Buxoroga ketadi. Buxoroda Xorazm shohlariga xizmat
qilib, hukmdorga yaqinlashishga harakat qiladi. Kerakli
e’tiborga ega bo‘lmagach, o‘z umidlarini ro‘yobga
chiqarish uchun boshqa mamlkatlarga yo‘l oladi. 1118 yil
og‘ir kasallikdan so‘ng kimgadur xizmat qilishdan bosh
48
tortadi va butun umrini ilm-fanga bag‘shida etadi.Az
Zamaxshariy Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bog‘dod,
Xijoz va ikki marotaba Makkada bo‘lgan. Qayerda
bo‘lmasin, doim ilmiy ishlarini davom ettirgan, lug‘atni
va arab tili grammatikasini, mahalliy qabilalar
munozaralarini, maqolalarini, an’analarini chuqur
o‘rgangan. U qit’a jo‘g‘rofiyasi bilan bog‘liq turli
ma’lumotlar to‘plagan.Uning ko‘plab asarlari Makkada
yozilgan. Makkada u 5 yil yashagan va unga faxriy
“Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) nomi berilgan.Az
Zamaxshariy Makkadan qaytgach, bir necha yil
Xorazmda yashaydi. Hijriy 538 (1144 yil 14 aprel) yil
oqshomda olamdan ko‘z yumgan.Az Zamaxshariy o‘z
davrining yirik tarixshunosi, jo‘g‘rofiyachisi,
adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri
hisoblanadi. Uning qalamiga mantiq, grammatika, din,
lug‘at, adabiyot, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va
jo‘g‘rofiyaga oid 50 dan ziyod ishlar mansub. U
bilimlarini kitoblari va o‘quvchilari orqali tarqatgan.
Uning ko‘plab asarlari bizning davrimizgacha yetib
kelgan.Az Zamaxshariyning ko‘plab asarlari arab tili va
grammatikasiga bag‘ishlangan. Xususan, “Al-Mufassal”
asari bir yarim yil ichida, 1121 yil Makkada
yozilgan.“Al-Mufassal” Sharqda va G‘arbda arab tili va
grammatikasini batafsil o‘rgatuvchi yirik asar sifatida
ma’lum. Arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Al-
Mufassal” kitobi ahamiyatiga ko‘ra, arab olimi
Sibavaxxning asarlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinni
egallaydi, deb hisoblanadi. Bu Az Zamaxshariy asari o‘z
vaqtida qanchalik qadrlanganligini ko‘rsatadi.Ushbu
asar qo‘l yozmasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik
49
institutida saqlanadi.Uning ma’naviyat va ma’naviy
madaniyat haqidagi fikrlari axloq, tarbiya, nasihat
doirasida bayon qilingan. Masalan, u maqtovga, yolg‘on
g‘urur, ezmalik va safsatabozlikka berilmaslikka
chorlaydi: “Agar kimdur o‘zining kelib chiqishi bilan
maqtansa, bu sarob kabi zohiriydir”, “Haqiqat va nomus
yo‘li o‘rmondagi arslon qadami bilan tenglashadi”,
“Savdogarning hurmati va nufuzi uning hamyonida,
olimniki - kitobida”, “Til orqali (ruhiy) madad moddiy
madaddan ustundir”. Umuman, az Zamaxshariy bilim va
umuminsoniy sifatlar orqali erishish mumkin bo‘lgan
iroda haqida, insoniyatni farovonlik va xotirjamlikka
intilishi haqida yozgan.Hayotligida uni “Butun dunyo
muallimi”, “Barcha arablar va boshqa xalqlar
muallimi”, “Allohning qo‘shnisi”, “Xorazm shuhrati” va
boshqa nomlar bilan ulug’lashgan.1144 yil ona diyori
Xorazmda vafot etgan. Gurganjga dafn etilgan.Az
Zamaxshariyning hayot va insonlar haqidagi ayrim
naqllari:Savdogarning nufuzi uning hamyonida.Olibsotar
- ovchining iti.Ayol kishi sening qalbing usiz yashay
olmasligini xis etsa, demak, u burningni yerga
ishqalaydi.Doim birovni qoralovchi inson yuqori
muvaffaqiyatlarga erishmaydi, xuddi qatronda
oqartiruvchi hech narsa bo‘lmagani kabi.Axloqsiz
odamlar ko‘paygan joyda, Yaratgan ularga o‘latni
yuboradi (turli ofatlar, balolar va
musibatlar).Gunohkorlarning sodiq do‘sti
bo‘lmaydi.To‘g‘ri yo‘lda ketuvchi insonning qadam
tashlashi arslonnikidan ham ulug‘vorroqdir.Halol inson
doim tinchlikda, xotirjamlikda, soqin va doim yomonlik
haqida o‘ylovchi esa doimiy halokatga mahkumdir.
50
Buxoro yeti pir! Buxoro – Naqshbandiya tariqati yettita
buyuk so‘fiylarining vatanidir. Tasavvufning buyuk
vakillari bu yerda yashab, diniy va ijtimoiy faoliyat olib
borib, muborak Buxoroning vujudga kelishi va gullab-
yashnashi, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni
yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu yerda
muqaddas so‘fiylarning dafn etilgan joylari – pirlar,
islomiy ziyoratgohlar saqlanib qolgan. Buxoroga
ziyoratga kelganlarning ko‘pchiligi o‘z safarlarini
Naqshbandiya taʼlimotiga asos solgan maʼnaviy ustoz
Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasini ziyorat
qilishdan boshlaydilar. Abduxoliq G‘ijduvoniy
payg‘ambarning o‘ninchi avlodi bilan maʼnan bog‘liq.
Maqbara ayvonining o‘nta ustun va tayanchi o‘ninchi
avlodga ishora.
Xo‘ja Abdulxoliq G‘ijduvoniy davrida maqbara
chillaxona vazifasini o‘tagan bo‘lib, u yerda qirq kunlik
jazirama issiq davrda odamlar ibodat qilish uchun
kelgan. Vaqt o‘tishi bilan muqaddas ibodat joyi ardoqli
ziyoratgohga aylanadi. aqin o‘tmishda maqbara
tashlandiqqa aylangan edi. Maqbara bugungi namunaviy
shaklga ega bo‘lishi uchun bir necha zamonadan omon
o‘tib kelishi kerak bo‘ldi. Hozirda Abduxoliq G‘ijdunoniy
maqbarasi qadimgi Sharqning bir qismi, er va osmon
orasidagi rishta hisoblanadi.
Tayanch so’zlarga izoh yozing.
51
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |