1 MAVZU. PSIXOLOGIYA TARIXI FANINING PREDMETI
VAZIFALARI, PRINTS
IPLARI VA METODLARI (2 soat ma’ruza, 2 soat
seminar)
Psixologiya tarixi psixologik bilimlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi
qonuniyatlarini o’rganadi.
Psixologiya tarixining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etish qonuniyatlarini o’rganish
.
2.
U yoki bu psixologik kontseptsiyalar va maktablarning paydo bo’lish va
rivojlanish sabablarini o’rganish
.
3. Psixologik bilimlar taraqqiyotini ijtimoiy
–
madaniy kontekstda o’rganish
.
4.
Psixologiya taraqqiyoti tarixida shaxsning rolini o’rganish
.
Quyidagilar tarixiy
–
psixologik tadqiqotning asosiy printsiplari bo’lib
hisoblanadi: 1) tarixiylik printsipi, 2) sistemalilik printsipi, 3) ilmiylik printsipi, 4)
tarixiylik va mantiqiylik birligi printsipi, 5) determinizm printsipi, 6) taraqqiyot
printsipi.
Tarixiylik printsipi
tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida u yoki bu ilmiy
kontseptsiyalar taraqqiyotining asosiy bosqichlari va genezisini hisobga olish zaruriyatini
taqozo qiladi.
Sistemalilik printsipi
tadqiqotchini tarixiy
–
psixologik faktni o’rganish jarayonida
ushbu faktning qolgan barcha tarixiy
–
psixologik faktlar bilan aloqalari to’plamini qat’iy
hisobga olishga yo’naltiradi
.
Ilmiylik printsipi
tadqiqotchidan tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida faqat ilmiy
faktlarga murojaat qilish va isbotlashning faqat ilmiy metodlaridan
foydalanishni talab
qiladi.
Tarixiylik va mantiqiylik birligi printsipi
tadqiqotchini o’rganilayotgan tarixiy
psixologik
faktni shunchaki tasvirlamasdan uni nazariy tahlil qilishga yo’naltiradi
.
Determinizm printsipi
tadqiqotchidan har qanday tarixiy psixologik faktni sababiy
izohlashni hisobga olishni talab qiladi.
Taraqqiyot printsipi
tadqiqotchini har qanday
tarixiy psixologik xodisani
dinamika (o’sib borish, rivojlanish) jarayonida o’rganishga yo’naltiradi
.
Psixologiya tarixining eng ko’p qo’llaniladigan metodlari
: 1) ilmiy maktablarni
o’rganish
, 2)
arxiv materiallarini o’rganish
,3) intervyu, 4) ilmiy asarlarga
murojaatlarni tahlil qilish, 5) biografik va avtobiografik metodlar hisoblanadi.
Ilmiy maktablarni o’rganish
metodi
tadqiqotchiga turli ilmiy maktablar o’ziga
xosligi, ilmiy bilimlar ishlab chiqarish usullari, u yoki bu
ilmiy maktablar vakillari
o’rtasidagi aloqa
lar xususiyatlarini tadqiq qilish imkonini beradi. Tarixiy psixologik
tadqiqot jarayonida ushbu metodni qo’llash har bir ilmiy psixologik maktabni sinchiklab
o’rganishni talab qiladi.
Arxiv materiallarini o’rganish metodi
aniq maqsad asosida ilmiy ishlarni izlash,
uning natijasida matnli ma’lumotlarga sharxlar tuzish va uni zarur qaydlar bilan
ta’minlashdan iborat.
Intervyu metodining mohiyati
tadqiqotchining psixolog olim bilan suhbatidan
iborat. Tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib intervyu davomida aniq savollar yordamida
zarur ma’lumot olinadi. Ushbu metod nazariyaning o’ziga xosligini uning yaratuvchisi
orqali tushunishga imkon beradi.
Ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish metodi
psixologiyadagi ilmiy
maktablar va yo’nalishlar o’rtasidagi aloqal
ar haqida, shuningdek ilmiy asarlardan
tsitatalar olish chastotasini aniqlash orqali psixologik bilimlar taraqqiyoti yo’nalishlari va
axvoli haqida muhim ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Biografik va avtobiografik metodlar
tadqiqotchiga olim, u yoki
bu nazariyaning
yaratuvchisi hayoti atmosferasini qayta tiklash orqali u yoki bu nazariyaning mohiyatini
samarali tushunishga imkon beradi.
O’z
-
o’zini tekshirish uchun savollar:
1. Psixologiya tarixi oldida turgan asosiy vazifalar nimalardan iborat?
2. T
arixiy psixologik tadqiqotning qanday asosiy printsiplari sizga ma’lum
?
3. Tarixiy psixologik tadqiqotlar asosiy metodlarining kuchli va kuchsiz tomonlariga
ta’rif bering
.