4.5.3-rasm. Soliq tizimining interaktiv xizmatlari
210
O’z-o’zini tekshirish uchu savollar
1.
Soliq tushunchasi nima?
2.
Soliqning qanday belgilari bor
va nima deb ta’rif beriladi?
3.
Soliqqa tortish tizimi tushunchasi nimani ifodalaydi?
4.
Tizimning qanday elementlari mavjud?
5.
Soliq tizimini avtomatlashtirish nimadan iborat?
6.
O’zbekistonda soliq tizimini avtomatlashtirish uchun qanday qonunlar qabul
qilingan?
7.
Soliq tizimida internetning o’rni va ahamiyati?
14-Mavzu: G‘aznachilikdagi axborot komplekslari va texnologiyalari
Reja:
1.
G’aznachilik tizimi rivojlanishi
2.
G’aznachilikda avtomatlashgan axborot texnalogiyalari
3.
G’aznachilik avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tuzilishiga oid
arxitektura
1.G’aznachilik tizimi rivojlanishi
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag’larining
kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, ulardan
maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag’larning oxirgi oluvchiga etib
borguncha bo’lgan vaqtning uzoqligi, turli darajadagi byudjetlarning bajarilishida
moliyaviy organlar orasidagi o’zaro aloqaning sustligi kabilarni ko’rsatadi. 1993
yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan va
islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari oldiga kelgusi
istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi:
byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq
organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish;
byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig’imini oshirish soliq yig’ish va
uning to’liqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga ko’paytirish;
mablag’larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy himoyalanadigan
qatlamlarni byudjetning barcha darajalari bilan o’z vaqtida va to’liq moliyalashni
ta’minlashga yo’naltirish;
davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari
uzoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb etish,
bozor geografiyasini kengaytirish;
valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy
valyutani mustahkamlash.
211
Bu masalalarni hal qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi
haqida Nizom” ishlab chiqildi (2007 yilda O’zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g’aznachilik tashkil etish haqida
qaror qabul qilindi.
G’aznachilik – davlatning maxsus moliyaviy organi bo’lib, uning funktsiyasiga
quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tashkil etish, amalga oshirish va
bajarilishini nazorat qilish, yagona g’azna tamoyilidan kelib chiqib, banklardagi
g’aznachilik hisobraqamlaridagi kirimlar (foyda) va xarajatlarni boshqarish.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
jamg’armalar
orasidagi
moliyaviy
munosabatlarni
tartibga
solish,
bu
jamg’armalarning moliyaviy bajarilishi, byudjetdan tashqari mablag’larning kelib
tushishi va undan foydalanishni nazorat qilish.
Davlatning moliyaviy resurslari hajmini qisqa muddatga bashoratlash
hamda davlat xarajatlarining belgilangan mos keluvchi davri doirasida ushbu
resurslarni boshqarish.
Davlatning yuqori qonunchilik va ijroiya organlari (idoralari) va O’zR
boshqaruvining O’zR Hukumatining davlat moliyasi, davlat byudjet bo’yicha,
byudjetdan tashqari jamg’armalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi byudjet
tizimining ahvoli haqidagi axborot va hisobotlarini yig’ish, ishlov berish va tahlil
qilish.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vakolatli banklar bilan
hamkorlikda O’zRning davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va xizmat
ko’rsatish. G’aznachilik tasarrufidagi davlat hokimiyati idoralari, boshqarmalar,
korxonalar, muassasa va tashkilotlarga davlat mablag’larini davlatning (davlat)
byudjetdan tashqari mablag’lari va b.ga taqsimlovchi tashkilotlarni ham qo’shgan
holda hisobot operatsiyalarini yuritish tartiblarini, ularga doir uslubiy va ko’rsatma
materiallarni ishlab chiqish.
Qyida g’aznachilik organlari tizimi orqali korxona va tashkilotlarni davlat
byudjetdan moliyalashtirishda pul mablag’lari va hujjatlarning harakatlanish
chizmasi.
Ko’rsatib o’tilgan funktsiyalarni bajarish uchun nafaqat g’aznachilik
organlarining ierarxik darajalarida, shuningdek, bank to’lov tizimlarida, davlat soliq
tizimida, hamma darajadagi byudjetlarning shakllanish va ijroiya tizimlarida
byudjetdan mablag’ oluvchilar va soliq to’lovchilarning rivojlangan funktsional va
axborot aloqalari bilan murakkab ko’pqirrali tizimi harakatlanadi. Ushbu tizimning
murakkabligi uning turli idoralarga tegishli ko’p sonli qatnashchilarni qamrab olib,
tarmoqli hududlarga yoyilganligi bilan kuchaytirilganligidadir.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |