MIQDORLARNI O‘LCHASH MALAKALARINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
ASOSIDA SHAKLLANTIRISH
Ergashova Maxfuza Yarashovna
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
(+99891 247 95 86)
Tuychiyeva Dilfuza Dilmurodovna
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
(+99893 142 72 40)
Annotatsiya :
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga miqdor mavzusini o‘rgatish , miqdorlarni
hisoblashni o‘rgatish usullari.
Kalit so‘zlar: Miqdorlar, o‘
lchov birliklari, massa , og‘irlik, uzunlik , hajm , vaqt, narx,
tezlik, tushunchalar, km, m, sm, dm, mm .
Hozirda har bir maktabda ta‘lim–tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi.
Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik
texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z
kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Bizga ma’lumki, turli xil o‘lchov birliklari mavjud. Bular km, m, sm, dm va eng kichik o‘lchov
birligi mm dir. O‘quvchilarni millimetr bilan tanishtirish o‘quvchilarni uzunlik o‘lchovlari bilan
tanishtirish ishining eng murakkab bo‘g‘ini hisoblanadi.1-4 sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa,
hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni
yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari
bilan tanishadilar.u yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari
o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida
ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida
ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema:
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy
tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash
va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5.Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish (Masalalarni yechish jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa
o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov
birligiga aylantirish va aksincha.
7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayirish.
8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.
Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va
misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish
barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida -alohida har bir o‘quvchi bilan va guruh usulida amalga
oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor” tushunchasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar
davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o‘zlashtirib oladilar. Miqdorlar va ularning
o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda
hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga
qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumayev M. E., Tadjieva z. G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi T.:
2005 yil
2. Internet ma’lumotlari
54
Do'stlaringiz bilan baham: |