Protoplastlarni olish. Reja: Protoplastlarni olish va kultura holatida o‘stirish


to‘liq holatda yo‘qolishi qayd qilinadi



Download 11,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana10.06.2022
Hajmi11,86 Mb.
#653138
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
to‘liq holatda yo‘qolishi qayd qilinadi.


Somatik gibridlarning turlari
Somatik gibrid hujayra – bu genetik jihatdan turli xildagi, o‘zaro farqlanuvchi 
somatik hujayralar protoplastlarining o‘zaro qo‘shilishidan xosil bo‘lgan hujayra yoki 
o‘simlik hisoblanadi. 
Birinchi marta turlar o‘rtasidagi gibrid 1972 – yilda Karlson tomonidan tamakining 2 
ta navi (24 ta xromosomaga ega bo‘lgan – 
Nicotiana glauca
 va 18 ta xromosomaga 
ega bo‘lgan – 
N.langsdorfii
) protoplastlari o‘rtasida 
juft 
jinsiy gibridizatsiyani 
amalga oshirish natijasida olingan va tavsiflangan. Amfiploid gibridning kallus 
to‘qimasi gormonsiz holatdagi muhitda xam o‘stirilishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha 
tur ichida, turlar o‘rtasida, turkumlararo hayotchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
gibridlar olingan. Madaniylashtirilgan kartoshkaning ertapishar Priekul navi 
(
Solanum tuberosum
) bilan yovvoyi kartoshka turi (
S. chacoense
) protoplastlari 
o‘rtasida qo‘shilish amalga oshirilgan. Ma’lumki, yovvoyi kartoshka turida 
tugunaklar juda kichik o‘lchamga ega hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, bu o‘simlik 
turi ko‘pgina kasalliklarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Ertapishar Pirekul 
kartoshka navi tugunaklari yirikligi bilan ajralib turadi, biroq bu kartoshka navi 
kasalliklarga moyilligi bilan tavsiflanadi.


Turkumlar o‘rtasida gibrid olish bo‘yicha dastlabki urinishlar G.Melxers 
tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, 1978 – yilda 
kartoshka + pomidor
o‘simliklari 
gibridi olingan va «
tomatofel
»
 
deb nomlangan. Ushbu gibrid steril holatda bo‘lib 
(avlod qoldirmaydi), morfologik jihatdan me’yoriy holatdan chetga og‘ishlar 
belgilariga (
anomaliya
) ega hisoblanadi: jumladan, ildizlari qalin, tipik hisoblangan 
gullari mavjud emas. Shuningdek, boshqa yana bir qator bu ko‘rinishdagi gibridlarni 
olishga urinishlar amalga oshirilgan, biroq ularning barchasi behuda ketgan va 
olingan o‘simliklar steril holatda bo‘lishi qayd qilingan. Bu tajribalar amaliy seleksiya 
maqsadlarida 
para 
jinsiy gibridizatsiya usulining cheklanishlarga egaligini 
ko‘rsatgan. Yaponiyalik taqiqotchilar (X.Ksiaka va uning hammualliflari, 1997 – yil) 
tomonidan arpa va sholi protoplastlarini elektrik usulda qo‘shish yo‘li bilan 
turkumlararo gibrid olingan. Sholi protoplastlari suspenzion kultura asosida olingan 
bo‘lib, arpa protoplastlari esa – o‘simlikning yosh barglardan ajratib olingan. Xosil 
qilingan kalluslarning bir qismi yashil sohalar va poyalarni xosil qilgan. Faqat bitta 
poya o‘simtasi ildiz xosil qilgan va bu o‘simlik tuproqqa muvafaqqiyatli tarzda 
ekilgan. Morfologik tuzilish belgilariga ko‘ra, bu o‘simlik sholiga yaqinroq 
hisoblangan. Sitologik tahlillar natijalari ko‘rsatishicha, bu o‘simlik sholiga tegishli 
bo‘lgan kichik o‘lchamdagi xromosomalar va arpaga tegishli hisoblangan yirik 
o‘lchamdagi xromosomalarga egaligi aniqlangan. Shuningdek, mitoxondriya va 
xloroplastlarga tegishli bo‘lgan DNK tahlil qilingan. O‘simlik tarkibida mitoxondriya 
va shuningdek, xloroplastlarga tegishli bo‘lgan DNK tarkibida yangi ketma – ketliklar 
mavjudligi aniqlangan, bu ketma – ketliklar ota – ona hujayralar avlodlarda hech 
qachon aniqlanmagan.



Download 11,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish