«Abdullanoma», Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf 
Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy» asari va boshqalar shular jumlasidandir.
Aniq va tabiiy fanlar taraqqiyoti ruhoniylar va din peshvolari tomonidan ma’lum darajada 
cheklab qo‘yilgan edi va bu fanlar bo‘yicha qilingan ilmiy kashfiyotlar xudoga, olloh
irodasiga shak keltiradi deb hisoblangan. Mana shunday bir sharoitda Mutribiy dunyo 
xaritasini chizgan. Bu xaritaAmin Ahmad Roziyning 1693-yilda tuzgan «Xaft iqlim» («Yetti 
iqlim») nomlangan Jug‘rofiy-biologiyaga oid lug‘atiga ilova qilingan.
1541-yilda Muhammad Husayn ibn al Mironi as-Samarqandiy tibbiyot va 
formakologiyaga oid ilmiy asar yozib, unda dorivor o‘simliklari, dori tayyorlash va uni 
saqlash sirlarini batafsil ko‘rsatib bergan. U ko‘z tabibi shoh Ali ibn Sulaymon Navro‘z 
Ahmadxon huzurida ishlagan. «Tabiblik dasturulamali» riso- 
lasini yozgan.Bu davrda musiqa ilmi, hattotlik miniatyura san’ati sohasida ham bir qator 
yangiliklar yaratildi. Jumladan XVI asrda Buxoro- 
da yashab o‘tgan Najmiddin Kavkabiy (1531-yilda vafot etgan) musiqa ilmiga oid «Risolai 
musiki» bir asar yozadi. Musiqa haqidagi «Zamzama-yi vaxdad» nomli asar Boqiyayi 
Namniy qalamiga mansub edi. U har xil janrdagi 12 maqom tizimining mashhurbilimdoni 
bo‘lgan. 
Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Xiraviy, Mahmud ibn Is’hoq ash Chiqobiy va 
boshqalar husnixat bobida tengsiz va mohir bo‘lganlar. 1586–1587-yillarda Darvish 
Muhammad ibn Do‘stmuhammad Buxoriy «Xattolik san’ati» nazariyasiga oid asar yozgan. 
Shu davrda «Fathnoma», «Tarixi Abulxayrxoniy», «Shayboniynoma» vaAlisher 
Navoiyning asarlariga yuqori badiiy did va bo‘yoqlarda miniatyuralar va suratlar solingan. 
Rassomchilik sohasida Jaloliddin Yusuf, saroy rassomi Keldi Muhammad va boshqalar 
barakali ijod qilganlar. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatlari turkiy va fors-tojik 
xalqlarining qurama ittifoqidan tashkil topgan edi. Shu boisdan turmushda ham, adabiyotda 
ham o‘zbek va tojik tillari keng qo‘llanib kelingan. Bu hududlarda yashovchi xalqlar ikki tilda 
bemalol o‘zaro muloqotda bo‘lganlar, quda-andachilik qilganlar. An’anaga ko‘ra esa fanda, 
adabiyotda va maktabda tojik vaarab tillarining nufuzi saqlanar, idora ishlarida tojik tilini 
qo‘llanish davom etardi.
Temuriylar davridan e’tiboran tojik tili bilan bir qatorda o‘z asarlarini turk-o‘zbek 
tilida yozadigan olimlar, shoir va yozuvchilar ko‘payaverdi. 
XV asrning oxiri XVIII asrlarda Movarounnahr o‘zining badiiy ijod bobidagi tarixiy 
an’analarini davom ettirdi. Bu davrda badiiy ijodning turli janr va yo‘nalishlarida ijod qilgan 
ko‘plab shoir va yozuvchilar yetishib chiqdilar. Ular o‘z ijod durdonalari bilan jahon fani va 
madaniyati xazinasiga munosib hissa qo‘shdilar. Binoiy, (asli ismi Kamoliddin Ali ibn 


85 
Muhammad Sabz ) (1453–Hirot, 1512–Qarshi) Xurosonlik mashhur shoir, musiqashunos va 
tarixchidir. Uning hayoti temuriylar toj-u taxt uchun hayot-mamot kurashi olib borgan 
g‘oyatda og‘ir va murakkab bir davrda kechadi. Shu bois u nihoyatda qarama-qarshi hayot 
yo‘lini bosib o‘tadi. 1458-yilning kuzidaAbu Said Hirot yonida Jahonshohni tor-mor keltirib 
ikki o‘rtada bitim tuzilgach Xuroson Abu Said ixtiyorida qoladi, G‘arbiy Eronda esa 
Jahonshoh hukmdor bo‘ladi. Jahonshoh Hirotdan juda ko‘p ulamo, Shuaro va 
hunarmandlarni, shular qatorida 6 yashar Kamoliddinning otasini ham binokor usta 
bo‘lganligidan o‘zi bilan birga olib ketadi. Kamoliddin Eronda uch yil yashab yana Hirotga 
qaytib kelgan. Taxminan 1487-yilgacha u Hirotdaadabiyot, she’riyat ilmi, musiqa va tarix 
fanlarini chuqur o‘rganib, zamonasining yetuk shoiri va olimi bo‘lib yetishadi. 1487-yilda 
Kamoliddin Tabrizga kelib, Iroqi Ajam va Ozarbayjon hokimi Sulton Ya’qub (1479–1490) 
saroyida 1491-yilgacha xizmat qiladi. Shu yili u yana Hirotga qaytgan, biroq tezda 
Samarqandga ketadi (1495). Alisher Navoiy Binoiyga, uning ijodi va qobiliyatiga katta baho 
bergan. Lekin uning bir joyda qo‘nim turaolmasligi, mijozidagi ba’zi bir salbiy xudbinlik va 
mutakabbirlik xususiyatlarini Navoiy e’tibordan chetda qoldirmaydi. 
Bu davrda Movarounnahrda siyosiy vaziyat g‘oyat murakkab bo‘lib, ichki o‘zaro nizo 
va fitnalar oqibatida mirzolar o‘rtasida to‘qnashuvlar to‘xtovsiz bo‘lib turardi. 1496-yilda 
Binoiy Xoja Muhammad Yahyo topshirig‘iga binoan shoir va tarixchi olim Muhammad Solih 
bilan birga Bobur Mirzo huzuriga boradi va u bilan Sulton Ali Mirzo o‘rtasida Boysunqor 
Mirzoga qarshi ittifoq tuzishda alohida xizmat ko‘rsatadi. Binoiy Samarqand Bobur qo‘lida 
bo‘lgan vaqtda (1497, noyabr – 1498, mart) Bo-bur, keyinchalik esa Sulton Ali Mirzo 
huzurida xizmatda bo‘ladi. Samarqand va Movarounnahr uzil-kesil Muhammad 
Shayboniyxon qo‘liga o‘tgach esa, 1500–1510-yillar davomida uning xizmatida bo‘ladi. Hirot 
va Xuroson Ismoil Safaviy qo‘shinlari tomonidan egallangach, Binoiy yana Movarounnahrga 
qaytadi.
U 1512- yilda Eron safaviylarining Qarshi shahrida o‘tkazgan ommaviy qirg‘ini paytida 
o‘ldiriladi. 
Binoiyning «Shayboniynoma» asari XVI asrning boshlarida yozilgan va XV asrning 
o‘rtalaridan to 1506-yilgacha bo‘lgan Movarounnahr va Dashti Qipchoqdagi ijtimoiy-siyosiy 
voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu asarda Eron podshosi Ismoil Safaviyning (1502–1524) harbiy 
yurishlari, XVI asr boshlarida Shayboniylar davlati bilan Eron o‘rtasidagi siyosiy 
munosabatlar yoritilgan. 
Binoiy 4282 misradan iborat shye’riy devon qoldiradi. 1498-yilda Samarqandda 
bitilgan va temuriylardan Sulton Ali Mirzoga bag‘ishlangan 876 baytlik «Majmu‘ al-
g‘aroyib» qasidasi va Iroqda istiqomat qilgan yillari yozilgan «Behruz va Bahrom» 
masnaviysi ham Binoiy ijodida alohida o‘rin tutadi. U «Behruz va Bahrom»da zamonasining 
mudhish vaayanchli tomonlarini keskin tanqid qiladi, bir qator axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalarni 
ilgari suradi. Binoiyning «Futuxoti xoniy», «Hikoyati safari Binoiy» va uchta she’rlar devoni 
katta ilmiy ahamiyatga ega. 
Muhammad Solih (1455, Xorazm–1535 Buxoro), o‘zbek shoiri, tarixchi, davlat 
arbobidir. Uning otasi Nur Saidbek Xorazmda hokim bo‘lgan. Bobosi Amir Shoh Malik 
Xorazmda Temur saltanatining tayanchlaridan bo‘lib, Mirzo Ulug‘bekka vosiy edi. 
Boshlang‘ich ma’lumotni Xorazmda olgan Muhammad
Solih Hirotda Jomiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. U dastlab 1490-yilgacha Xurosonda Husayn 
Boyqaro, keyinchalik Buxoro va Samarqandda temuriylar, 1499-yildan e’tiboran esa 
Shayboniyxon saroyida xizmatda bo‘lgan.
Shayboniyxon unga «amir ul-umaro», «malik ush-shuaro» unvonlarini berdi. 
Shayboniyxonning harbiy yurishlarida birga bo‘ldi. Shayboniyxon 1500-yilda Buxoroni 
egallaganda hokimlikka Muhammad Solihni qo‘yadi. U ayni zamonda Chorjo‘y va Niso 
viloyatlarining hokimi bo‘lgan. Muhammad Solih 1507–1510-yillarda Hirotda yashadi, 
olimlar, ijodkor, shoir-yozuvchilar va san’atkorlar bilan bevosita muloqotda bo‘ldi. 
Muhammad Solihning devoni bizgacha yetib kelmagan, ammo uning Solih taxallusi bilan 
yozgan g‘azallari,she’rlari, bayoz va tazkiralari uchrab turadi. Uning ijodiga Navoiy, Bobur, 
Nisoriy kabi shoir vaadabiyotshunoslar ijobiy baho berganlar. 


86 
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari o‘zbek tilida nazm bilan yozilgan 
doston bo‘lib, o‘zining badiiy saviyasining yuksakligi va tilining sodda–xalqchilligi bilan 
ahamiyatlidir. Dostonning asl nusxasi topilgan emas. Ammo shoirning hayotlik chog‘ida 
1510-yilda Qosim tomonidan ko‘chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. 
Zayniddin Mahmud Vosifiy (1485, Hirot–1551–1556–Toshkent)1512-yilgacha 
Hirotda yashagan, so‘ng O‘rta Osiyoga qochib kelgan va 30-yillarga qadar Buxoro, 
Samarqand, Toshkent va boshqa yerlardagi Shayboniy hukmdorlarining saroylarida saroy 
shoiri sifatida ijod qilgan. U «Badoe’ul-vaqoye» («Nodir voqealar») nomli qiziqarli esdaliklar 
muallifidir. Vosifiyning esdaliklari kichik-kichik qiziq hikoya va latifalar to‘plamidan iborat. 
Kitobda Xuroson, Movarounnahr, Turkiston va Erondagi 1532 yilgacha bo‘lgan davrdagi 
ilmiy, adabiy, tarixiy va madaniy hayot aks ettirilgan. Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, shuningdek, 
Qosim Ali Qonuniy, Chaqar, Chanchiy, Ustod Hasan Udiy Hofiz Basir, Ustod Shayxi Noyi 
kabi musiqashunoslar, ayrim davlat arboblari haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Kitob 
O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati haqida muhim manba hisoblanadi. Undan 
V.V.Bartold, Yakubovskiy, Bertels, Ayniy va boshqa ilmiy tadqiqotchilar o‘z davrida 
foydalanganlar. Uning asarlari orasida o‘z davrining tarixiy shaxslari qatoridaAlisher 
Navoiyning hayotidan ba’zi lavhalar ham keltirilgan. Saroy shoiri sifatida Vosifiy 
hukmdorlar, amaldor to‘ralar va savdogarlargaatab madhiyalar, qasidalar yozgan, ularning 
buyurtmalari asosida she’rlar ijod qilgan, farmonlar va yorliqlarning matnlarini tuzgan, 
maktublar, qurilayotgan masjidlar va maqbaralar uchun yozuvlar, qabr toshlari ustiga 
yoziladigan yodgorlik xatlari, turli-tuman asarlarga so‘zboshlar tuzish va boshqa shuning 
singari ishlar bilan shug‘ullangan. 
Mushfiqiy (1525–1588). Abdullaxon saroyida xizmat qilgan shoir. U Buxoroda 
kambag‘al oilada tavallud topgan. 1564-yilga qadar Buxoroda yashagan. 1568–1572-yillarda 
Samarqand hokimi Sulton Said saroyida, 1572–1573-yillarda HindistondaAkbarshoh saroyida 
kitobdorlik qilgan. 1678-yildan Abdullaxon saroyida ishlay boshlagan.
Abdullaxon unga «Malik ush-shuaro» unvonini bergan. Mushfiqiy boy ijodiy qalb 
egasi. Shoirning satira, g‘azal va qasidalari «Devoni mutoibot», «Devoni g‘azaliyot», 
«Devoni qasoid», «101 tugun» («Sadu yak buvad») kabilarda to‘plangan.Shoir Mushfiqiy o‘z 
asarlarida go‘zallik va muhabbat haqida «Eram bog‘i», shuningdek «Soqiynoma» va 
«Jahonnoma» kabi poetik asarlarini yaratgan. Bu satirik she’rlarida yuqori tabaqa 
vakillarining xudbinlik, riyokorlik xasisliklarini ayovsiz fosh qiladi, ijtimoiy tengsizlikni 
qoralaydi («Zulmdan shikoyat» va boshqalarda ). Mushfiqiy asarlari xalq orasida katta e’tibor 
topdi va keng tarqaldi, uning o‘zi ham Mulla Mushfiqiy nomi bilan tojik xalq latifalari 
qahramonigaaylangan. 
Sayido Nasafiy (1637–1710) «Ubaydullanoma» muallifining iborasi bilan aytganda 
«Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb nom chiqargan shoir va yozuvchidir. U tojik adabiyoti 
va tojik adabiy tilining rivojlanishida o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan mutafakkirdir.Sayido Qarshi 
(Nasaf) shahrida tavallud topgan va shu yerda boshlang‘ich ta’lim olib, Buxoro madrasalarida 
o‘qishni davom ettirgan. U hunarmand-to‘quvchi bo‘lgan, og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklar 
sharoitida, «Ubaydullanoma»da ta’kidlanganidek «amirlar uyini va xon saroylarini ziyorat 
qilishga intilmagan, o‘ziga nasib qilgan bir burda nonga qanoat qilib» yashagan. Shunga 
qaramasdan u badiiy ijod uchun vaqt va imkoniyat topa olgan. O‘zi yashagan og‘ir va qiyin 
bir sharoitda mehnatkash xalq bilan birga bo‘ldi, uning dardiga hamdardlik qiladi, xalqning 
jabr-jafolariga sherik bo‘ldi. O‘z ijodida demokratik xalqparvarlik ma’rifatparvarlik 
g‘oyalarini ilgari surdi. Sayido o‘zaro siyosiy qirg‘inbarot urushlarni qattiq qoraladi, 
mamlakatni xarobagaaylantirganlarni ayovsiz tanqid qiladi. 
Sayido Nasafiy juda ko‘plab lirik she’rlar va g‘azallar ham yozgan. Ularda shoir 
so‘fizm, naqshbandiylik g‘oyalari va dunyoqarashini ilgari suradi. Sayido bu xususdagi qasida 
va masnaviylari, ashtarxoniy xonlar yurishlarining she’rda ifodalangan tarixiy asar lari, 
muxammaslari, masallarida mamlakat va xalq hayoti haqida g‘oyat qimmatli fikr va xulosalar 
beradi.
Turdi–Farog‘iy (XVII asrning birinchi yarmi – taxminan 1701-yil) XVII asr o‘zbek 
adabiyotidagi ilg‘or oqimning yorqin vakili, xalq manfaatlari ifodachisi adabiy taxallusi 
Farog‘iy (erkin tabiatli kishi) . U Buxoro, Xo‘jand va Jizzaxda yashab ijod qiladi. Turdining 


87 
hayoti va ijodiy yo‘li haqida ma’lumotlar nihoyatda kam. Asli o‘zbeklarning yuz qabilasidan 
bo‘lib, boshqa qabila boshliqlari qatori Turdi ham o‘z qabilasi nomidan otaliq lavozimida 
birmuncha vaqt Subxonqulixon saroyida xizmat qiladi. U Subxonqulixon hukmronligi davri 
(1691–1701)dagi adolatsizliklar, xalqqa o‘tkazilgan jabr-zulmlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. 
Xon saroyidagi yuqori mansab egalarining laganbardorliklari, poraxo‘rlik axloqiy 
buzuqliklarning guvohi bo‘ladi. Xalqning esa zulm, eksplutatsiya va soliqlar dastidan qaddi 
bukildi, hatto «barot» solig‘ining yetti- 
yilligi bir yilda undirib olinar edi. Mehnatkash omma 1681–1686-yillar mobaynida 
Subxonqulixon siyosatiga qarshi bir necha bor qo‘zg‘olon ko‘taradi. Shoir Turdi ham 
qo‘zg‘olonchilarga qo‘shiladi. Buxoroda ko‘tarilgan bu qo‘zg‘olonga yuz qabilasidan 
Fozilbiy, qatag‘on qabilasidan Temurbiy, yobu qabilasidan Tamg‘abiylar boshchilik qiladilar. 
Ikki o‘rtada shiddatli jang bo‘ladi. Qo‘zg‘olonchilar Fathobod, Xazora qal’asi, so‘ng
Karmanaga chekinadilar. Temurbiy Subxonqulixonga sotilib qo‘zg‘olonga xiyonat qiladi. 
Fozilbiy va Tamg‘abiylar shoir Turdi bilan birga O‘rtatepa va Xo‘jand hokimi Rahimbiyga 
yordam so‘rab boradilar. Turdi Rahimbiyga bag‘ishlab she’r yozadi va uni Subxonqulixonni 
ag‘darib tashlashga chaqiradi. Lekin Rahimbiy xonga qarshi kurashga jur’at eta 
olmaydi.Qo‘zg‘olonchilar Samarqand yaqinida Konigil degan joydaxon qo‘shinlaridan 
yengiladilar. Turdi Rahimbiy va uning o‘g‘li Oqbo‘tabiydan yordam olish ilinjida Xo‘jandda 
qoladi. Rahimbiygaatab madhiyalar yozadi. Ammo bu harakatlardan natija chiqmagach Turdi 
Jizzaxda o‘rnashadi va taxminan 1701- 
yilda shu yerda vafot etadi. Turdi vafotining so‘nggi kunlarida yozgan she’rlarida o‘z qayg‘u 
alamlarini zorlanib ifodalaydi: 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish