Mavzu. Psixologiya tarixi fanining predmeti vazifalari, prints iplari va metodlari



Download 136,38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.06.2022
Hajmi136,38 Kb.
#654991
Bog'liq
1 MAVZU PSIXOLOGIYA TARIXI (1)



1 MAVZU. PSIXOLOGIYA TARIXI FANINING PREDMETI 
VAZIFALARI, PRINTS
IPLARI VA METODLARI (2 soat ma’ruza, 2 soat 
seminar) 
Psixologiya tarixi psixologik bilimlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi 
qonuniyatlarini o’rganadi. 
Psixologiya tarixining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. 
Psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etish qonuniyatlarini o’rganish

2. 
U yoki bu psixologik kontseptsiyalar va maktablarning paydo bo’lish va 
rivojlanish sabablarini o’rganish

3. Psixologik bilimlar taraqqiyotini ijtimoiy 

 
madaniy kontekstda o’rganish
.
4. 
Psixologiya taraqqiyoti tarixida shaxsning rolini o’rganish

Quyidagilar tarixiy 

 
psixologik tadqiqotning asosiy printsiplari bo’lib 
hisoblanadi: 1) tarixiylik printsipi, 2) sistemalilik printsipi, 3) ilmiylik printsipi, 4) 
tarixiylik va mantiqiylik birligi printsipi, 5) determinizm printsipi, 6) taraqqiyot 
printsipi. 
Tarixiylik printsipi
tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida u yoki bu ilmiy 
kontseptsiyalar taraqqiyotining asosiy bosqichlari va genezisini hisobga olish zaruriyatini 
taqozo qiladi. 
Sistemalilik printsipi
tadqiqotchini tarixiy 

psixologik faktni o’rganish jarayonida 
ushbu faktning qolgan barcha tarixiy 

psixologik faktlar bilan aloqalari to’plamini qat’iy 
hisobga olishga yo’naltiradi

Ilmiylik printsipi
tadqiqotchidan tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida faqat ilmiy 
faktlarga murojaat qilish va isbotlashning faqat ilmiy metodlaridan foydalanishni talab 
qiladi. 
Tarixiylik va mantiqiylik birligi printsipi
tadqiqotchini o’rganilayotgan tarixiy 
psixologik 
faktni shunchaki tasvirlamasdan uni nazariy tahlil qilishga yo’naltiradi

Determinizm printsipi
tadqiqotchidan har qanday tarixiy psixologik faktni sababiy 
izohlashni hisobga olishni talab qiladi. 
Taraqqiyot printsipi
tadqiqotchini har qanday tarixiy psixologik xodisani 
dinamika (o’sib borish, rivojlanish) jarayonida o’rganishga yo’naltiradi

Psixologiya tarixining eng ko’p qo’llaniladigan metodlari
: 1) ilmiy maktablarni 


o’rganish
, 2) 
arxiv materiallarini o’rganish
,3) intervyu, 4) ilmiy asarlarga 
murojaatlarni tahlil qilish, 5) biografik va avtobiografik metodlar hisoblanadi. 
Ilmiy maktablarni o’rganish
metodi
tadqiqotchiga turli ilmiy maktablar o’ziga 
xosligi, ilmiy bilimlar ishlab chiqarish usullari, u yoki bu ilmiy maktablar vakillari 
o’rtasidagi aloqa
lar xususiyatlarini tadqiq qilish imkonini beradi. Tarixiy psixologik 
tadqiqot jarayonida ushbu metodni qo’llash har bir ilmiy psixologik maktabni sinchiklab 
o’rganishni talab qiladi.
Arxiv materiallarini o’rganish metodi
aniq maqsad asosida ilmiy ishlarni izlash, 
uning natijasida matnli ma’lumotlarga sharxlar tuzish va uni zarur qaydlar bilan 
ta’minlashdan iborat.
Intervyu metodining mohiyati 
tadqiqotchining psixolog olim bilan suhbatidan
iborat. Tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib intervyu davomida aniq savollar yordamida 
zarur ma’lumot olinadi. Ushbu metod nazariyaning o’ziga xosligini uning yaratuvchisi 
orqali tushunishga imkon beradi.
Ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish metodi
psixologiyadagi ilmiy 
maktablar va yo’nalishlar o’rtasidagi aloqal
ar haqida, shuningdek ilmiy asarlardan 
tsitatalar olish chastotasini aniqlash orqali psixologik bilimlar taraqqiyoti yo’nalishlari va 
axvoli haqida muhim ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 
Biografik va avtobiografik metodlar
tadqiqotchiga olim, u yoki bu nazariyaning 
yaratuvchisi hayoti atmosferasini qayta tiklash orqali u yoki bu nazariyaning mohiyatini 
samarali tushunishga imkon beradi.
O’z
-
o’zini tekshirish uchun savollar:
 
1. Psixologiya tarixi oldida turgan asosiy vazifalar nimalardan iborat? 
2. T
arixiy psixologik tadqiqotning qanday asosiy printsiplari sizga ma’lum
?
3. Tarixiy psixologik tadqiqotlar asosiy metodlarining kuchli va kuchsiz tomonlariga 
ta’rif bering

 
 
 
 

Download 136,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish