"elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari"



Download 15,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/525
Sana10.06.2022
Hajmi15,3 Mb.
#651197
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   525
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. Pedins

Soliq sub’ekti – soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to’lovchilardir. 
Ular ququqiy va jismoniy shaxslarga bo’linadi. Soliq munosabatlarida soliq 
undiruvchi (soliqchi) qam katnashadi. Soliqni davlat undiradi. 
Soliq ob’ekti – soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot yoki mulkdir. Uning 
foyda, ish qaqi, qo’shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. 
Ob’ekt doimo sub’ekt bilan bog’liq, sub’ektniki bo’ladi. Sub’ektsiz ob’ekt bo’lmaydi. 
Soliq manbai – bu sub’ektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda daromad va 
foyda qam soliq ob’ekti, qam manbai bo’ladi. Lekin boshqa soliqlarda ob’ektlar qar 
xil, manba esa – daromad bo’ladi. Qar qanday soliq oqibat natijada daromaddan 
olinadi. Bu to’g’ri soliqlarga taaluqlidir. 
Soliqqa tortish birligi – bu yerda ob’ektning o’lchov birligi. Bu daromad 
solig’ida so’m, yer solig’ida kv.metr, suv solig’ida kub metr va boshqalar. 
Soliq stavkasi – ob’ektning qar birligi uchun davlat tomonidan belgilab 


201 
qo’yilgan me’yoridir, ya’ni davlatning ob’ektdagi ulushi, qissasidir.
Soliq og’irlig’i – to’lovchining qamma soliqlar va yig’imlar yig’indisini 
byudjetga to’lashidir. Soliq og’irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. 
Soliq stavkalarining turlari. O’zbekiston soliq qonunchiligi bo’yicha 
soliqlarning proporsional, progressiv va nolli stavkalariga amal qilinmoqda. 
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va maqalliy soliqlarga bo’linishi 
ququmat idoralarining respublika qukumati va maqalliy ququmatlarga bo’linishi 
asosida kelib chiqadi. 
Ayni paytda bizda xam soliq to’lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti 
ommalashib bormoqda. Soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini yuksaltirishda 
soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig’ish va qayta ishlashda tezkorlik va 
samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan 
keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham chiqimlarni kamaytirib, soliq 
jarayoning yanada oshkora bo’lishini ta’minlamoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 
3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma’lumotlarni ishlash yagona 
kompyuter tizimini yaratish to’g’risida”gi qarori bilan soliq xizmati orginlarini 
kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo’lsa, 1995 yil 14 sentyabrdagi 
“O’zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qarori bilan Davlat soliq ko’mitasi tasarufida “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot 
markazi” tashqil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu soliq xizmati 
organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ma’lumotlarga ishlov 
beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan iboratdir. Ayni paytda mazkur 
markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi moliyaviy ko’magi asosida “Soliq 
to’lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul qilish va qayta ishlash hamda davlat 
soliq xizmati muassalarida statistika hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi 
hayyotga tatbiq etilmoqda. Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi 
chorag’idan yo’lga qo’yildi. 
Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs 
mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya’ni, ular mamlakatimizda 
birinchilardan bo’lib soliq ma’lumotlarini ish joylarining o’zidan elektron tarzda 
topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni soddalashtirish 
hamda ushbu jarayonga sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish imkonini 
bermoqda. 
Mamlakatimizda asosiy e’tibor bozor islohotlarini chukurlantirish, 
iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash, kichik 
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi ko’lamini kengaytirish 


202 
va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda respublika Davlat soliq 
xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda soliq ob’ektlari 
va soliq to’lovchi sub’ektlarni to’liq ro’yxatga olish, barcha turdagi soliqlar va 
yig’imlar hisob-kitobining haqqoniy ma’lumotlar asosida yuritilishini ta’minlash, 
soliq to’lovi jarayonlarini soddalashtirish soliq qonunchiligi buzulishining oldini 
olish, soliq va tushumlarning yig’uvchanligini oshirish dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
samarali foydalanish va ularni boshqarishni to’g’ri tashkil etish, shu asosda soliq 
yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har tomonlama samarali bo’lgan usullarini 
ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari tomonidan o’rnatilgan nazorat ishlarini 
imkon qadar mukammallashtirishni talab qiladi. 
Soliq xizmati organlarida keyingi o’n yillik davrda soliq to’lovchi jismoniy va 
yurik shaxslarni soliq idoralarida ro’yxatga olish, hisobini yuritish va ma’lumotlarga 
avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi yaratildi. 
Soliq idoralarida har bir soliq to’lovchi uchun elektron hisob varaqalari 
ochilgan va unda soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida 
ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi “Tadbirkorlik 
sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni 
noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida”gi Vazirlar 
Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish 
sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlarining qabul 
qilinishi davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo’l 
ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq ko’mitasi 
rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to’lovchi su’bektlar uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli imzodan 
foydalangan holda internet tarmog’i orqali uzatish va o’zlari haqida kerakli 
ma’lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi. 
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchi yuridik shaxslardan 
moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog’i orqali qabul qilish tizimi ishga 
tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo’lib, hisobotlarni elektron shaklda 
topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi. 
 
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga 
qo’yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot yordamida 
haqqoniyligi tekshirib ko’riladi va tasdig’ini topgandan so’ng ma’lumotlar 
sub’ektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul 
qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi. 

Download 15,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish