Aqliy mehnat kishilarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan bir
kecha-kunduzlik taxminiy ehtiyoji
Mahsulotlar
Massasi, g
Mahsulotlar
Massasi, g
Non
Yorma va dukkaklilar
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari
Makaronlar
Baliq
Sut mahsulotlari
Qaymoq
Pishloq
167
35
200
10
40
500
15
20
Tuxum
Yog‘, shundan:
sariyog‘
o‘simlik yog‘i
Shakar
Kartoshka
Sabzavotlar
Ho‘l mevalar
1 dona
20
15
70
385
300
200
Bu narsa o‘z navbatida to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarining yanada chuqurroq buzilishiga
olib keladi. Bunday holatni yaxshilash uchun birdaniga kam non yeyishga o‘tish ancha qiyin.
Kishi o‘zini bunday yangi tartibga astasekin o‘rgatib borishi kerak. Kuniga 400-500 g non
iste'mol qiladiganlar bir hafta davomida bu ko‘rsatkichni 300-350 g, ikkinchi va uchinchi
haftalar davomida 200-250 g atrofida ushlab turishi bilan bemalol bir oy deganda aytilgan
me'yorga tushib olishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida jadvalda ko‘rsatilgan boshqa mahsulotlarni
tegishli miqdorda qabul qilishga, undagi xilmaxillikni buzmaslikka rioya qilish muhim
ahamiyatga ega.
Nonga nisbatan ishtahani cheklash uchun, ovqatlanishdan oldin bodring, pishirilgan
kartoshka, pomidor, ko‘katlar va mevachevalardan tayyorlangan aralashma, salatlardan yeb olish
va bir oz sabr qilib, asosiy ovqatni non bilan iste'mol qilishga o‘tish kerak. Shunda nonga
bo‘lgan ishtaha anchagina “jilovlanadi”. Qayt qilingan salatlardan hoxlagancha yeyaverish
mumkin, ular juda kam quvvatga ega, shuning uchun energetik muvozanat buzilishiga olib
kelmaydi va aqliy mehnati bilan bog‘liq ravishda vitaminlarga nisbatan oshadigan talabni
qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aqliy mehnat kishilarida vitaminlar va ayrim
mikroelementlarga bo‘lgan talabning yuqori bo‘lishini ular faoliyatining juda ko‘p axborotlarni
qabul qilish va qayta ishlashning gipodinamiya sharoitida amalga oshirilishi bilan tushuntirish
mumkin. Bunday paytlarda asab va yurak qon tomirlar tizimi juda zo‘riqadi. Ular bunday
sharoitda ko‘ngildagidek ishlashlari uchun B guruh vitaminlarning me'yoriga nisbatan 25-30%,
askorbin kislotasi (C vitamini) 30% ziyod qabul qilishlari kerak. Aqliy mehnat faoliyatida
axborotlarning asosiy qismi ko‘z bilan qabul qilinadi, shuning uchun ularda, ayniqsa, kechasi
kompyuter va pultlarni boshqarishda, ko‘zlar zo‘riqib ishlaydi. Shu bois bunday hodimlar
ovqatida A vitamini serob bo‘lgan mahsulotlarga (tuxum, jigar, sariyog‘, baliq yog‘i, ko‘katlar,
sabzi va b) ko‘proq o‘rin berish kerak. Bu borada kompyuterchilar, pult boshqaruvchilari, ilmiy
xodimlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar, jurnalistlar, idora xodimlari va boshqalarga har gal
ovaqatlanishdan oldin topilishiga qarab albatta har xil o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan
salat iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, oshxona va
choyxonalarda ham servitamin taomlar va salatlar tayyorlashga alohida e'tibor berilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |