Mashg‘ulotmaqsadi:
genetika, molekulyar biologiya fanlarining qisqacha vujudga
kelish tarihi, sohada erishilgan yutuqlar, genetika
qonunlari, molekulyar biologiyaning
asosiy postulati,
Saccharomyces cerevisiae
va
Penicillium
zamburug'lari
Mavzuning
ahamiyati:
gen
muhandisligida
eksperimental
model'
sifatida
asosan
Saccharomyces cerevisiae
va
Penicillium
zamburug'lari ishlatiladi
Ishningnazariyqismi
Saccharomyces cerevisiae
Saccharomyces cerevisiae zamburug'i – nopatogen bir hujayrali mikroorganizm.
Hujayra diametri – 5 mkm. Ko'p jihatdan ichak tayoqchasiga o'hshaydi.
Saccharomyces cerevisiae metabolizmi, genetikasi va molekulyar
biologiyasi yahshi
o'rganilgan. Saccharomyces cerevisiae ichak tayoqchasi kabi oddiy ozuqa muhitida ham
ko'payaveradi. Bu zamburug' qandlarni etanol va karbonat angidridga aylantira oladi.
Qadimda zamburug'ning ushbu hususiyatidan alkogol ichimliklar, non mahsulotlari
tayyorlashda foydalanilgan. Bugungi kunda butun dunyoda 1 mln.tonna Saccharomyces
cerevisiae zamburug'i ishlatiladi. S. cerevisiae ilmiy tadqiqotlar
uchun ham kerakli
mikroorganizmdir. Hususan, eukariotlarni, jumladan, inson hujayralarini o'rganishda S.
cerevisiae juda qulay model bo'lib hizmat qiladi. Chunki zamburug'ning aksariyat
genlari insonnikiga o'hshashligi aniqlangan. Bu kashfiyot inson tanasida turli
o'simtalarni paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi genlarni topish
va ularni tavsiflashga
imkon berdi. Shuningdek inson DNK sini o'rganishda albatta S. cerevisiae genetik
sistemasidan foydalaniladi.
1996 yilda eukariotlar orasida eng birinchi bo'lib S.
cerevisiae zamburug'i hromosomalaridagi barcha
nukleotidlar
ketma-ketligi
aniqlandi.
Bu
esa
zamburug'ning ilmiy ahamiyatini yanada oshirdi.
Bakteriya hujayralarida
sintezlangan oqsillarni
ko'pincha fermentlar bilan ishlov berishga to'g'ri keladi. Buning uchun oqsil
molekulasiga quyi molekulyar moddalar ham ulanadi. Agar yuqorida aytib o'tilgan
ishlar amalga oshirilmasa, oqsil o'z funktsiyasini noto'g'ri bajarishi mumkin. Afsuski Е.
coli va boshqa prokariotlar oqsil molekulasida bunday modifikatsion o'zgarishlarni
amalga oshira olmaydi. Shuning uchun eukariotlarga mos oqsil ishlab chiqarish uchun
Saccharomyces cerevisiae,
Kluyveromyces lactis, Saccharomyces diastaticus,
Schizisaccharomyces pombe, Yarrowia lipolytica,
Pichia pastoris, Hansenula
polymorpha kabi zamburug'lar ishlatiladi. Ular orasida rekombinant oqsillar sintezi
uchun eng samarador produtsent P. pastoris va Н. polymorpha.
Do'stlaringiz bilan baham: