ma’lumotlar,
modellar,
uslubiyatlar,
standartlar,
foydalanish
holatlari
Bilimlar
ombori
Boshlang’ich
ma’lumotlar,
chegaraviy
shartlar
Analizator
Tizimlashtirish,
qayta ishlash,
tahlil
Modelyator
i-daraja
modelni qurish
Elektr
energiyasid
an
qarzdorlik
Chiqish
sharti
Yakuniy prognoz
i-daraja
ma’lumotlari
Yangi ma’lumotlar
va qiymatlarni olish
Yangi ma’lumotlarni
qo’shish
Mos kelmaslik
parametrlari
(i+1
)
d
ar
aja
m
a’
lu
m
otlar
i v
a
sh
ar
tlar
i
86
3.3.7. –rasm
.
O’zi o’rganuvchi axborot quyi tizimining sxemasi
Tarmoqni keyinchalik ham qo‘llash mumkin bo‘lishi uchun, uni avvalo, oldin
olingan ma’lumotlarda ma’lum bo‘lgan va kirish parametrlarining ko‘rsatkichlari
hamda ularga to‘g‘ri javob berish uchun “pishitmoq” kerak. (3.3.7-rasm). Mashqlar
ma’lum to‘g‘ri javoblarga ko‘proq yaqin bo‘lgan tarmoqlarning javobi bilan
ta’minlaydigan neyronlararo aloqa hajmini tanlashdan iborat. Neyrotarmoqli
tizimlarga misollar — BrainMaker (CSS), NeuroShell (Ward Systems Group), OWL
(HyperLogic).
Ekspert tizimi
— mutaxassislar bilimini konkret fan sohalarida to‘playdigan va
ulardan tavsiyalar ishlab chiqish va muammolarni bartaraf etish maqsadida
foydalanadigan murakkab dasturiy kompleksdir. Ba’zi holatlarda ekspert tizimi odatda
ekspertchining tajribasini jalb etishni talab qiluvchi funksiyalarni bajarishni to‘liq
o‘ziga olishi yoki qaror qabul qiluvchi kishi uchun yordamchi rolini o‘ynashi mumkin.
Ekspert tizimi boshqa amaliy dasturlardan quyidagi belgilar mavjudligi bilan
ajralib turadi [http://256bit. ru/Expert/].
•
Muayyan muammolar sohasining nafaqat jismoniy (yoki boshqa) tabiatini,
balki ushbu muammo sohasida vazifani hal etishga muvofiq insoniy fikrlash
mexanizmini modellashtiradi. Bu ekspert tizimlarni matematik modellash yoki
kompyuter animatsiyasi tizimidan muayyan darajada ko‘rsatib beradi. Dastur,
albatta, ushbu fan sohasida mutaxassis vazifasini to‘liq ishlab chiqa oladi
deyolmaymiz, biroq, asosiy e’tiborni ekspert tomonidan qo‘llaniladigan muammo
echimiga kompyuter vositasi bilan takomillashishiga qaratilishi muhimdir.
•
Tizim, hisoblash operatsiyalaridan tashqari, unda joylashgan ma’lumotlarga
asoslanib muayyan idrok va xulosalarni shakllantiradi. Tizimda bilim, odatda, ayrim
maxsus tillarda keltirilgan va xulosa va oxirgi to‘xtamga kelishni shakllantiradigan
dasturiy koddan alohida saqlanadi. Ushbu dastur komponenti bilimlar bazasi deb
qabul qilingan
.
•
Muammolarni hal qilishda evristik va taxminiy usullar mavjud, ular
algoritmdan farqli ravishda har doim ham muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Evristika,
mohiyatan, ta’sir qonuni (Rule of Thumb) hisoblanadi va inson tomonidan o‘xshash
muammolarni echishning amaliy tajribasini to‘plash borasida o‘zlashtirilgan ba’zi
bilimlarni mashina shaklida aks ettiradi. Bunday usullar taxminiy hisoblanadi, ya’ni,
birinchidan, ular mukammal boshlang‘ich axborotni talab etishmaydi va ikkinchidan.
muayyan ma’noda taqdim etilayotgan echim to‘g‘riligiga ishonch bilan (yoki
ishonchsizlik bilan) tavsiflanadi.
Ekspert tizimi sinfi tor kasbiy fan sohalarida ishlash uchun taqdim etilgan bir
necha ming dastur mahsulotlarini hosil qiladi, shuning uchun bunday tizimlar tasnifi
etarli darajada turlicha bo‘lishi mumkin. 3.3.8-rasmda umumiy tasnifning
imkoniyatlaridan biri ko‘rsatilgan.
87
Ekspert tizim tuzilishi dasturiy va kommunikatsion vositalardan tashqari,
odatda, bilim va ekspert bo‘yicha injener-mutaxassislarni o‘z ichiga oladi, ular ekspert
tizimi tomonidan shakllantirilgan xulosani tekshiradi va to‘ldiradi (3.3.9 va 3.3.10-
rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |